Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet267/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Qasamki, Biz Muso va Horunga (payg'ambarlik) in'om etdik.




  1. Biz ikkisiga va ularning qavmiga ulug' g'amdan najot berdik.




  1. Ularga madad berdik, bas, ular (Fir'avn ustidan) g'olib bo'ldilar.




  1. Biz ularga aniq Kitob (Tavrot) ato etdik.




  1. Hamda ularni To'g'ri yo'lga hidoyat qildik.




  1. Keyingi (avlod)lar orasida u ikkisi haqida (yaxshi gaplarni) qoldirdik.




  1. Muso va Horunga salom!




  1. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!




  1. Darhaqiqat, ikkisi ham Bizning mo'min bandalarimizdandir.




  1. Ilyos ham, albatta, payg'ambarlardandir!




  1. Qaysiki, u o'z qavmiga degan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?!




  1. Sizlar yaratuvchilarning yaxshisini qo'yib, Ba'l (nomli but)ga sig'inyapsizlarmi?




  1. Sizlarning Rabbingiz va avvalgi otabobolaringizning ham Rabbini qo'yib-a?!"




  1. Bas, (Ilyosni) yolg'onchiga chiqardilar. Bas, albatta, ular (do'zaxga) hozir qilinuvchidirlar,




  1. illo, Allohning ixlosli bandalarigina (hozir bo'lmaslar).




  1. Biz keyingi (avlod)lar orasida u (Ilyos) haqida (go'zal maqtovlar) qoldirdik.




  1. Ilyosga salom!




  1. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!




  1. Darhaqiqat, u Bizning mo'min bandalarimizdandir.




  1. Lut ham, albatta, payg'ambarlardandir!




  1. Qaysiki, Biz unga va uning barcha ahliga najot bergan edik.




  1. Faqat (azobda) qoluvchilardan bo'lmish bir kampirga (Lutning xotiniga najot bermadik).




  1. So'ngra boshqalarni halok qildik.




  1. (Ey, Makka ahli,) aniqki sizlar ularning ustidan tongda o'tib turursizlar,




  1. tunda ham. Axir, aql yurgizmaysizlarmi?!

  2. Yunus ham, albatta, payg'ambarlardandir!




  1. Qaysiki (o'z qavmidan g'azablanib) to'la yukli kemaga qarab qochgan edi.




  1. Bas, (kemadagilar bilan) qur'a tashlashdi va mag'lub bo'ldi.



Izoh: Qissa haqida shunday rivoyat bor. Yunus (a. s.) o'z qavmining qilmishlaridan ozorlanib, ularga va'da qilingan jazo kelavermagach, o'zlari bosh olib chiqib ketib, bir dengiz bo'yiga yetib boradilar. Jo'nab ketayotgan bir kemaga minganlarida, dengiz o'rtasiga borib, kema to'xtab qoladi. Kemachilar: "Yo'lovchilarimiz ichida o'z xojasidan qochgan qul bo'lsa kerak. Uni topmasak kemamiz turaveradi" - deb qur'a tashlaydilar. Qur'ada Yunus (a. s.) nomi chiqqach, ul zotni dengizga tashlab yuboradilar. Qissa 142- oyatda davom etadi.



  1. Bas, malomatga qolgan holida uni bir nahang baliq yutib yubordi.




  1. Bas, agar u (Allohga doimo) tasbeh aytuvchilardan bo'lmaganda,




  1. albatta, u (baliq) qornida, to qayta tiriladigan kunlarigacha (qiyomatgacha), qolib ketgan bo'lur edi.




  1. Bas, Biz uni xasta holida quruqlikka uloqtirdik.




  1. Uning ustida (soya tashlab turishi uchun) qovoq daraxtini undirib qo'ydik.




  1. Biz uni yuz ming, balki undan ham ko'proq (odam)ga payg'ambar qildik.




  1. Bas, ular (Yunusga) imon keltirdilar. So'ng Biz ularni (ma'lum) bir muddatgacha (ajallari yetguncha hayotdan) bahramand etdik.




  1. Endi, (ey, Muhammad, Makka kofirlaridan) so'rang-chi, qizlar (farishtalar) Parvardigoringizniki- yu, o'g'illar ularnikimi?!




  1. Yoki Biz farishtalarni ularning guvohliklarida qiz qilib yaratibmizmi?!




  1. Ogoh bo'lingizkim, ular yolg'onchiliklari tufayli aytadilar:




  1. "Alloh farzandli". Ular, albatta, yolg'onchidirlar!




  1. (Alloh) o'g'illarni qo'yib, qizlarni tanlagan emishmi?!




  1. (Ey, Makka ahli,) sizlarga nima bo'ldi?! Qanday (nohaq hukm chiqarmoqdasizlar-a?!




  1. Axir eslatma olmaysizlarmi?!




  1. Yoki sizlar uchun (Allohning farzandi haqida) biror aniq hujjat bormi?!




  1. Bas, agar rostgo'y bo'lsangizlar, kitobingizni keltiringlar-chi?!




  1. (Mushriklar) U bilan jinlar (farishtalar) o'rtasida nasab (ota-bolalik bor, deb gumon) qildilar. Holbuki, jinlar (farishtalar) ularning Alloh azobiga hozir qilinuvchi ekanlarini bilganlar.




  1. Alloh ularning ("farzandi bor", deb) sifatlashlaridan pokdir.

  2. Illo, Allohning ixlosli bandalarigina (Allohni to'g'ri sifatlaydilar).




  1. (Ey, Makka ahli,) shak-shubha yo'qki, sizlar ham, sig'inayotgan butlaringiz ham




  1. (Alloh)ga qarshi fitnaga soluvchi (alday oluvchi) emasdirsizlar,




  1. illo, Allohning taqdirida do'zaxga kiruvchi bo'lgan kimsalarnigina (alday olursizlar).




  1. (Farishtalar dedilar): "Bizlarning har birimiz uchun (osmonlarda) aniqki, ma'lum bir maqom bordir.




  1. Darhaqiqat, bizlar (Alloh xizmatida) saf tortib turuvchilardirmiz.




  1. Yana, bizlar (Allohga) tasbeh aytuvchilardirmiz".




  1. Darvoqe, (Makka ahli) aytar edilar:




  1. "Agar bizning oldimizda ham avvalgilar(ning kitoblari)dan biror eslatma (Kitob) bo'lsa edi,




  1. albatta, bizlar ham Allohning ixlosli bandalari bo'lur edik".




  1. Bas, (Qur'on nozil bo'lgach,) unga kofir bo'ldilar. Bas, yaqinda (buning oqibatini) bilurlar.




  1. Bizning payg'ambar bo'lgan bandalarimiz haqidagi (ushbu) So'zimiz kechgandir:




  1. "Shubhasiz, ular qo'llab-quvvatlanuvchilardir.




  1. Va albatta, Bizning qo'shinimiz (ya'ni, payg'ambarlar va mo'minlar) g'olibdirlar".




  1. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ulardan (mushriklardan) vaqtincha yuz o'giring!




  1. Ularni (mag'lub bo'lganlarida) ko'ring! Bas, yaqinda ular (kufrlarining oqibatini) ko'rajaklar.




  1. Hali ular Bizning azobimizni qistamoqdamilar?!




  1. Bas, qachonki, (azobimiz) ularning hovlilariga (ustilariga) tushganida (o'sha) ogohlantirilgan kimsalarning tonglari xayrli bo'lmas.




  1. Siz ulardan (ma'lum) bir vaqtgacha yuz o'giring!




  1. Ularning (mag'lub bo'lganlarida) ko'ring! Bas, yaqinda ular (kufrlarining oqibatini) ko'rajaklar.




  1. Qudrat egasi bo'lmish Rabbingiz ularning tavsiflaridan (aybu nuqsondan) pokdir.




  1. Payg'ambarlarga salom!




  1. Hamd esa, (barcha) olamlar Rabbiga (xosdir).

SOD SURASI

"Sod" - arab alifbosining 14-harfi. Bu yerda u nimaning ramzi ekanligi faqat Allohgagina ma'lum. Surada mushriklarning Rasulullohga nisbatan o'tkazgan tazyiqlariga sabr qilishlari, oxiratda berilajak mukofot va jazolar, kibr-havodan hazar qilish, insoniy fazilatlarga targ'ibot kabi ilohiy ko'rsatmalar o'z ifodasini topgan.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Sod. Zikr manbai bo'lmish Qur'onga qasam!



Izoh: Oyatdagi "zikr" so'zini Ibn Abbos (r. a. ) bayon deb tafsir qilganlar. Ba'zilar uni sharaf deb izohlaydilar. Bu haqiqatdan uzoqroq ko'rinadi. Zikr so'zini o'zbekchada ham zikr shaklida ishlatiladi. Faqat mazmunda farq qilishi mumkin. Masalan "zikr" so'zining eslash, aytish, ma'lum yod olgan narsalarini o'qish, bayon etish kabi ma'nolari mavjud. Binobarin, bu yerda zikr manbai deyilsa, mazmun umumiyroq bo'lishi ko'zda tutildi.




  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish