Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet240/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.




  1. Albatta, (bu Qur'on) olamlar Parvardigorining nozil qilgan (kitob)idir.




  1. Uni Ruhul-amin (Jabroil) olib tushdi




  1. qalbingizga, ogohlantiruvchi (payg'ambar)lardan bo'lishingiz uchun,




  1. aniq arab tilida.




  1. Albatta, (Qur'ondagi ayrim xabarlar) o'tganlarning kitoblarida ham bordir.




  1. Axir, (Qur'on haqida) Isroil avlodi olimlarining bilishlari ular uchun dalil emasmi?!




  1. Agar Biz (Qur'onni) ajamlardan (arab bo'lmaganlardan) biriga nozil qilsak,




  1. uni ularga o'qib berganda ham imon keltiruvchi bo'lmas edilar.




  1. Kufrni jinoyatchi kimsalarning dillariga mana shunday yo'llab qo'yganmiz.




  1. Ular to alamli azobni ko'rmagunlaricha, unga imon keltirmaydilar.




  1. Bas, u (azob) ularga o'zlari sezmagan hollarida to'satdan kelur.




  1. So'ngra ular: "Bizlarga (bir oz) muhlat berilarmikan", - deb qolurlar.




  1. Bas, ular Bizning azobimizni qistayaptilarmi?!




  1. (Ey, Muhammad,) ko'rdingizmi, agar Biz ularni (uzoq) yillar (sihat-salomatlik, moldavlat bilan) foydalantirsak,

  2. so'ngra ularga va'da qilingan narsalari (ya'ni, azob) kelganda,




  1. ularga (dunyoda) foydalangan narsalari asqotmaydi-ku!




  1. Biz birorta ham ogohlantiruvchisi bo'lmagan qishloq (shahar)ni halok qilmadik.




  1. Eslatma bo'lsin, deb (shunday qildik), Biz zolim emasmiz!




  1. (Qur'onni osmondan) shaytonlar (jinlar) olib tushganlari yo'q.




  1. Ular uchun buning imkoni yo'q va ular bunga qodir ham emaslar.




  1. Chunki ular (vahiyni xufyona) eshitib olishdan chetlatilgandirlar.




  1. Bas, (ey, Muhammad,) Allohga qo'shib boshqa (biror) "iloh"ga iltijo qilmang! Aks holda azoblanuvchilardan bo'lib qolursiz.




  1. Yaqin qarindoshlaringizni (Alloh azobidan) ogohlantiring!




  1. Sizga ergashgan mo'minlar uchun qanotingizni past tuting!




  1. Bas, agar ular itoatsizlik qilsalar, u holda ayting: "Albatta, men sizlar qilayotgan ishdan pokdirman".




  1. Qudratli va rahmli (Alloh)ga tavakkul qiling!




  1. U Sizni (namoz uchun) turayotgan vaqtingizda ham ko'radi,




  1. sajda qiluvchilar (namoz o'quvchilar) orasida kezgan (vaqtingizda ham) ko'rib turur.



Izoh: Namoz o'quvchilar orasida kezgan, ya'ni, tunda tahajjud namozini o'qiyotgan sahobalaringiz holidan xabar olib yurishingizni ham Alloh ko'rib-bilib turur.



  1. Albatta, U eshituvchi va biluvchidir.




  1. (Ey, Muhammad, ayting): "Men sizlarga shaytonlar (jinlar) kimlarga tushishi haqida xabar beraymi?




  1. Ular barcha bo'htonchi, gunohga botganlarga tushurlar.




  1. Eshitib olganlarini ularga tashlarlar. (Lekin) Ularning ko'plari yolg'onchilardir".




  1. Shoirlarga yo'ldan ozganlar ergashurlar.




  1. Ularning har vodiyda (mavzuda) daydishlarini ko'rmadingizmi?!




  1. O'zlari qilmaydigan narsalarni gapirishlarini ham?!



Izoh: 225 - 226 - oyatlardagi shoirlardan murod o'sha davrdagi yomon niyatli, laganbardor, yolg'on to'quvchi maddoh shoirlardir. Ammo yaxshi shoirlar to'g'risida Muhammad alayhissalomdan qator hadislar borki, ularda she'r hikmatdan xoli bo'lmasligi, shoirlar o'z qalamlari bilan qilich qilaolmaydigan ishlarni bajarishlari mumkinligi va boshqa fazilatlarini bayon qilganlar.



  1. Ammo, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan hamda doim Allohni yod etgan va (ilgari) mazlum bo'lganlaridan keyin (Islom ravnaq topgach) g'olib bo'lgan kishilar (mustasnodirlar). Zulm qilganlar esa yaqinda qanday oqibat sari ketayotganlarini bilib olurlar!

NAML SURASI

Naml-chumolilar.


Surada chumolilar to'g'risida ibratli qissa bo'lgani uchun unga shu nom berilgan. Unda payg'ambarlardan Muso, Solih, Sulaymon (a. s.) lar haqida ham sermazmun oyatlar bor. Ayniqsa, Sulaymon (a. s.) ning insu jin, parrandayu darandalar ustidan podshohlik qilganlari, Yaman diyoridagi Sabo mamlakatining malikasi Bilqis bilan kechgan mojarolar diqqatga sazovordir.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. To, Sin. Ushbular Qur'on va aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz) oyatlaridir.




  1. (Bu oyatlar) shunday mo'minlarga hidoyat va xushxabardirki,




  1. ular namozni mukammal ado etadilar, zakotni beradilar va oxiratga aniq ishonadilar.




  1. Albatta, oxiratga imon keltirmaydigan kimsalar (qilayotgan) amallarini o'zlariga chiroyli ko'rsatib qo'ygandirmiz. Bas, ular gangib yuraveradilar.




  1. Ana o'shalar uchun (dunyoda ham) eng yomon azob bordir va ular oxiratda eng ko'p ziyon ko'ruvchilardir.




  1. (Ey, Muhammad,) albatta, Sizga (bu) Qur'on hakim va dono zot dargohidan berilur.




  1. Muso oilasiga: "Men olov ko'rib qoldim. Sizlarga undan (biror) xabar keltirurman yoki sizlarga isinib olishingiz uchun cho'g' keltirurman", - deganini eslang!




  1. Bas, (u olov yoniga) kelgach, unga nido qilindi: "Olov oldidagi kishiga (Musoga) va uning atrofidagi zotlarga (farishtalarga) barakot bo'lsin! Olamlarning Parvardigori - Allohga tasbehlar!




  1. Ey, Muso, albatta, Men qudratli va hikmatli Allohdirman!




  1. Asoyingni tashla!" Bas, qachonki, (Muso) uning ilondek qimirlayotganini ko'rgach, ortiga qaramay qochdi. (Shunda Biz dedik): "Ey, Muso, qo'rqmagin! Zero, Mening huzurimda payg'ambarlar qo'rqmaslar.




  1. Lekin, kim zulm qilsa-yu, so'ngra (bu) yomonliklardan keyin uni chiroyli (ish)ga almashtirsa, bas, albatta, Men kechirimli va rahmlidirman.




  1. Qo'lingni qo'yninga tiq, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo'lib chiqur. (Bu mo''jizalar) sen (Fir'avn va uning qavmiga) olib boradigan to'qqiz mo''jiza ichidadir. Darhaqiqat, ular itoatsiz qavm bo'ldilar.




  1. Bas, qachonki, ularga mo''jizalarimiz ravshan holda yetib kelgach, ular: "Bu aniq sehrdir", - dedilar.




  1. O'zlari aniq bilgan hollarida zulm va kibrga berilib, u (mo''jizalarni) inkor etdilar. Endi, (ey, Muhammad,) u buzg'unchilarning oqibati qanday bo'lganini ko'ring!




  1. Qasamki, Biz Dovud va Sulaymonga (yetuk) bilim ato etdik va ular: "Bizlarni ko'p mo'min bandalardan afzal qilib qo'ygan zot - Allohga hamd bo'lsin!" - dedilar.




  1. Sulaymon (payg'ambarlik va podshohlikda) Dovudga voris bo'ldi va aytdi: "Ey, odamlar, bizga

qushlar tili bildirildi. Albatta, bu aniq fazlning o'zidir".



  1. Sulaymon uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari to'planib, tizilgan hollarida turdilar.




  1. To ular chumolilar vodiysiga yetganlarida, bir chumoli: "Ey, chumolilar, uyalaringizga kiringlar, yana Sulaymon va uning lashkarlari o'zlari sezmagan hollarida sizlarni ezib ketmasinlar", - dedi.




  1. (Sulaymon) uni so'zidan kulib, tabassum qildi va dedi: "Ey, Rabbim, menga va otaonamga in'om etgan ne'matinga shukr qilishga va O'zing rozi bo'ladigan yaxshi amallarnigina qilishga meni muvaffaq etgin va meni O'z fazling bilan solih bandalaring qatoriga kiritgin!"




  1. U qushlarni ko'zdan kechirib: "Nega men hudhudni ko'rmayapman, balki u (beruxsat) g'oyib bo'luvchilardandir?!




  1. Albatta, uni qattiq azob bilan azoblarman yo so'yib yuborurman yoki menga (uzrini bayon qilib) aniq hujjat keltirur", - dedi.




  1. So'ng uzoq (vaqt) qolmay (hudhud kelib) dedi: "Men sen ogoh bo'lmagan narsalardan ogoh bo'ldim va senga Saba' (shahri)dan ishonchli xabar keltirdim.



Izoh: Yaman diyoridagi Bilqis malikalik qilgan mamlakatning nomi arab tilida Saba'. O'zbek tilida uni yengillatib Sabo deb atash joriy bo'lgan.




  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish