Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet247/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

(Alloh) ularga nido qilib: "Payg'ambarlarimga ne javob qilgan edinglar?" - deydigan kunda,




  1. o'sha kunda ularga xabarlar (bahona va sabablar) ko'rinmay qolur, bas, bir-birlaridan ham so'rasha olmaslar.




  1. Bas, kim tavba qilib, imon keltirib, solih amal qilgan bo'lsa, shoyadki (u) najot topuvchilardan bo'lsa.




  1. Rabbingiz O'zi xohlagan narsani yaratur va (xohlagan ishni) ixtiyor qilur. Ularda ixtiyor yo'qdir! Alloh ularning shirklaridan pok va yuksakdir!




  1. Rabbingiz ularning dillari yashirgan narsalarini (sirlarini) ham, oshkor qilgan narsalarini (so'zlarini) ham bilur.




  1. U Allohdir. Undan o'zga iloh yo'qdir! Avvalu oxirda (ya'ni, dunyoyu oxiratda) hamd faqat Uning uchundir. Hukm ham Unikidir va Ungagina qaytarilursizlar.




  1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Xabar beringiz-chi, agar Alloh kechani qiyomat kunigacha ustingizda mangu qilib qo'ysa, Allohdan o'zga qaysi "iloh" sizlarga biror yorug'lik keltira olur?! Axir, eshitmaysizlarmi?!"




  1. Ayting: "Xabar beringiz-chi, agar Alloh kunduzni qiyomat kunigacha ustingizda mangu qilib qo'ysa, Allohdan o'zga qaysi "iloh" sizlarga taskin topadigan kechani keltira olur?! Axir, ko'rmaysizlarmi?!




  1. (Alloh) sizlar uchun kecha va kunduzni unda (ya'ni, kechada) orom olishlaringiz, (kunduzi esa) Uning fazli (rizqi)dan istashlaringiz va shukr qilishlaringiz uchun paydo qilib qo'ygani Uning

rahmatidandir!



  1. (Eslang, Alloh qiyomat kunida) ularga nido qilib: "Sizlar (bor deb) gumon qilib yurgan "sheriklarim" qani?!" - der.




  1. Biz (u kunda) har bir ummatdan bir guvohni (payg'ambarni) chiqarib, (keltirgan shirklaringizga) hujjatlaringizni keltiringlar-chi", - deymiz. Bas, ular haqiqat Alloh tomonda ekanini biladilar va o'zlari to'qib olgan ("xudolari") esa ulardan g'oyib bo'lur.




  1. Albatta, Qorun Muso qavmidan edi. Bas, u (qavm)larga kibr qildi. Biz unga xazinalardan kalitlari baquvvat jamoatga ham og'irlik qiladigan narsalarni ato etgan edik. O'shanda qavmdoshlari unga: "Hovliqmagin. Chunki, Alloh hovliquvchilarni suymas!




  1. Alloh senga ato etgan narsa bilan oxiratni istagin va dunyodan bo'lgan nasibangni ham unutmagin. Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham (odamlarga) ehson qil! Yerda buzg'unchilik qilishni istama. Chunki, Alloh buzg'unchilarni suymas", - dedilar.




  1. So'ng, (Qorun) qavmi oldiga yasanib chiqqan edi, dunyo hayotini istaydigan kimsalar: "Eh, qani edi, bizlarga ham Qorunga ato etilgan narsa (boylik) bo'lsa. Darhaqiqat, u ulkan nasiba egasidir", - dedilar.




  1. Ilm ato etilgan kishilar esa: "O'lim bo'lsin sizlarga! Imon keltirgan va ezgu ish qilgan kishi uchun Allohning savobi yaxshiroq-ku! U (savob)ga faqat sabrli kishilargina erishurlar", - dedilar.




  1. Bas, Biz uni ham, hovlisini ham yerga yuttirdik. So'ng uning uchun Allohdan o'zga yordam beradigan biror jamoa bo'lmadi va uning o'zi ham g'oliblardan bo'lmadi.




  1. Kuni kecha uning maqomini orzu qilganlar: "Vo ajab, Alloh bandalaridan o'zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilib, (O'zi xohlaganlarining rizqini) tang qilib berar ekan-da! Agar Alloh bizlarga marhamat qilmaganida, bizlarni ham (yerga) yuttirgan bo'lur edi. Vo ajab, kofirlar najot topmas ekan da!" - deb qoldilar.




  1. Biz o'sha oxirat diyorini yer yuzida zulm va buzg'unchilik qilishni istamaydigan kishilar uchun yaraturmiz. Oqibat esa, taqvoli kishilarnikidir!




  1. Kim yaxshilik bilan kelsa, bas, uning uchun undan yaxshiroq (mukofot) bo'lur. Kim yomonlik bilan kelsa, bas, yomonliklarni qilgan kimsalar faqat o'zlari qilgan yomonliklari barobaridagina jazolanurlar.




  1. (Ey, Muhammad,) albatta, Sizga (ushbu) Qur'onni farz qilgan Zot, shak-shubhasiz, Sizni qaytish joyiga (Makkaga) qaytaruvchidir. (Mushriklarga) ayting: "Rabbim hidoyat bilan kelgan kishilarni ham, aniq zalolatdagi kimsalarni ham yaxshi biluvchidir!"



Izoh: Qur'onni farz qilgani - uni tilovat qilishni, hukmiga amal qilishni va uni ummatga yetkazishni farz qilganidir. Makkaga qaytishlari esa hijratdan keyingi orzularidan biri edi.



  1. Siz o'zingizga Kitob (Qur'on) tushirilishidan umidvor ham emasdingiz. Faqat Rabbingiz (tomoni)dan rahmat sifatida (u nozil qilindi). Bas, kofirlarga sira madadkor bo'lmang!




  1. Sizga Allohning oyatlari nozil qilinganidan so'ng zinhor ular Sizga to'sqinlik qilmasinlar! Siz (odamlarni) Rabbingizga (ibodat qilishga) chorlang va sira mushriklardan bo'lmang!




  1. Allohga qo'shib boshqa "iloh"ga iltijo qilmang! Undan o'zga iloh yo'qdir. Uning "yuzi"dan boshqa barcha narsa halok bo'luvchidir. Hukm Unikidir va Ungagina qaytarilursizlar!

ANKABUT SURASI

Ankabut - o'rgimchak, tortanak Surada o'zlari yasagan but - sanamlarga o'zlari sig'inuvchi mushriklar o'zi to'qigan to'riga ishonib yashovchi o'rgimchakka o'xshatiladi. Shuningdek, unda imon-e'tiqodli, yaxshi odamlar boshiga sinov uchun ko'proq musibatlar tushishi, hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tish yo'llari, payg'ambarlar tortgan tashvish va aziyatlar haqidagi qissalar, Qur'oni karimning mo''jizaligi va boshqa ilohiy nasihatlar o'z ifodasini topgan.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Alif, Lom, Mim.




  1. Odamlar: "Imon keltirdik", - deyishlari bilangina, sinalmagan hollarida, qoldiriladilar, deb o'yladilarmi?!




  1. Biz ulardan oldingi (imonli) kishilarni sinagan edik-ku! Bas, (shu sinov bilan va usiz ham), albatta, Alloh (imonda) sodiq kishilarni bilur va (shuningdek,) yolg'onchilarni ham aniq bilur!




  1. Yoki yovuz ishlarni qiladigan kimsalar Bizdan o'zib ketishni (qutulishni) o'ylaydilarmi?! Naqadar yomon hukm chiqaradilar?!




  1. Kimki Allohga ro'baro' bo'lishdan umidvor bo'lsa, bas, Allohning (belgilangan) fursati, albatta, keluvchidir. U eshituvchi va biluvchidir!




  1. Kim jihod qilsa, faqat o'zi uchun jihod qilur. Zero, Alloh (barcha) olamlardan behojatdir!



Izoh: Jihod haqida Tavba surasi, 88-oyat izohiga qaralsin.



  1. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarning gunohlarini, albatta, o'chirurmiz va ularni qilib o'tgan chiroyli amallari bilan mukofotlarmiz!




  1. Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. (Ammo) agar ular sen bilmagan narsalarni (soxta ma'budalarni) Menga sherik qilishingga zo'rlasalar, u holda ularga itoat etmagin! (Barchangiz) Menga qaytursiz, bas, Men (o'shanda) sizlarga qilib o'tgan amallaringiz xabarini berurman!




  1. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni, albatta, solih bandalar (qatori)ga kiriturmiz.




  1. Odamlar orasida shunday kimsalar (ham) borki, o'zlari: "Allohga imon keltirdik", - deydi-da, so'ng Alloh (yo'li)da ozorlansa, odamlarning (bu) fitna (ozor)larini Allohning azobidek bilur. Qasamki, agar Rabbingiz (tomoni)dan g'alaba kelsa, shubhasiz ular: "Albatta, bizlar sizlar bilan birga edik", - derlar. Axir, Alloh (barcha) olamlarning dillaridagi narsalarni yaxshi biluvchi emasmi?!




  1. Albatta, Alloh imon keltirganlarni ham, munofiqlarni ham yaxshi bilur.




  1. Kofir bo'lganlar imon keltirganlarga: "Sizlar bizlarning yo'limizga ergashinglar, gunohlaringizni bizlar ko'tarurmiz",- deydilar. Holbuki, ularning gunohlaridan biror narsani ko'tara oluvchi emasdirlar. Albatta, ular yolg'onchidirlar!




  1. Albatta, ular o'zlarining yuk (gunoh)larini ham, u yuklari bilan birga (boshqa) yuklarni ham ko'tarurlar va albatta, qiyomat kunida o'zlari to'qib olgan (yolg'on)lari to'g'risida so'ralurlar.

  2. Biz Nuhni o'z qavmiga (payg'ambar qilib) yubordik. Bas, u ularning orasida ellik yili kam ming yil turdi. Bas, ularni zolim (kofir) bo'lgan hollarida to'fon (balosi) tutdi.




  1. So'ng Biz (Nuh)ga va kemadagi hamrohlariga najot berdik va uni (barcha) olamlarga ibrat qilib qo'ydik.




  1. Ibrohimni (eslang) - u o'z qavmiga degan edi: "Allohga ibodat qilinglar va Undan qo'rqinglar! Agar biluvchi bo'lsangizlar, mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir.




  1. Sizlar Allohni qo'yib faqat butlarga ibodat qilmoqdasizlar va (ularni ilohlar deb) yolg'on to'qimoqdasizlar. Aniqki, sizlar Allohni qo'yib ibodat qilayotgan narsalar sizlarga rizq berishga qodir emaslar. Bas, (shunday ekan,) sizlar rizqni Alloh dargohidan istanglar va Ungagina ibodat qilinglar va Unga shukr qilinglar. Sizlar Ungagina qaytarilursizlar!




  1. Agar sizlar (Payg'ambarimni) yolg'onchiga chiqarsangizlar, bas, sizlardan avvalgi ummatlar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqargandirlar. Payg'ambar zimmasida esa faqat (Allohning buyruqlarini bandalariga) aniq yetkazishlik bordir".




  1. Axir, ular Alloh qanday qilib ilk bor (yo'qdan) yaratishini so'ngra (qiyomat kunida) U o'sha (yaratgan narsasi)ni qaytarishini ko'rmadilarmi?! Albatta, bu Allohga osondir!





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish