Alloh sizlar ixtilof qilgan narsalar haqida o'rtangizda qiyomat kuni hukm qilur.
(Ey, Muhammad,) Siz Alloh osmon va Yerdagi bor narsani bilishini bilmadingizmi?! Albatta, bu Kitobda (Lavhul-Mahfuzda yozib qo'yilgan)dir. Albatta, bu Allohga osondir.
Ular (Makka kofirlari) Allohni qo'yib, U biror hujjat tushirmagan va o'zlari ham bilmagan narsalarga ibodat qilurlar. Zolimlar uchun biror yordamchi yo'qdir.
Qachonki, ularga Bizning aniq oyatlarimiz tilovat qilinsa, kofir bo'lganlarning yuzlarida inkor (alomati)ni sezursiz. Ular, o'zlariga Bizning oyatlarimizni tilovat qilayotgan zotlarga zo'rlik qilishgacha bordilar. (Ularga) ayting: "Endi, Men sizlarga bundan ham yomonroq narsani xabarini beraymi? (U) Alloh kofir bo'lganlarga va'da qilgan do'zaxdir. Naqadar yomon oqibat u!".
Ey, insonlar, masal aytildi, bas, unga quloq tutingiz! - Aniqki, sizlar Allohni qo'yib, sig'inayotgan narsalaring, agar barchalari birlashganda ham bir chivinni yarata olmaslar, agar chivin ulardan biror narsani tortib olsa, uni undan ayirib ololmaslar. Talab etuvchi ham, so'raluvchi (butlar) ham zaifdirlar.
Ular Allohning haqqoniy ravishda qadrlamadilar. Darhaqiqat, Alloh kuchli va qudratlidir.
Alloh elchilarni farishtalardan tanlar, insonlardan ham. Darhaqiqat, Alloh eshituvchi va ko'ruvchidir!
U ularning oldilaridagi va ortlaridagi narsalarni bilur. Va (barcha) ishlar yolg'iz Allohga qaytarilur.
(Ey, imon keltirganlar, ruku' qilingiz, sajda qilingiz va Rabbingizga ibodat qilib yaxshilik qilingiz - shoyadki, najot topsangiz.
Izoh: Bu oyatdagi sajda qilishga qaratilgan buyruq hanafiy mazhabimiz bo'yicha namozdagi sajdadir, tilovat sajdasi emas. Zero, Islomning ilk davrida musulmonlar ruku' va sajdasiz namoz o'qir edilar. "Ruku' va sajda qilingiz" degan iboradan "Namoz o'qingizlar" - degan buyruqni anglash ham mumkin.
Alloh (yo'li)da haqqoniy jiddu jahd qilingiz! Sizlarni (shu din uchun) U tanladi va dinda sizlarga biror haraj (qiyinchilik) qilmadi. Otalaringiz Ibrohimning dini (Islom)ni (ushlangiz)! Toki (qiyomatda) payg'ambar sizlarga guvoh bo'lishi uchun, sizlar esa (qolgan) odamlarlarga guvoh bo'lishingiz uchun (Allohning) o'zi sizlarni ilgari (muqaddas kitoblarda) atagandek, mana shu (Qur'on) da ham musulmonlar deb atadi. Bas, namozni mukammal ado etingiz, zakotni beringiz va Allohga bog'laningiz! U sizlarning xojangizdir. Bas, u Zot naqadar yaxshi xoja va naqadar yaxshi madadkordir!
O’N SAKKIZINCHI JUZ’
*************************
MU'MINUN SURASI
Mu'minun - mo'minlar. Mo'min-musulmonlarga loyiq sifatlar zikri bilan boshlangani uchun shunday nom berilgan. Unda Muhammad (a. s.) ning Makkadagi davrlarida ahli Islomga mushriklar tarafidan berilgan aziyatlarga sabr qilish, oxirat saodati uchun bu dunyoda qilish zarur bo'lgan solih amallar va boshqa muhim ilohiy o'gitlar yoritiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Do'stlaringiz bilan baham: |