Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet239/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Albatta, men sizlarga yuborilgan ishonchli payg'ambardirman!




  1. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!




  1. Men sizlardan bu (da'vatim) uchun mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir.




  1. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!"




  1. Ular dedilar: "Senga razil (kambag'al) odamlar ergashgan bo'lsa, bizlar senga (qanday qilib) imon keltiraylik?!"




  1. (Nuh) aytdi: "Men ularning nima ish qiluvchi ekanlarini bilmasman.




  1. Agar sezsalaringiz, ularning hisobkitobi faqat Rabbimning zimmasidadir.




  1. Men (so'zingizga kirib) mo'minlarni (huzurimdan) haydovchi emasman.




  1. Men faqat ochiq ogohlantiruvchidirman".




  1. Ular dedilar: "Qasamki, agar (da'vatingdan) to'xtamasang, ey, Nuh, albatta, toshbo'ron qilinuvchilardan bo'lursan!"




  1. (Shunda Nuh) aytdi: "Ey, Rabbim, qavmim meni inkor etdilar.




  1. Endi Sen O'zing men bilan ularning orasini ochib qo'ygin va menga hamda men bilan birga bo'lgan mo'minlarga najot bergin!"




  1. Bas, Biz unga va u bilan birga bo'lgan kishilarga (ichi) to'la kemada najot berdik.




  1. So'ngra, (kema najotidan) keyin qolganlarni g'arq qildik.




  1. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.




  1. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.




  1. Od (qabilasi) payg'ambarlarni inkor etdi.




  1. O'shanda ularga birodarlari Hud aytgan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?




  1. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman!




  1. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!




  1. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir.




  1. Sizlar har bir tepalikka o'yin-kulgi uchun bir belgi (baland binolar) quraverasizlarmi?!




  1. Go'yo mangu yashaymiz, deb qasrlarni solaverasizlarmi?!




  1. Qachon (biror kishini jazoga) tutsan gizlar, berahmlarcha tutasizlarmi?!




  1. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!




  1. Sizlarni o'zlaringiz biladigan ne'matlar bilan siylagan zotdan (Allohdan) qo'rqingiz!




  1. U sizlarni chorva hayvonlari va o'g'illar bilan qo'lladi,




  1. bog'lar va buloqlar bilan ham.




  1. Men sizlarning ustingizga ulug' kun (Qiyomat)ning azobi (tushishi)dan qo'rqaman".




  1. Ular dedilar: "Sening nasihat qilishing yoki va'z qiluvchilardan bo'lmasliging bizlar uchun barobardir.

  2. Albatta, bu (ayshu ishratga berilish) avvalgilardan qolgan xulq (odat)dir.




  1. Bizlar shuning uchun azoblanuvchi emasmiz".




  1. Bas, ular (Hudni) yolg'onchiga chiqarishgach, Biz ularni halok etdik. Albatta, bunda ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.




  1. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.




  1. Samud (qabilasi) payg'ambarlarni inkor etdi.




  1. O'shanda birodarlari Solih ularga aytgan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?!




  1. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman!




  1. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!




  1. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir.




  1. Sizlar tinchgina bu yerdagi narsalarga,




  1. bog'laru buloqlarga,




  1. ekinlar va novdalari muloyim xurmo daraxtlari ichiga (mangu) qo'yib qo'yilurmisiz?!




  1. Yana zukkolik bilan tog'lardan uylar ham yo'nmoqdasizlar (yasamoqdasizlar)mi?!




  1. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!




  1. Haddan oshuvchilarning amriga itoat etmanglar!




  1. Ular yer yuzida buzg'unchilik qilurlar va (hech narsani) o'nglay olmaydilar".




  1. Ular dedilar: "Sen aniq sehrlangan kimsalardandirsan!




  1. Sen ham xuddi bizlarga o'xshagan odamdirsan. Bas, agar (da'voingda) rostgo'ylardan bo'lsang, biror mo''jiza keltir!".




  1. U aytdi: "(Mening mo''jizam) mana shu tuyadir. (Ma'lum bir kun suv) ichish navbati unikidir. Ma'lum bir kun esa sizlarning ichish navbatingizdir.




  1. Yana unga biror yomonlik yetkaza ko'rmanglar, aks holda sizlarni ulug' kun (Qiyomat)ning azobi tutar".




  1. Bas, ular (tuyani) so'ydilar-da, nadomat qiluvchilarga aylandilar.




  1. Ularni azob tutdi. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon kelti ruvchi bo'lmadilar.




  1. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.

  2. Lut qavmi payg'ambarlarni inkor etdi.




  1. O'shanda ularga birodarlari Lut aytgan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?!




  1. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman.




  1. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!




  1. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir.




  1. Sizlar olamlardan farqli ravishda erkaklarga yaqinlashurmisizlar?!




  1. Hamda Rabbingiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisiz?! Yo'q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsizlar".




  1. Ular dedilar: "Qasamki, agar to'xtamasang, ey, Lut, albatta, surgun qilinuvchilardan bo'lursan!"




  1. U aytdi: "Albatta, men sizlarning (bu) ishlaringizni yoqtirmaydiganlardandirman.




  1. Ey, Rabbim, menga va ahlimga (mo'minlarga) ular qilayotgan ish (kasofati)dan najot bergin".




  1. Bas, Biz unga va uning barcha ahliga najot berdik.




  1. Illo (azobda) qoluvchilardan bo'lgan bir kampirga (Lutning imonsiz xotiniga najot bermadik).




  1. So'ngra boshqalarni halok qildik.




  1. Ular ustiga yomg'ir (tosh) yog’dirdik. Bas, ogohlantirilgan (bu) kimsalarning yomg'iri naqadar yomon bo'ldi!




  1. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.




  1. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.




  1. Ayka xalqi ("Daraxtzor egalari") (Shuayb payg'ambar qavmi) payg'ambarlarni inkor etdilar.




  1. O'shanda ularga Shuayb aytgan edi: ("Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?!




  1. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman.




  1. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!




  1. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir.




  1. O'lchovni to'la o'lchanglar va (odamlarga) ziyon yetkazuvchilardan bo'lmanglar!




  1. Shuningdek, to'g'ri tarozi bilan tortinglar!




  1. Odamlarga narsalarni kamaytirib bermanglar va yer yuzida buzg'unchilik tarqatib yurmanglar.

  2. hamda sizlarni ham, oldin yaralganlarni ham yaratgan Zotdan qo'rqinglar!"




  1. Ular dedilar: "Aniqki, sen sehrlangan kimsalardandirsan!




  1. Sen ham xuddi bizlarga o'xshagan odamdirsan. Bizlar seni yolg'onchi kimsalardan deb gumon qilayapmiz.




  1. Bas, agar rostgo'ylardan bo'lsang, ustimizga osmonning bir bo'lagini tashlab yubor!"




  1. U aytdi: "Rabbim sizlarning qilayotgan amallaringizni yaxshi biluvchidir".




  1. Bas, ular (Shuaybni) inkor etishgach, ularni "soyabon" kunining azobi tutdi. Darhaqiqat, u ulkan (dahshatli) kunning azobi edi.



Izoh: Rivoyatlarga qaraganda, Shuayb qavmi itoatsizlik qilaverganlaridan keyin Alloh taolo ular boshiga issiqlik balosini yuborgan. Ular bulut ostidan soya izlab turganlarida ko'kdan olov tushib, ularni kuydirib yuborgan.



  1. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin, odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish