Bas, agar uni mening huzurimga olib kelmasangizlar, u holda mening dargohimda -sizlar uchun o'lchanadigan narsa yo'qdir – menga yaqin kelmay qo'ya qolinglar"
Ular: "Otasidan uni (bizga qo'shib yuborishni) so'raymiz. Albatta, bizlar (shunday) qiluvchimiz", - dedilar.
(Yusuf o'zining tarozibon) yigitlariga: "Ularning, (donga almashtirish uchun) keltirgan narsalarini yuklarining ichiga (qaytarib) solib qo'yinglar. Shoyad uylariga qaytgan vaqtlarida, ularni tanib, yana qaytib kelsalar",-dedi.
Otalarining oldiga qaytib kelishgach, dedilar: "Ey, ota, (bundan keyin) bizlarga o'lchov (oziq-ovqat) berilmaydigan bo'ldi. Biz bilan birga inimizni yuborgin, shunda o'lchab ola bilamiz. Bizlar, albatta, uni muhofaza qiluvchimiz".
(Ya'qub) dedi: "Men uni sizlarga ilgari uning akasini ishonganimdek ishonayinmi?! (Lekin) Zotan,
Alloh eng yaxshi saqlaguvchidir va U mehribonlarning mehribonrog'idir".
(Olib kelgan) yuklarini ochib ko'rishgach, (almashtirib kelish uchun olib borgan) narsalarini o'zlariga qaytarilganini ko'rib, dedilar: "Ey, ota, mana narsalarimiz o'zimizga qaytarilibdi. (Yana) bizga nima kerak?! (Inimizni qo'shib yuborsang), yana oilamizga oziqovqat keltirurmiz, inimizni muhofaza qilurmiz va (uning uchun ham) bir tuya yukni ortiqroq olurmiz. Bu (misrlik xazinachi uchun) ozgina o'lchovdir".
Do'stlaringiz bilan baham: |