Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


(Shunda) Fir'avn zodagonlaridan bo'lgan, o'zining imonini yashirib yuradigan bir mo’min kishi dedi



Download 0,82 Mb.
bet275/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

(Shunda) Fir'avn zodagonlaridan bo'lgan, o'zining imonini yashirib yuradigan bir mo’min kishi dedi: "Bir kishini, "Mening Rabbim Allohdir", - degani uchun o'ldirasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga Rabbingiz tomonidan hujjatlarni keltirgandir. Agar u yolg'onchi bo'lsa, yolg'oni o'ziga! Bordiyu rostgo'y bo'lsa, (u holda) sizlarga u va'da qilayotgan (azoblardan) ayrimlari yetib qoladi-ku! Albatta, Alloh haddan oshuvchi va yolg'onchi kimsalarni hidoyat qilmas.




  1. Ey, qavmim, bugun-ku hukmronlik sizlarniki, (shu) yerda g'olibsizlar. Endi, agar bizlarga Allohning azobi kelsa, kim bizlarga yordam berur?!" Fir'avn aytdi: "Men sizlarga faqat o'zim ra'y qilayotgan narsani (Musoni o'ldirishni) ko'rsatayapman va men sizlarni faqat To'g'ri yo'lga yetaklayman".




  1. Imon keltirgan kishi dedi: "Ey, qavmim, men sizlarning ustingizga ham xuddi (o'tgan) firqalar kuni (tushib qolishi)dan qo'rqaman.




  1. (Ular) Nuh qavmi, Od, Samud (qabilalari) va ulardan keyingi (kufr yo'lini tutgan) kimsalarning ishi kabidir. Holbuki, Alloh bandalari uchun zulm qilishni istamas.




  1. Ey, qavmim, haqiqatan, men sizlarga nidolashuv kunidan (Qiyomat kunidan) qo'rqaman.




  1. U Kunda sizlar yuz o'girib qochursizlar, (ammo) sizlar uchun Alloh (azobi)dan saqlovchi bo'lmas. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun biror hidoyat qiluvchi bo'lmas.




  1. Darvoqe, ilgari Yusuf sizlarga (ajdodlaringizga) hujjatlarni keltirganida ham, sizlarga keltirgan narsalarga shak(-shubha)da qattiq turib olgan edingizlar. To qachonki, u halok bo'lganida esa: "(Endi, Yusufdan) so'ng Alloh sira payg'ambar yubormas", - dedingizlar. Haddan oshuvchi va shak keltiruvchi kimsalarni Alloh mana shunday yo'ldan ozdirib qo'yar.




  1. Allohning oyatlari haqida o'zlariga kelgan (biror) hujjatsiz tortishadigan kimsalar Alloh nazdida ham, imon keltirgan zotlar nazdida ham katta nafratga duchor bo'lurlar. Alloh har bir mutakabbir va zo'ravonning qalbini mana shunday muhrlab qo'yar.




  1. Fir'avn aytdi: "Ey, Homon, men uchun bir (baland) minora qurgin, shoyadki men (uning ustiga chiqib) yo'llarga yetsam,




  1. osmonlarning yo'llariga. (Zora) Musoning ilohini ko'rsam, darhaqiqat, men uni yolg'onchi deb gumon qilmoqdaman". Fir'avnga o'zining yomon amali mana shunday chiroyli ko'rsatildi va u (To'g'ri) yo'ldan to'sildi. Fir'avnning barcha makri, albatta, halokatdadir.




  1. Imon keltirgan kishi dedi: "Ey, qavmim, menga ergashinglar, men sizlarni To'g'ri yo'lga yetaklayman.




  1. Ey, qavmim, bu dunyo hayoti faqat bir (arzimas) matodir. Albatta, oxiratgina (mangu) barqarorlik diyoridir.




  1. Kimki biror yomonlik qilsa, unga (oxiratda o'sha yomonligi) barobaridagina jazo berilur. Erkakmi,

ayolmi - kimki mo’minlik holida biror yaxshilik qilsa, aynan o'shalar jannatga doxil bo'lurlar. U joyda ularga behisob rizq berilur.



  1. Ey, qavmim, nega men sizlarni najotga (jannatga) chorlasam, sizlar meni do'zaxga chorlamoqdasizlar?!




  1. Sizlar meni Allohga kofir bo'lishga va o'zim bilmaydigan narsalarni Unga sherik qilishga chaqirmoqdasizlar. Men esa, sizlarni qudratli va o'ta mag'firatli zotga chorlamoqdaman.




  1. Shubha yo'qki, albatta, sizlar meni (ibodat qilishga) chaqirayotgan narsalaringiz na dunyoda va na oxiratda (hech kimni) da'vat qila olmas. Albatta, (barchamizning) Allohga qaytishimiz bordir. Darhaqiqat, haddan oshuvchilar - o'shalargina do'zax ahlidirlar.




  1. Hali men sizlarga aytayotgan so'zlarni eslaysizlar. Men o'z ishimni Allohga topshirurman. Zero, Alloh bandalarini ko'rib turuvchidir".




  1. Bas, Alloh u (imon keltirgan kishi)ni ularning yomon makrlaridan saqladi va Fir'avn zodagonlarini yomon azob o'rab oldi.




  1. (U azob qabrdagi bir) olovdirki, ular ertayu kech unga toblanurlar. Qiyomat qoyim bo'ladigan kunda esa, (do'zax farishtalariga): "Fir'avn zodagonlarini eng qattiq azobga kiritinglar" (deyilur).




  1. O'shanda ular do'zaxda o'zaro tortishib, zaiflar mutakabbirlarga (sobiq yo'lboshchilariga): "Bizlar sizlarga ergashgan edik, endi sizlar bizlardan do'zax (azobi)ning biror bo'lagini daf qila olurmisizlar?" - derlar.




  1. Mutakabbir kimsalar ayturlar: "Bizlarning barchamiz, shubhasiz, unda (do'zaxda)dirmiz. Alloh bandalari o'rtasida O'z hukmini chiqarib bo'ldi".




  1. (Shunda) do'zaxdagi kimsalar jahannam qo'riqchilariga: "Parvardigoringizga duo qilinglar, bizlardan biror kun azobni yengillatsin", deganlarida,




  1. ular ayturlar: "Axir, sizlarga payg'ambarlaringiz hujjatlar keltirmaganmidilar?!" "Ha, (lekin ularni yolg'onchi qilgan edik)" - deydilar. (Shunda farishtalar ularga) ayturlar: "U holda duo qilaveringlar. (Lekin) kofirlarning duolari, albatta, zoyedir".




  1. Albatta, Biz payg'ambarlarimizga va imon keltirgan zotlarga dunyo hayotida ham, guvohlar (hozir bo'lib) turadigan kunda (qiyomatda) ham yordam berurmiz.




  1. U kunda zolim (kofir)larga uzrlari foyda bermas. Ularga la'nat bo'lur va ularga eng yomon joy (do'zax) bo'lur.




  1. Biz Musoga hidoyat ato etdik va Isroil avlodiga meros qilib,




  1. aqlli kishilarga hidoyat va eslatma bo'lmish Kitob (Tavrot)ni bergan edik.




  1. Bas, (ey, Muhammad,) sabr qiling! Zero, Allohning va'dasi haqdir va gunohingizga mag'firat so'rang hamda tunu kun Rabbingiz hamdi bilan tasbeh ayting!




  1. Albatta, Allohning oyatlari haqida o'zlariga kelgan biror hujjatsiz tortishadigan kimsalar, aniqki, ularning dillarida shunday kibr bordirki, ular o'shanga yetuvchi emasdirlar. Bas, Siz Allohdan panoh so'rang. Albatta, Uning O'zigina eshituvchi va ko'rib turuvchidir.




  1. Albatta, osmonlar va Yerni yaratish insonlarni yaratishdan kattaroq (ish)dir. Lekin, ko'p odamlar (buni) bilmaydilar.




  1. Ko'r bilan ko'ruvchi va imon keltirib, solih amallarni qilganlar bilan yomonlik qiluvchi kimsa barobar bo'lmas. Eslatmani esa, kamdan kam olursizlar.




  1. Albatta, qiyomat keluvchidir, u haqda shubha yo'qdir. Lekin, ko'p odamlar (unga) imon keltirmaslar.




  1. Parvardigoringiz: "Menga duo qilinglar, Men sizlarga (duolaringizni) mustajob qilay", - dedi. Albatta, Menga ibodat qilishdan kibr qilgan kimsalar yaqinda tuban holatda jahannamga kirurlar.




  1. Alloh sizlarga orom olishingiz uchun kechani va (kasb va sayr qilishingiz uchun) yorug' kunduzni yaratib qo'ygan zotdir. Albatta, Alloh odamlarga nisbatan fazl sohibidir. Lekin odamlarning ko'plari shukr qilmaydilar.




  1. Mana shu Alloh - Parvardigoringizdir. (U) barcha narsaning yaratuvchisidir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?!




  1. Allohning oyatlarini inkor etuvchi kimsalar mana shunday burilib keturlar.




  1. Alloh sizlar uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qo'ygan va sizlarga surat(shakl) berib, suratlaringizni go'zal qilgan hamda sizlarni pok narsalardan rizqlantirgan zotdir. Mana shu Alloh - Parvardigoringizdir. Bas, (barcha) olamlarning Parvardigori bo'lmish Alloh barakotlidir.




  1. U tirikdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Bas, (ey, mo’minlar,) sizlar (Allohga) dinni unga xolis qilgan holingizda duo (ibodat) qilingiz! Hamd (barcha) olamlarning Rabbi Allohga (xos)dir.




  1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Men o'zimga Rabbim (tomoni)dan hujjatlar kelgan paytda, sizlar Allohni qo'yib duo qilayotgan narsalaringga ibodat qilishdan man etilganman va (barcha) olamlarning Rabbiga bo'yin sunishga buyurilganman.




  1. U sizlarni (Odamni) tuproqdan, so'ngra (avlodlarini) nutfadan, so'ngra laxta qondan yaratgan zotdir. So'ngra U sizlarni (ona qornidan) chaqaloq holingizda (dunyoga) chiqarur. So'ngra (U) sizlarni voyaga yetishingizga, so'ngra qarishingizga (qo'yib berur). Sizlarning orangizda (balog'at yoki keksalik yoshidan) ilgari vafot topadigan kishilar ham bo'lur. (U) sizlarni belgilangan ajalga yetishingizga (qo'yib berur). Shoyadki, aql yurgizsangizlar.




  1. U tiriltiradigan va o'ldiradigan zotdir. Bas, qachon biror ishni hukm qilsa, unga faqat: "Bo'l!" - der, xolos. Bas, u (ish) bo'lur.




  1. Allohning oyatlari haqida tortishadigan kimsalarni ko'rmadingizmi? Qayoqqa burilib ketmoqdalar?!




  1. Kitob (Qur'on)ni va Biz payg'ambarlarimiz bilan yuborgan narsalarni (Kitoblarni) yolg'on degan kimsalar yaqinda (qiyomat Kunida) bilajaklar.




  1. O'shanda ular bo'yinlarida kishan va zanjirlar bilan sudralurlar




  1. qaynoq suv ichiga. So'ngra olovda yondirilurlar.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish