Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet246/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Ularni do'zaxga chorlaydigan peshvolar qilib qo'ydik. Qiyomat kunida ham ularga yordam berilmas.




  1. Biz bu dunyoda ularga la'natni ergashtirdik. Qiyomat kunida ham ular qabih kimsalardandirlar.




  1. Biz avvalgi avlodlarni (kofirliklari sababli) halok qilganimizdan keyin Musoga odamlar uchun nur, hidoyat va rahmat bo'lgan Kitob ato etdik. Shoyad, ular eslatma olsalar!




  1. (Ey, Muhammad,) Biz Musoga ishni (gaplashish va najotni) hukm qilgan paytda Siz (Tur tog'ining) g'arb tomonida (Biz bilan Muso va'dalashgan joyda) bo'lmagansiz va guvohlardan ham emas edingiz.




  1. Lekin Biz (Musodan so'ng, ko'p) avlodlarni paydo qildik, bas, ularga umr (zamon) cho'zilib ketdi. Siz Madyan ahli orasida turuvchi ham, ularga oyatlarimizni tilovat qiluvchi ham bo'lmagansiz. Lekin, Biz (Sizni) payg'ambar qilib yuboruvchi bo'ldik.




  1. Biz (Musoga) nido qilgan paytda Siz Turning yonida bo'lmagansiz. Lekin, Rabbingiz (tomoni)dan rahmat sifatida Sizdan ilgari biror ogohlantiruvchi kelmagan bir qavmni ogohlantirish uchun (payg'ambar qilindingiz). Shoyad, ular eslatma olsalar.




  1. Boridiyu ularga o'z qilmishlari sababli biror musibat yetganida: "Parvardigoro, bizlarga payg'ambar yuborganingda edi, Sening oyatlaringga ergashar va imon keltiruvchilardan bo'lar edik", - deyishmaganda (Biz Sizni ularga payg'ambar qilib yubormas edik).




  1. Bas, qachonki, ularga Bizning huzurimizdan Haq (payg'ambar) kelgach esa, ular: "Unga (ya'ni, Muhammadga) ham Musoga berilgan narsa (mo''jiza) berilganida edi (bizlar unga ergashgan bo'lardik)",- dedilar. Axir, ular ilgari Musoga berilgan narsa (mo''jiza)ni ham inkor qilmaganmidilar?! Ular: "(Tavrot va Qur'on) bir-birini qo'llab-quvvatlaydigan ikki sehrdir",- dedilar va: "Bizlar (bu ikki kitobning) har biriga kofirdirmiz",- dedilar.




  1. Ayting: "Agar rostgo'y bo'lsanglar, Alloh huzuridan u ikki (Kitob)dan ko'ra to'g'riroq bo'lgan biror kitob keltiringlar, men unga ergashayin.




  1. Bas, agar ular Sizga javob bera olmasalar, bas, bilinki ular faqat havoyi nafslarigagina ergashurlar. Alloh (tomoni)dan hidoyatlanmagan holda o'z havoyi nafsiga ergashgan kimsadan kim ham ozganroqdir?! Albatta, Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmas!




  1. Eslatma olishlari uchun ularga So'zni (Qur'onni) muttasil nozil qildik.




  1. Biz (Qur'ondan) ilgari Kitob (Tavrot, Injil) bergan zotlar (yahudiy va nasroniylarning mo'minlari) unga (Qur'on)ga imon keltirurlar.




  1. Qachonki, ularga (Qur'on) tilovat qilinsa: "Bizlar unga imon keltirdik. Albatta, u Rabbimiz tomonidan (kelgan) Haqiqatdir. Bizlar (Qur'on nozil bo'lishidan) ilgari ham musulmon edik", - derlar.




  1. Ana o'sha zotlarga (imon yo'lida) sabr qilganlari sababli mukofotlari ikki barobar ato etilur. Ular yomonlikni (ya'ni, kofirlarning ozorlarini) yaxshilik (sabr) bilan daf qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilurlar.




  1. Qachonki, behuda (so'z yo ish)ni eshitsalar, undan yuz o'girurlar va: "Bizlarning amallarimiz o'zimiz uchun, sizlarning amallaringiz o'zlaringiz uchundir. Omon bo'linglar. Bizlar nodon kimsalarni xohlamaymiz", - derlar.




  1. (Ey, Muhammad,) Siz o'zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmaysiz, lekin Alloh O'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. U hidoyat topuvchilarni yaxshi biluvchidir.




  1. Ular (Quraysh kofirlari): "(Ey, Muhammad,) agar bizlar sen bilan birga to'g'ri yo'lga ergashsak,

yerimizni oldirib qo'yarmiz",- dedilar. Axir, Biz ularga osoyishta Haramni maqom qilib bermadikmi?! Barcha narsaning hosillari Bizning dargohimizdan rizq bo'lgan holda o'sha joyga yig'iladi-ku! Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaslar.



  1. Biz qanchadan-qancha maishati haddan oshgan yurtlarni halok qildik. Bas, maskanlarida ulardan keyin kamdan-kam istiqomat qilindi. (Ularning mulku-diyorlariga) Biz voris bo'ldik.




  1. Rabbingiz barcha yurtlarning markazlariga oyatlarimizni ularga tilovat qiladigan payg'ambar yubormagunicha, u (yurtlar)ni halok qiluvchi bo'lmadi. Biz yurtlarni faqat ularning aholisi zolim (kofir) bo'lgandagina halok qiluvchi bo'ldik.




  1. Sizlarga nima berilgan bo'lsa faqat dunyo hayotining mato va ziynatlaridir. Alloh huzuridagi (mukofot) esa yaxshiroq va boqiyroqdir. Axir, aql yurgizmaysizlarmi?!




  1. Axir, Biz go'zal va'da (jannat)ni va'da qilgan va unga erishgan kishi, Biz dunyo hayoti matosidan ozgina foydalantirib, so'ngra qiyomat kunida (mangu azobga) hozir qilinuvchi kimsa kabi bo'lurmi?!




  1. (Eslang, Alloh qiyomat kuni) ularga nido qilur: "Sizlar (bor deb) e'tiqod qilib yurgan "sheriklarim" qani?!" - deb.




  1. Ustilaridan (azob haqidagi) So'z muqarrar bo'lgan kimsalar: "Ey, Rabbimiz, ana u bizlar yo'ldan ozdirgan kimsalarni ham xuddi o'zimiz ozgan kabi yo'ldan ozdirgandirmiz. Bizlar Senga (aybdor emas) oqdirmiz. Ular bizlarga ibodat qiluvchi bo'lmaganlar", - derlar.




  1. Ularga: "Shirklaringizni (yordamga) chorlangiz",- deyilur, ularga iltijo qilganlarida (ular) javob qilmaslar va ular azobni ko'rurlar. Agar hidoyat topsalar edi (azobni ko'rmas edilar).





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish