Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet233/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

(U chiroq) ko'tarilishiga (qurilishiga) va ularda o'zining nomi zikr qilinishiga Alloh izn bergan uylarda (masjidlarda)dir. U (masjid)larda ertayu-kech Unga tasbeh aytadigan




  1. kishilar bordir. Ularni na tijorat va na savdo (ishlari) Allohning zikridan, namozni mukammal ado etishdan va zakot berishdan chalg'ita olmas. Ular dillar va ko'zlar iztirobga tushib qoladigan kun (qiyomat)dan qo'rqurlar.




  1. Ular qilgan ezgu amallari sababli Allohning mukofotlashi va yana ularga o'z fazli bilan ziyoda (savoblar ato) qilishi uchun (ibodat qilurlar). Alloh (o'zi) xohlagan kishilarga behisob rizq berur.




  1. Kufrda bo'lganlarning qilgan amallari esa sahrodagi sarobga o'xshaydi. Tashna odam uni suv deb o'ylar, uning oldiga kelgach esa, hech narsa topa olmas va Allohni uning (qilgan amalining) oldida topur. Bas, U uning hisob-kitobini mukammal qilur. Alloh tez hisob-kitob qiluvchidir.




  1. Yoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to'lqin va uning ustida (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o'xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir: qo'lini chiqarib (qarasa) uni ko'ra olmas. Kimga Alloh nur (imon) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur yo'qdir.




  1. (Ey, Muhammad,) Allohga osmonlar va Yerdagi bor jonzot, saf tortgan qushlar ham tasbeh aytishini ko'rmadingizmi? Har biri o'z duo va tasbehini bilur. Alloh esa, ularning qilayotgan (barcha) ishlarini biluvchidir.




  1. Osmonlar va Yerning podshohligi Allohga xosdir. Qaytish ham Allohning huzurigadir.




  1. Allohning bulutlarni haydashini, so'ngra ularni birlashtirishini, so'ngra ularni ustma-ust qalashtirishini ko'rmadingizmi? So'ngra (bulut) orasidan yomg'ir chiqayotganini ko'rasiz. (Alloh) osmondan - undagi tog' (bulut)lardan do'l yog'dirib, uni o'zi xohlagan kishilarga yetkazur va o'zi xohlagan kishilardan burib yuborur. Chaqmog'ining yorug'ligi ko'zlarni ketkazgudekdir.




  1. Alloh kecha va kunduzni aylantirib turar. Albatta, bunda ko'z egalari (oqillar) uchun ibrat bordir.




  1. Alloh barcha jonivorni suvdan yaratdi. Ulardan qorni bilan (sudralib) yuradiganlari ham, ikki oyoqda yuradiganlari ham, to'rt (oyoq)da yuradiganlari ham bordir. Alloh o'zi xohlagan narsani yaratur. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir!




  1. Darhaqiqat, Biz bayon etuvchi oyatlarni nozil qildik. Alloh o'zi xohlagan kishilarni To'g'ri yo'lga boshlar.




  1. Ular (ya'ni, munofiqlar): "Allohga va payg'ambarga imon keltirdik va bo'yin sundik", - deydilaru, shundan keyin ulardan bir guruhi yuz o'girib ketur. Ana o'shalar mo'min emasdirlar.




  1. Qachonki, o'rtalarida hukm chiqarish uchun Alloh va Uning payg'ambariga chorlansalar, birdaniga ulardan bir guruhi (payg'ambar huzuriga kelishdan) bosh tortuvchilardir.




  1. Agar haqiqat ular (taraf)da bo'lsa, (payg'ambar oldiga) bo'yin sunib kelurlar.




  1. Ularning dillarida maraz bormi yoki Muhammadning haq payg'ambar ekanligidan shubhalandilarmi yoxud Alloh va Uning payg'ambari ular zarariga hukm qilishidan qo'rqadilarmi?! Yo'q! Ularning o'zlari zolimlardir!




  1. Alloh va Uning payg'ambariga o'rtalarida hukm chiqarish uchun chorlangan vaqtlarida, mo'minlarning so'zi "eshitdik va bo'yin sundik" (demoqdir). Ana o'shalargina iqbollidirlar.




  1. Kimki Alloh va Uning payg'ambariga itoat etsa va Allohdan qo'rqib, taqvo qilsa, bas, aynan o'shalargina yutuq egalaridirlar.




  1. (Munofiqlar) agar siz amr etsangiz, albatta, (jihodga) chiqishlari haqida (jon) jahdlari bilan qasam ichdilar. Ayting: "Qasam ichmanglar! (Jihod) ma'lum bir toatdir (qasam ichishga hojat yo'qdir). Albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir".




  1. Ayting: "Allohga bo'yin suningiz va Payg'ambarga bo'yin suningiz! Endi, agar yuz o'girsangizlar, bas, (Payg'ambar) zimmasida o'ziga yuklangan narsa (Allohning buyrug'ini yetkazish) bordir. Sizlarning zimmangizda esa o'zlaringizga yuklangan narsa (unga bo'yin sunish) bordir. Agar unga itoat etsangiz, hidoyat topursizlar. Payg'ambar zimmasida faqat (sizlarga haq dinni) yetkazish bordir.




  1. Alloh sizlardan imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlarga xuddi ilgari o'tgan (imonli) zotlarni (yer yuziga) xalifa (hukmron) qilganidek, ularni ham yer yuzidagi xalifa qilishni va ular uchun o'zi rozi bo'lgan (Islom) dinini mustahkam qilishni hamda ularning (Makkadagi ko'rgan) xavf-xatarlaridan so'ng (Madinada) xotirjamlikka aylantirib qo'yishni va'da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biror narsani sherik qilmaslar. Kimki mana shu (va'da)dan keyin noshukrlik qilsa, bas, ular fosiqlardir.




  1. (Ey, mo'minlar,) namozni mukammal ado etinglar, zakotni beringlar va Payg'ambarga itoat etinglar, zora (shunda) rahm qilinsangizlar.




  1. (Ey, Muhammad,) kofir bo'lgan kimsalarni yer yuzida (Allohni) ojiz qoldiruvchi (g'olib)lar deb o'ylamang! Ularning (borar) joylari do'zaxdir. Naqadar yomon oqibat u!




  1. Ey mo'minlar, qo'l ostingizdagi (qul va cho'ri)laringiz hamda balog'atga yetmagan (farzand)laringiz uch marta (huzuringizga kirishda) sizlardan izn so'rasinlar - bomdod namozidan ilgari, peshin vaqtida (issiqdan) kiyimlaringizni tashlagan paytingizda va xufton namozidan keyin. (Bu) uch (vaqt) sizlarning avratlaringiz (ochiq bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtlar)dir. Ular o'sha (vaqtlar)dan so'ng (izn so'ramay kirsalar,) sizlarga ham, ularga ham gunoh yo'qdir. (Chunki) ular sizlarga, biringiz biringizga kelib-ketib turuvchidirsizlar. Alloh oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish