Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet241/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Men bir ayolni ko'rdim. U ularning malikasi ekan. Unga barcha narsadan ato etilgan bo'lib, ulkan taxti ham bordir.




  1. Men uning va qavmining Allohni qo'yib, quyoshga sajda qilayotganlarini ko'rdim". Shayton ularga (qilayotgan) amallarini chiroyli ko'rsatib, ularni (Haq) yo'ldan to'sib qo'ygandir. Bas, ular hidoyat topmaslar.




  1. (Uning maqsadi) osmonlar va Yerdagi barcha sirlarni oshkor qiladigan hamda sizlar yashiradigan va oshkor qiladigan barcha narsalarni biladigan Allohga sajda qilmaslaridir.



(Sajda oyati)



  1. Alloh - Undan o'zga iloh yo'q! U ulkan Arsh egasidir.




  1. (Sulaymon) dedi: "Sen rost so'zladingmi yoki yolg'onchilardan bo'ldingmi, ko'rarmiz.




  1. Mana bu maktubimni olib borib ularga tashlagin, so'ngra ulardan chetlanib kuzatginchi, nima (javob) qaytarar ekanlar".




  1. (Hudhud maktubni olib kelib malika Bilqis oldiga tashlagach), u dedi: "(Ey, zodagonlar), haqiqatan menga sharafli bir maktub tashlandi.




  1. Albatta, u Sulaymondandir va u (maktubda): "Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan.




  1. Sizlar Menga kattalik qilmay huzurimga itoatli holingizda kelingiz!" (deb yozilgan).




  1. (Malika) aytdi: "Ey, zodagonlar, menga bu ishimda fatvo (maslahat) beringlar. Men to sizlar guvoh bo'lmaguningizcha biror ishni qat'iy qiluvchi emasman".

  2. Ular dedilar: "Bizlar quvvat va ashaddiy matonat egalaridirmiz. (Ishga) buyurish sening o'zingga havola. Bas, nimaga buyurishni o'ylab ko'raver!"




  1. U aytdi: "Aniqki, podshohlar qachon biror qishloqqa (bostirib) kirsalar uni vayron eturlar, aholisining aziz kishilarini esa xor qilurlar. Ular shu tarzda ish qilurlar.




  1. Men ularga (sinov uchun) bir sovg'a yuborib ko'ray-chi, elchilar nima (xabar) bilan qaytar ekanlar".



Izoh: Bilqis o'ta farosatli va zukko malika edi. U Sulaymonga sovg'a yuborib, qabul qilish yoki qilmasligini bilmoqchi bo'ladi. Agar haqiqiy payg'ambar bo'lsa, sovg'ani olmasligi kerak.



  1. Bas, qachonki, (Bilqis elchilari sovg'ani olib) Sulaymon (huzuri)ga kelgach, u dedi: "Sizlar menga mol-dunyo bilan madad bermoqchimisiz?! U holda (bilingizki), Alloh menga ato etgan (payg'ambarlik va podshohlik) U zot sizlarga bergan (mol-dunyo)dan yaxshiroqdir. Balki, sizlar sovg'alaringiz bilan xursand bo'larsizlar.




  1. Sen (qavminga) qaytib bor! Albatta, biz ularga shunday qo'shin bilan borurmizki, ular unga aslo bas kela olmaslar va albatta, biz ularni (yurtlaridan) mag'lub hollarida chiqarurmiz".




  1. (Sulaymon): "Ey, zodagonlar, ular mening huzurimga bo'yin-sungan hollarida kelishlaridan ilgari qaysi biringiz menga uning (Bilqisning) taxtini keltira olur?" - dedi.




  1. (Shunda) jinlardan bir alvasti aytdi: "Men uni senga o'rningdan turishingdan ilgari keltirurman. Albatta, men bunga qodir va ishonchlidirman".




  1. Kitob (Ismi a'zam)dan ilmi bor bo'lgan zot esa: "Men ko'zing o'zingga qaytgunicha (ko'z ochib yumguningcha) uni senga keltirurman", - dedi. Bas, uning (taxtning) o'z huzurida turganini ko'rgach, dedi: "Bu Rabbimning shukr qilamanmi yoki noshukrlik qilamanmi, imtihon etish uchun bergan fazlidandir. Kim shukr qilsa, bas, albatta u faqat o'zi uchun shukr qilur. Kim noshukrlik qilsa, bas, albatta, Rabbim (hamma narsadan) behojat va karamli zotdir".



Izoh: Kitobdan ilmi bor zot kim bo'lgani to'g'risida turli tafsirlar bor. Madorik tafsiri bo'yicha aniqrog'i, u zot Sulaymonning kotibi Osif ibn Barxiyo bo'lgan. U Allohning "Ismi a'zami" ni bilar va uni o'qib duo qilsa, mustajob bo'lar edi. Ismi a'zam: "- Hayyu, yo Qayyum! - Zal-jaloli val-ikrom!" yoki "- ilohano va iloha kulli shay'in ilohan vohidan. Lo iloha illo Ant". Vallohu a'lam.



  1. (Sulaymon malikaning farosatini sinash uchun) dedi: "Uning taxtini tanimaydigan qilib, o'zgartirib qo'yinglar, u (tanishga) yo'l topadimi yoki yo'l topa olmaydigan kimsalardan bo'ladimi, ko'rurmiz".




  1. Bas, u kelgach: "Taxting shundaymidi?" - deyildi. U: "Xuddi o'shaning o'zi", - dedi. (Sulaymon aytdi: "Alhamdu lillohki), bizlarga undan ilgari ilm berilib, musulmon bo'lganmiz.




  1. Uni esa Allohni qo'yib ibodat qilgan narsasi (musulmon bo'lishdan) to'sgandir. Chunki u kofirlar qavmidan edi".




  1. (Malikaga): "Saroyga kir", - deyildi. Bas, u (saroyni) ko'rgach, uni suv havzasi deb o'ylab, oyoqlarini ochgan edi, (Sulaymon): "Bu oynadan yasalgan silliq qasrdir", - dedi. (Shunda malika) aytdi: "Ey, Rabbim, darhaqiqat, men (quyoshga sig'inish bilan) jonimga jabr qilibman, (endi) Sulaymon bilan birga olamlar egasi - Allohga bo'yin-sundim".




  1. Qasamki, Biz Samud (qabilasi)ga birodarlari Solihni payg'ambar etib yubordik. (U): "Allohga ibodat qilingiz!" (dedi). Bas, bexos ular kelisha olmaydigan ikki guruhga bo'lindilar.




  1. (U) aytdi: "Ey, qavmim, nega sizlar azob so'rash bilan yaxshilik (rahmat)dan ilgari yomonlik (azob)ni shoshtirmoqdasiz?! Sizlarga rahm qilinishi uchun Allohdan mag'firat so'rasangizlar bo'lmasmi?!"




  1. Ular dedilar: "Bizlar (boshimizga tushgan qahatchilikni) sen va sen bilan birga bo'lganlardan deb shumlandik". U aytdi: "Sizlarning ishingiz Alloh huzuridadir. Aksincha, sizlar imtihon qilinayotgan qavmdirsiz".




  1. U shaharda islohot o'rniga yer yuzida buzg'unchilik qilib yuradigan to'qqiz nafar kimsa bor edi.




  1. O'shalar Alloh nomiga qasam ichishib (bir-birlariga) aytdilar: "Albatta, (Solihni) va uning ahli (tobelari)ni tunda halok qilurmiz, so'ngra uning vorisiga: "Bizlar (na Solihning va na) uning ahlini halokatiga guvoh bo'lgan emasmiz. Albatta, bizlar rostgo'y kishilardirmiz", - deymiz".




  1. Ular makr qildilar. Biz ham ular sezmagan hollarida (ularni halok qilish bilan) "makr" qildik.




  1. Bas, ularning qilgan makrlari oqibati qanday bo'lganini ko'ring - Biz ularni va qavmlarining barchasini tor-mor qildik.




  1. Mana, zulm qilganlari sababli ularning uylari huvillab qoldi! Albatta, bunda biladigan qavm uchun ibrat bordir!




  1. Imon keltirgan va taqvoli bo'lgan zotlarga esa najot berdik.




  1. Lutni ham (eslang). Qaysiki u qavmiga aytgan edi: "Sizlar ko'rib (bilib) turib fahsh ishlarni qilasizlarmi?!




  1. Sizlar xotinlaringizni qo'yib, shahvatni erkaklarga keltirasizlarmi?! Ha, sizlar johil qavmdirsizlar!"

YIGIRMANCHI JUZ’
*************************



  1. (Lut) qavmining javobi esa faqat "Lut ahlini qishlog'ingizdan (quvib) chiqaringiz! Darhaqiqat, ular juda "pok"lanib ketayotgan kishilardir", - deyishlari bo'ldi.




  1. So'ng Biz (Lutga) va uning ahliga najot berdik. Illo, uning xotini (najot topmadi, chunki) halok bo'luvchilardan ekanini taqdir qilib - belgilab qo'ygan edik.




  1. Va ularning ustiga yomg'ir (tosh) yog’dirdik! Bas, ogohlantiriluvchilar yomg'iri naqadar yomon bo'ldi!




  1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Allohga hamd va (payg'ambarlik uchun) tanlagan bandalariga salom! Alloh yaxshiroqmi yoki ular sherik qilayotgan narsalarimi?!"




  1. Yoki osmonlar va Yerni yaratgan hamda sizlar uchun osmondan suv (yomg'ir) yog’dirib, u bilan go'zal bog'larni o'stirgan zotmi?! Sizlar uchun u (bog'lar)ning dov-daraxtini o'stirish imkoni yo'q edi. Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! Yo'q, ular (Allohga o'zgalarni) teng (deb) biladigan qavmdirlar!




  1. Yoki Yerni qarorgoh qilib, uning o'rtasida daryolar paydo qilgan va uning uchun tutqi (tog')lar

barpo qilgan hamda ikki (sho'r va chuchuk) dengiz (daryo) o'rtasida to'siq insho etgan zotmi?! Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! Yo'q, ularning aksariyati bilmaydilar!



  1. Yoki noiloj odam duo qilgan vaqtida (duosini) ijobat qiladigan va (undan) yomonlik (musibat)ni yo'q qiladigan hamda sizlarni Yerning o'rinbosarlari qiladigan zotmi?! Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! Kamdankam eslatma olursizlar!




  1. Yoki sizlarga quruqlik va dengiz zulmatlarida to'g'ri yo'lni ko'rsatadigan va O'z rahmati (yomg'iri) oldidan shamollarni xushxabar qilib jo'natadigan zotmi?! Alloh bilan birga yana (biror) iloh bormi?! Alloh ularning keltirayotgan shirklaridan yuksakdir!




  1. Yoki ilk bor O'zi yaratib, so'ngra (oxiratda) qayta yaratadigan zotmi?! Kim sizlarga osmon va zamindan rizq berur? Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! (Ey, Muhammad, kofirlarga) ayting: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar, hujjatingizni keltiringiz!"




  1. Ayting: "Allohdan boshqa osmonlar va Yerdagi biror kimsa g'aybni bilmas". Ular qachon qayta tirilishlarini ham seza olmaslar.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish