Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet223/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

So'ngra kirlarini ketkazsinlar (ya'ni, ehromdan chiqib, soch oldirib, toza liboslarini kiysinlar), nazrlarini (haj majburiyatlarini) ado qilsinlar va "Qadim Uy" (Ka'ba)ni tavof qilsinlar!




  1. (Ish) shudir. Kimki Alloh harom etgan narsalarni e'zozlasa (rioya qilsa), bas, bu Parvardigori nazdida o'zi uchun yaxshidir. Sizlar uchun (harom ekanligi) tilovat qilinadigan narsalardan boshqa (barcha) chorva mollari halol qilindi. Bas, butlardan iborat najosatdan uzoqlashib, yolg'on so'zdan ham chetda bo'lingiz!




  1. Allohga chin ixlos qilib, Unga shirk keltirmagan holingizda (mazkur ishlarni bajaring). Kimki Allohga shirk keltirsa, bas, u go'yo osmondan qulagan va uni qushlar (o'lja qilib) olib ketgan yoki uni (qattiq) shamol yiroq joylarga uchirib ketgandekdir.




  1. (Ish) shudir. Kimki Alloh shiorlari (haj qurbonliklari)ni hurmat qilsa, bas, albatta, (bu) dillarning taqvosidandir.




  1. Sizlar uchun ularda (qurbonliklaringizda) ma'lum muddatgacha manfaatlar bordir (ya'ni, yo'lda ularni qo'zilatib, sog'ib, minib foydalanib ketishlaringiz mumkindir). So'ngra "Qadim Uy" (Ka'ba) ularni so'yish joyidir.




  1. Biz (o'tgan) barcha ummatga Alloh bergan chorva hayvonlarini (so'yish) oldidan Uning nomini zikr qilishlari uchun - qurbonlik qilishni buyurganmiz. Bas, (barchalaringizning) ilohingiz bir Ilohdir. Bas, Ungagina bo'yin suningiz va itoat qiluvchilarga xushxabar bering!




  1. Ular Alloh zikr qilinganida dillari qo'rquvga tushadigan, o'zlariga yetgan balolarga sabr qiladigan, nomozni mukammal ado etadigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan ehson qiladigan zotlardir.




  1. (Qurbon qilinadigan) tuya-mollarni Biz sizlar uchun Allohning shiorlaridan qildik. Sizlar uchun ularda yaxshilik bordir. Bas, ularga (so'yish uchun) tizib qo'yilgan hollarida Alloh nomini zikr qilingiz! Endi qachon yonboshlari bilan tushganlarida (jonlari chiqqanda) ulardan (o'zlaringiz ham) yeyaveringlar, tilanchiga va so'rayolmay turgan muhtojga ham yediringlar! Shukr qilishlaringiz uchun Biz ularni (chorva mollarini) sizlarga buysundirdik.




  1. Allohga (qurbonlik) go'shtlari ham, qonlari ham yetmas. Lekin, u Zotga sizlardan taqvo yetar. Alloh sizlarni hidoyat qilgani sababli - U zotni ulug'lashlaringiz uchun - ularni sizlarga bo'ysundirib qo'ydi. Ezgu ish qiluvchilarga xushxabar bering!




  1. Albatta, Alloh imon keltirganlarni mudofaa qilur. Albatta, Alloh barcha xoin va noshukrlarni suymas.




  1. Hujumga uchrayotgan (musulmon)larga mazlum bo'lganligi sababli (jang qilishga) izn berildi. Albatta, Alloh ularga yordam berishga qodirdir.



Izoh: Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.) Makkada turgan yillari mushrik va kofirlardan har qancha aziyat chekkan, musulmonlar turli tazyiq va zulmu istibdodlarga duchor bo'lsalar ham kufr va shirk ahliga qarshi jang qilishga Alloh ruxsat bermagan, balki ular bilan murosasozlik qilishga, sabr-qanoatli bo'lishga buyurgan.
Hijratdan keyin esa qasos yo'li bilan, musulmonlardan zulman tortib olingan mol-mulklarining bir qismini bo'lsada qaytarib olishlari uchun jang qilishga izn berildi. Mazkur oyatda shu haqda so'z bormoqda.



  1. Ular o'z diyorlaridan faqatgina "Rabbimiz Allohdir", deganlari uchun quvilgan edilar. Agar Alloh odamlarning ba'zilarini ba'zilari bilan daf etib turmas ekan, albatta, Alloh nomi ko'p zikr qilinadigan (rohiblarning) uzlatgohlari, (nasroniylarning) butxonalari, (yahudiylarning) ibodatxonalari va (musulmonlarning) masjidlari vayron qilingan bo'lur edi. Albatta, Alloh o'ziga (diniga) yordam beradiganlarga yordam berur. Shubhasiz, Alloh kuchli va qudratlidir!



Izoh: Oyatda bir daqiq masalaga ishorat bor. Qaysiki, o'zga dindagi kishilarning ibodatxonalarini ham musulmonlarning masjidlari qatorida, ijobiy ma'noda zikr etilmoqda. Xulosa shuki, musulmonlar diyorida g'ayrislomiy ibodatxonalar bo'lib, ularda Allohning zikri yodlanib turishi tabiiy hollardan biridek ifoda etilgan.



  1. Ular (musulmonlar), agar Biz ularni yer yuziga g'olib qilsak - namozni mukammal ado etadigan, zakotni beradigan, yaxshilikka buyuradigan, yomonlikdan qaytaradigan zotlardir. (Barcha) ishlarning oqibati Allohning izmidadir.




  1. (Ey, Muhammad,) agar ular (Makka mushriklari) Sizni yolg'onchiga chiqarsalar, (bilinki) ulardan ilgari Nuh qavmi, Od, Samud (qabilalari) ham (o'zlariga yuborilgan payg'ambarlarni) yolg'onchiga chiqarganlar.




  1. Ibrohim qavmi, Lut qavmi ham xuddi shunday.




  1. Madyan (shahrining) aholisi ham (shunday qildilar). Muso ham yolg'onchiga chiqarildi. Men kofirlarga muhlat berib qo'yib, so'ngra ularni (o'z azobim bilan) ushladim. Bas, Mening qarshiligim qanday bo'ldi?!




  1. Zotan, qanchadan-qancha zolim (kofir) bo'lgan hollarida Biz halok qilgan, tomlari (yiqilib) huvullab qolgan qishloq (shahar)lar, (qancha) tashlandiq quduqlar va yuksak (lekin kimsasiz) qasrlar bordir.




  1. Axir, ular (Makka mushriklari) yer yuzida sayr qilmaydilarmi, (ana o'shanda) ular uchun ongli dillar, tinglaydigan quloqlar bo'lur edi. Zero, ko'zlar ko'r bo'lmas, balki ko'kraklardagi qalblar ko'r bo'lur.




  1. Ular Sizdan (istehzo bilan Alloh va'da etgan naqd) azobni qistaydilar. Holbuki, Alloh va'dasiga sira xilof qilmas. Darvoqe, Rabbingiz nazdidagi bir kun(lik azob) sizlarning hisobingizdagi ming yilga barobardir.




  1. Qanchadan-qancha zolim (kofir) bo'lgan hollarida Men muhlat berib qo'yib, so'ngra (azobim bilan) ushlagan qishloq (shaharlar) bo'lgan. Mengagina qaytish(ingiz) bordir.




  1. Ayting: "Ey, insonlar, men sizlar uchun aniq ogohlantiruvchidirman, xolos".




  1. Bas, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilganlar uchun mag'firat va farovon rizq bordir.




  1. Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirishga uringan kimsalar esa, ular do'zax ahlidirlar.




  1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizdan ilgari yuborgan har bir elchi va payg'ambar qachon (o'ziga nozil bo'lgan oyatlarni) qiroat qilsa, shayton uni qiroatiga (boshqa narsalarni) tashlagan (qo'shgan). Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsani bekor qilur, so'ngra Alloh o'z oyatlarini mustahkam qilur. Alloh ilm va hikmat egasidir.

  2. (Alloh) shayton tashlaydigan narsani dillarida illati bo'lgan (munofiqlar), toshbag'ir kimsalar (kofirlar) uchun sinov sifatida (paydo qilur). Darhaqiqat, zolim (kofir)lar uzoq ixtilofdadirlar.




  1. Ilm ato etilgan kishilar esa u (Qur'on)ning Rabbingiz tomonidan kelgan Haqiqat ekanini bilib, unga imon keltirishlari, dillari u sababli ixlosli bo'lishi uchun (Alloh shunday qilur). Darhaqiqat, Alloh imon keltirganlarni To'g'ri yo'lga hidoyat qiluvchidir.



Izoh: 52-53-54-oyatlardan shaytonning o'tgan payg'ambarlar qiroatiga yo'q narsalarni qo'shib chalg'itganligi, Muhammad (a. s.)ni esa chalg'itolmasligi ma'lum bo'ladi. "Madorik tafsiri"da, Payg'ambarimiz "VanNajm" surasini qiroat qilayotganlarida, chalg'ib qiroatni boshqacha o'qiganlar, degan rivoyat noto'g'ri ekanini isbotlab, voqea aslida bunday bo'lgani aytiladi: Payg'ambarimiz (a. s.) "Van-Najm" surasini namozda o'qiyotganlarida 20-oyatni o'qib, biroz to'xtalib qolganlar. Shunda shayton bir jumlani o'zi to'qib, Payg'ambarimiz ovoziga o'xshatib o'qib, yuborgan. Buni eshitgan ba'zi namozxonlar Payg'ambar yanglishdi, deb o'ylaganlar. Shaytonning ovozi ba'zida eshitilib turishi isbotlangan. Masalan, Uhud jangida "Muhammad o'ldirildi" deb baqirib, musulmonlar qalbiga g'ulg'ula solgani, Badr jangida ham shu kabi so'zlar bilan fitna chiqarmoqchi bo'lgani Islom tarixidan ma'lumdir.



  1. Kofir bo'lganlar, to ularga to'satdan qiyomat kelgunicha yoki (bu) "tug'mas" (tuni bo'lmas) Kunning azobi kelgunicha, (Qur'on)dan shak-shubhadadirlar.



Izoh: Tug'mas kundan murod qiyomat kuni yoki Badr jangidagi musulmonlar g'alabasi kuni bo'lishi mumkin.



  1. U kunda hukmronlik (yolg'iz) Allohnikidir. Uning o'zi ular o'rtasida hukm qilur. Bas, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar noz-ne'mat jannatlaridadirlar.




  1. Kofir bo'lgan va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlar, ana o'shalar uchun xor qiluvchi azob bordir.




  1. Alloh yo'lida hijrat qilgan, so'ngra qatl qilingan yoki vafot topgan zotlarni, albatta, Alloh go'zal rizq (mangu jannat) bilan rizqlantirur. Darhaqiqat, Allohning o'zi eng yaxshi rizq beruvchidir.




  1. Albatta, (Alloh) ularni o'zlari rozi bo'ladigan joyga (jannatga) doxil qilur. Darhaqiqat, Alloh biluvchi va halimdir.




  1. (Ish) shudir. Kim o'ziga berilgan uqubat barobarida o'ch olsa, so'ngra yana unga zulm qilinsa, albatta, Alloh u (mazlum)ga yordam qilur. Darhaqiqat, Alloh afv etuvchi va kechiruvchidir.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish