Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet238/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Fir'avn dedi: "Olamlar Parvardigori (deganing) nimasi yana?"




  1. (Muso) aytdi: "Agar ishonadigan bo'lsanglar, U osmonlar va Yerning hamda ularning orasidagi barcha narsalarning Parvardigori (murabbiysi)dir".




  1. (Fir'avn) atrofidagi (a'yon)larga: "Eshitmayapsizlarmi", - dedi.




  1. (Muso) aytdi: "(U) sizlarning ham, o'tgan ota-bobolaringizning ham Parvardigoridir".




  1. (Fir'avn) dedi: "Sizlarga yuborilgan (bu) payg'ambaringiz, qasamki, jinnidir".




  1. (Muso) aytdi: "Agar aql ishlatuvchi bo'lsangizlar, U mashriq va mag'rib hamda ularning o'rtasidagi narsalarning (ham) Parvardigoridir".




  1. (Fir'avn) dedi: "Qasamki, agar mendan o'zgani iloh qilib oladigan bo'lsang, albatta, men seni zindonbandlardan qilurman!"




  1. (Muso) aytdi: "Agar men senga aniq narsa (mo''jiza) keltirsam-chi?"




  1. (Fir'avn) dedi: "Bas, agar rostgo'ylardan bo'lsang, o'sha (mo''jizang)ni keltir-chi?!"




  1. (Muso) asosini tashlagan edi, birdaniga u aniq ajdahoga aylandi.




  1. Qo'lini (qo'ynidan) chiqargan edi, bexos u qarab turganlarga oq bo'lib ko'rindi, (holbuki, Muso o'zi qoramtir odam edi).




  1. (Fir'avn) atrofidagi zodagonlarga: "Aniqki, bu (Muso) bilimdon sehrgardir.




  1. U o'z sehri bilan sizlarni o'z yerlaringizdan chiqarmoqchi. Nima deysizlar?" - dedi.




  1. Ular aytishdi: "Uni va akasi (Horun)ni qo'yib turgin-da, hamma shaharlarga (sehrgarlarni yig'ib keladigan kishilarni) jo'natgin!




  1. Ular senga barcha o'tkir sehrgarlarni keltirsinlar!"




  1. Bas, sehrgarlar ma'lum kunda belgilangan joyga to'plandilar.




  1. Odamlarga aytildi: "Sizlar to'planib bo'ldinglarmi?




  1. Balki, biz, sehgarlar g'olib chiqsalar, ularga ergashurmiz"

  2. Qachonki, sehrgarlar kelishgach Fir'avnga: "Agar biz g'olib bo'lsak, albatta, bizlar uchun (katta) mukofot bo'lurmi?" - deyishdi.




  1. (U:) "Ha, u holda, albatta, sizlar mening yaqinlarimdan bo'lursizlar", - dedi.




  1. Muso ularga: "Tashlaydigan narsalaringizni tashlanglar!" - dedi.




  1. Bas, ular arqon va asolarni (yerga) tashladilar va: "Fir'avnning qudratiga qasamki, albatta, bizlar g'olib chiquvchidirmiz", - dedilar.




  1. So'ngra Muso asosini tashlagan edi, birdan u (aso) ularning "yasama"larini yuta boshladi.




  1. Bas, u sehrgarlar sajda qilgan hollarida yerga yiqildilar.




  1. "Barcha olamlarning Parvardigoriga,




  1. Ya'ni, Muso va Horunning Parvardigoriga imon keltirdik", - dedilar.




  1. (Fir'avn g'azab bilan) aytdi: "Men izn bermay turib unga imon keltirdingizmi?! Albatta, u (Muso) sizlarga sehr o'rgatgan kattangizdir. Bas, yaqinda bilursizlar Albatta, men oyoq-qo'llaringizni qarama- qarshisiga (o'ng qo'l, chap oyog'ingizni yoki aksincha) kesurman va sizlarning barchangizni osib tashlayman!"




  1. Ular dedilar: "Zarari yo'q. Zero, biz Rabbimizga qaytuvchidirmiz.




  1. Biz (Musoga) imon keltirganlarning birinchisi bo'lganimiz sababli, Rabbimiz bizning gunohlarimizni mag'firat etishini umid qilurmiz".




  1. Biz Musoga: "Bandalarim (Isroil avlodi) bilan tunda yo'lga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur", - deb vahiy yubordik.




  1. Bas, Fir'avn barcha shaharlarga (askar) yig'uvchilarni jo'natdi (va dedi):




  1. "Aniqki, ular ozgina kishilardir.




  1. Darhaqiqat, ular (chiqib ketishlari bilan) bizlarni g'azablantiruvchidirlar!




  1. Bizlar ehtiyotkor jamoadirmiz".




  1. Bas, ularni (Fir'avn va unga ergashganlarni) bog'lar va buloqlardan ayirdik.




  1. Xazinalar va shinam maskandan ham.




  1. Yana ularga Isroil avlodini voris qildik.




  1. Bas, (Fir'avn lashkari) tong paytida ularning iziga tushdilar.




  1. Bas, qachonki, ikki jamoa bir-birini ko'rishgach, Musoning hamrohlari: "Bizlar aniq tutildik", - dedilar.




  1. (Muso) aytdi: "Yo'q, men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta, U meni (xavfsiz) yo'lga boshlar!"

  2. Bas, Biz Musoga: "Asoying bilan dengizni urgin!" - deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) bo'linib, har bir bo'lak (suv) ulkan tog' kabi bo'ldi.




  1. Boshqalarni (Fir'avn va uning lashkarini ham) o'sha (yo'l)ga yaqinlashtirdik.




  1. Muso va u bilan birga bo'lganlarning barchalarini qutqardik.




  1. So'ngra boshqalarni (dengizga) g'arq qilib yubordik.




  1. Albatta, bunda ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.




  1. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.




  1. (Ey, Muhammad,) ularga Ibrohim xabarini o'qib bering!




  1. O'shanda u otasi va qavmiga: "Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?" - dedi.




  1. Ular: "Sanamlarga ibodat qilmoqdamiz. Bas, ularga sig'inishda davom eturmiz", - dedilar.




  1. (Ibrohim) aytdi: "Iltijo qilgan paytlaringizda (butlaringiz) sizlarni (iltijolaringizni) eshitadilarmi?




  1. Yoki sizlarga foyda yo zarar yetkaza oladilarmi?"




  1. Ular dedilar: "Yo'q, bizlar ota-bobolarimizning mana shunday qilishlarini ko'rganmiz".




  1. (Ibrohim) aytdi: "Sig'inayotgan narsalaringni (o'ylab) ko'rdilaringizmi?




  1. O'zlaring va oldin o'tgan ota-bobolaringiz ham?




  1. Albatta, ular menga dushmandir. (Men ularga emas), olamlar Parvardigorigagina (ibodat qilurman).




  1. U meni yaratgandir, bas, U meni hidoyat qilur.




  1. Uning O'zigina meni yedirur va ichirur.




  1. Kasal bo'lganimda, Uning O'zi menga shifo berur.




  1. U meni o'ldirur, so'ngra (qiyomat kuni qayta) tiriltirur.




  1. U jazo kuni (qiyomatda) mening xatolarimni mag'firat etishini umid qilurman.




  1. Ey, Rabbim! Menga hikmat baxsh etgin va meni solih (banda)larga qo'shgin!




  1. Yana men uchun keyingilar o'rtasida yaxshi gaplar paydo etgin!




  1. Yana meni ne'matlar bog'ining vorislaridan qilgin!




  1. Otamni mag'firat qilgin. U adashganlardan edi.




  1. Qayta tiriladigan Kunda meni sharmanda qilmagin!".




  1. U kunda na mol-dunyo va na farzandlar foyda bermas,




  1. Faqat Alloh huzuriga sog'lom dil bilan kelgan kishilargagina (foyda berur).




  1. (U kunda) jannat taqvodorlarga yaqin qilinur.




  1. Do'zax esa yo'ldan ozganlarga namoyish qilinur.




  1. Va ularga: "Ibodat qilib o'tgan butlaringiz qani




  1. Allohni qo'yib? Ular sizlarga yordam bera olarmi yoki o'zlari yordam ola bilurmi?!" - deyilur.




  1. Bas, unga u (but)lar, yo'ldan ozgan kimsalar (do'zaxga) uloqtirilur.




  1. va iblis lashkarlarining barchalari ham.




  1. Ular (do'zaxda) bahslashar ekanlar, deydilar:




  1. "Allohga qasamki, albatta, bizlar aniq zalolatda ekanmiz.




  1. Qachonki, sizlarni olamlarning Parvardigoriga tenglashtirgan paytimizda.




  1. Bizlarni aynan jinoyatchilar yo'ldan ozdirdilar.




  1. Endi bizlar uchun na oqlovchilar bor,




  1. na biror qadrdon do'st.




  1. Bas, qaniydi yana bir marta (yashashlik) bo'lsa-yu, bizlar ham mo'minlardan bo'lsak".




  1. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin, odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.




  1. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.




  1. Nuh qavmi payg'ambarlarni inkor etdi.




  1. O'shanda ularga birordarlari Nuh aytgan edi: "Allohdan qo'rqmaysizlarmi?!





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish