Keyin ulardan yuz o'girib: "Esizgina Yusuf!" dedi. G'am-g'ussadan uning ko'zlari oqarib (ojiz bo'lib) qoldi va u endi hazindir.
(Shunda o'g'illari): "Alloh haqqi, to chala o'lik bo'lib qolguningcha yoki (bir yo'la) halok bo'lguningcha, Yusufni eslayverar ekansanda?!" - dedilar.
U aytdi: "Men g'am va tashvishlarimdan yolg'iz Allohgagina shikoyat qilaman va men Allohning (mehribonligi haqida) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman".
"Ey, o'g'illarim, boringlar, Yusuf va uning ukasini izlanglar va Allohning rahmatidan noumid bo'lmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofirlar qavmigina noumid bo'lur".
(Ular bor bisotlarini olishib, yana Misr tomonga ravona bo'lishdi). (Yusufning) huzuriga kirishgach, dedilar: "Ey, aziz zot, bizni va ahlu oilamizni ocharchilik tutdi. Bizlar (bu safar) o'tmas matohlarni olib keldik. Bizlarga o'lchov (oziq-ovqat)ni to'la bergin va bizlarga xayr-sadaqa qilgin. Alloh, albatta, sadaqa beruvchilarni mukofotlagay".
(Yusuf) dedi: "Jaholatda bo'lgan paytingizda Yusuf va uning ukasiga nima ishlar qilganingizni bilasizlarmi?"
Ular: "Sen o'sha Yusufmisan?" - deb so'radilar. U: "Ha, men Yusufman, bu esa ukamdir. Alloh bizga marhamat ko'rsatdi. Darhaqiqat, kimda-kim Allohdan qo'rqib, sabr qilsa, albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilarning mukofotini zoye qilmas", - dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: |