Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet266/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Darhaqiqat, Biz jinoyatchilarga mana shunday (ish) qilurmiz.




  1. Chunki, ularga: "Allohdan o'zga iloh yo'q",deyilganda, kibrlangan edilar.




  1. Ular: "Hali bizlar bir majnun shoirni deb ilohlarimizni tark etar ekanmizmi?" - der edilar.




  1. Yo'q, (Muhammad) haq (din)ni olib keldi va (o'tgan) barcha payg'ambarlarni tasdiq etdi.




  1. (Ey, jinoyatchilar,) sizlar, albatta, alamli azobni totuvchidirsizlar!




  1. Sizlar faqat qilib o'tgan jinoyatlaringiz sababli jazolanursizlar.




  1. Illo, Allohning shunday ixlosli bandalari bordirki,




  1. aynan o'shalar uchun ma'lum rizq,




  1. (turli) mevalar bo'lur. Ular izzat-ikromdadirlar,




  1. ne'mat bog'larida,




  1. so'rilar ustida bir-birlariga ro'baro' bo'lib o'tirurlar.




  1. Ularga oqin chashmadan qadahlar aylantirilur.




  1. Ichuvchilar uchun lazzatli, oppoq (qadahlar)dir (ular).




  1. U (sharob)da aqldan ozdiruvchi narsa bo'lmas va ular undan mast bo'lmaslar.




  1. Yana ularning oldilarida nigohlari (begonaga qarashdan) chegaralangan, keng-katta ko'zli (hur qiz)lar bo'lur.




  1. Ular go'yo (pardaga) o'ralgan (oppoq) tuxumdekdirlar.




  1. Bas, ular bir-birlariga qarab savol-javob qilurlar.




  1. Ulardan biri deydi: "Mening bir do'stim bor edi.




  1. U (menga): "Rostdan ham sen (qayta tirilishimizni) tasdiq etuvchilardanmisan?




  1. O'lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketgan vaqtimizda haqiqatan ham (tiriltirilib) jazolanuvchimizmi?" - der edi.




  1. (Jannatdagi birodarlariga): "Sizlar (ham o'sha do'stimning do'zaxdagi holiga) qarayapsizlarmi?" - deydi.




  1. So'ng o'zi qarab uni do'zaxning o'rtasida ko'rgach,




  1. deydi: "Allohga qasamki, darhaqiqat, sen meni ham halok qilayozgan eding.




  1. Agar Rabbimning ne'mati (hidoyati) bo'lmasa edi, albatta, men ham (sen bilan birga do'zaxga) hozir qilinuvchilardan bo'lur edim.




  1. (Qani endi menga aytchi), bizlar o'luvchi emas ekanmizmi?!




  1. O'sha birinchi o'limimizdan boshqa-ya?! (So'ng) azoblanuvchi ham emas ekanmizmi?!




  1. Albatta, mana shu (jannat ne'matlari) ulkan yutuqning o'zidir!




  1. Bas, aynan mana shunday yutuq uchun amal qiluvchilar amal qilsinlar!"




  1. Mana shu yaxshi ziyofatmi yoki zaqqum daraxtimi?




  1. Haqiqatan, Biz uni (zaqqum daraxtini) zolimlar uchun fitna (sinov va azob) qilib qo'ydik.



izoh: Zaqqum do'zaxda o'suvchi bir g'ayri tabiiy daraxt bo'lib, u to'g'ridagi xabarni eshitgan kofirlar olovda daraxt o'sishini aqllariga sig'dira olmaganlar. Bu bilan Alloh o'z bandalari O'zining cheksiz qudratiga qay darajada imon keltirishlarini sinovdan o'tkazmoqchi. Mo'min kishi Alloh va Uning rasulidan kelgan har qanday xabar va ma'lumotlarga, garchi aqliga sig'masa ham hech ikkilanmay ishonadi va imon keltiradi.
Allohning O'ziga ishonmaydigan kofir esa Uning qudratiga ham ishona olmaydi.



  1. Darhaqiqat, u do'zax qa'rida chiqadigan (o'sadigan) bir daraxtdir.




  1. Uning butoqlari(dagi mevalari xunuklikda) xuddi shaytonlarning boshlariga o'xshar.




  1. Bas, ular (do'zax ahli), albatta, undan yeyuvchi va qorinlarni u bilan to'ldiruvchidirlar.




  1. So'ngra, albatta, ular uchun uning (zaqqum mevalari) uzra qaynoq suvdan aralashtirish bordir.




  1. So'ngra ularning qaytishlari, albatta, do'zax sari bo'lur.




  1. Albatta, ular (Makka mushriklari) o'zlarining ota-bobolarini adashgan holda topdilar.




  1. Bas, o'zlari ham ularning izlaridan chopmoqdalar.




  1. Ulardan avval o'tganlarning ko'plari ham yo'ldan ozgan edilar.




  1. Holbuki, Biz ularning orasiga ogohlantiruvchi (payg'ambar)larni yuborgan edik.




  1. Bas, ogohlantirilganlarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'ring!




  1. Illo, Allohning ixlosli bandalarigina (halokatga duchor bo'lmadilar).




  1. Qasamki, Nuh (qavmidan shikoyat etib,) Bizga nido (iltijo) qildi. Bas, (Biz) naqadar yaxshi ijobat qiluvchidirmiz!




  1. Biz unga va uning ahli (oilasi)ga ulkan tashvishdan (g'arq bo'lishdan) najot berdik.




  1. Uning zurriyotini boqiy qoluvchi kishilar qilib qo'ydik.




  1. Keyingi (avlod)lar orasida u haqda (maqtovlar) qoldirdik.

89. Olamlarda Nuhga salom!





  1. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!




  1. Darhaqiqat, u Bizning mo'min bandalarimizdandir!




  1. So'ngra boshqalar (Nuhni inkor etganlar)ni g'arq qilib yubordik.




  1. Haqiqatan, Ibrohim ham u (Nuh)ning guruhidandir.




  1. Qaysiki, Parvardigoriga sog'lom qalb bilan keldi.




  1. O'shanda u otasi va qavmiga: "Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?!




  1. Allohni qo'yib, soxta ilohlarni istaysizlarmi?!




  1. U holda (barcha) olamlarning Parvardigori (jazosi) haqida ne gumoningiz bor?!" - degan edi.




  1. Bas, u yulduzlarga tikilib qaradi.




  1. So'ngra: "Haqiqatan, men betobman", - dedi.




  1. Darhol undan yuz o'girib qaytdilar.

  2. Bas, (Ibrohim) ularning "ilohlari" oldiga asta kelib dedi: "(Oldilaringizdagi taomni) yemaysizlarmi?




  1. Ne bo'ldi sizlarga, so'zlamaysizlar?!"




  1. So'ng ularga yaqin kelib, o'ng qo'li(dagi bolta) bilan urdi.




  1. Bas, (qavmi) uning oldiga shosha-pisha kelishdi.




  1. U dedi: "O'zlaringiz yo'nib (yasab) olgan narsalarga ibodat qilasizlarmi?!




  1. Holbuki, sizlarni ham, sig'inayotgan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!"




  1. Ular (bir-birlariga) dedilar: "(Ibrohim) uchun (ichida olov yonadigan) binolar qurib, uni o'sha olovga tashlanglar".




  1. Bas, ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo'ldilar. Bas, Biz ularni tuban (mag'lub) qildik.




  1. (U o't ichidan salomat chiqdi) va dedi: "Albatta, men Rabbim (buyurgan taraf)ga ketuvchidirman. Uning O'zi meni (To'g'ri yo'lga) hidoyat qilur.




  1. Ey, Rabbim, O'zing menga solih (farzand)lardan ato etgin!"




  1. Bas, Biz unga bir halim o'g'il xushxabarini berdik.




  1. Bas, qachonki u (otasi) bilan birga yuradigan bo'lgach, (Ibrohim): "Ey, o'g'ilcham, men tushimda seni (qurbonlik uchun) so'yayotganimni ko'rmoqdaman. Endi sen o'zing nima ra'y (fikr) qilishingni bir (o'ylab) ko'rgin", - degan edi, u aytdi: "Ey, otajon, senga (tushingda Alloh tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. Inshoalloh, meni sabr qiluvchilardan topursan".




  1. Bas, qachonki, ikkisi ham (Allohning amriga) bo'yin sunib, (Ismoilni qurbonlikka) peshonasi bilan (yerga) yotqizgan ediki,




  1. biz unga nido qildik: "Ey, Ibrohim!




  1. Darhaqiqat, sen tushni tasdiq etding. Albatta, Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz".




  1. Albatta, bu (qurbonlikka buyurishim) ayni sinovdir.




  1. Biz (Ismoilning) o'rniga katta bir (qo'chqor) so'yishni evaz qilib berdik.




  1. Keyingi (avlod)lar orasida u (Ibrohim) haqida yaxshi gaplarni qoldirdik.




  1. Ibrohimga salom!




  1. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!




  1. Darhaqiqat, u Bizning mo'min banda larimizdandir.




  1. Yana, Biz unga solihlardan (bo'lg'usi) payg'ambar Ishoqning xush-xabarini berdik.




  1. Unga (Ibrohimga) ham, Ishoqqa ham barakot berdik. Ularning zurriyotidan ezgu amal qiluvchi

ham, o'ziga aniq zulm qiluvchi ham bo'lur.




  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish