Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


So'ngra, albatta, Rabbingiz, fitnalarga duchor bo'lganlaridan keyin (Makkadan Madinaga) hijrat



Download 0,82 Mb.
bet201/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

So'ngra, albatta, Rabbingiz, fitnalarga duchor bo'lganlaridan keyin (Makkadan Madinaga) hijrat qilgan, so'ng (Alloh yo'lida) jihod qilib, (mashaqqatlarga) sabr qilgan zotlar uchun, albatta, Rabbingiz shulardan keyin (ularni) mag'firat qiluvchi va rahm etuvchidir.



Izoh: Jihod so'zining izohi uchun Niso surasi, 95-oyat va tavba surasi, 88-oyat izohlariga qaralsin.



  1. Har bir jon (egasi) faqat o'zi uchun tortishadigan va har bir jon (egasi) qilgan amalining (mukofotini) zulm qilinmagan holda to'la oladigan Kunni (eslang).




  1. Alloh bir shaharni (ya'ni, Makkani) misol keltirur: u tinch, sokin (shahar) edi, har tomondan rizqi kengu mo'l kelib turar edi. Bas, u (aholisi) Allohning ne'matiga noshukrlik qilgach, Alloh unga (aholisiga) bu "hunarlari" sababli ochlik va xavf libosi (balosi)ni totdirib qo'ydi.

  2. Darhaqiqat, ularga o'zlaridan (chiqqan) bir payg'ambar kelganida, uni yolg'onchiga chiqarishgach, zolim bo'lgan hollarida ularni azob tutdi.




  1. Bas, (ey, mo'minlar,) Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalarning poklarini yenglar hamda, agar Allohga ibodat etuvchi bo'lsangizlar, Uning ne'matlariga shukr qilinglar!




  1. U sizlarga o'limtikni, qonni, cho'chqa go'shtini va Allohdan o'zgaga atalib so'yilgan narsalarnigina harom qildi. Bas, kimki zulm qilmagan va haddan oshmagan holda zaruratga uchrasa (mazkur narsalardan o'lmagudek miqdorda yesa), bas, albatta, Alloh kechiruvchi va rahmlidir.




  1. Alloh nomidan yolg'on to'qib, tillaringizga kelgan yolg'onni gapirib: "Bu halol, bu harom" deyavermanglar! Chunki, Alloh sha'niga yolg'on to'qiydigan kimsalar sira najot topmaslar.




  1. (Unday kimsalar uchun dunyoda) ozgina rohat (bo'lur). (Oxiratda esa) ular uchun alamli azob bordir.




  1. (Ey, Muhammad,) yahudiy bo'lgan kimsalarga ilgari (An'om surasida) Sizga Biz so'zlab bergan narsalarni harom qildik. Biz ularga zulm qilmadik, balki ular o'zlariga (o'zlari) zulm qiluvchi bo'ldilar.



Izoh: Yana An'om surasi 119, 138, 146, 147, 148, 151-oyatlariga qaralsin.



  1. So'ngra (bilingki), albatta, Rabbingiz, bilmagan holda gunoh qilib qo'yib, keyin tavba qilgan va o'zlarini tuzatgan kishilar uchun, shubhasiz, o'sha (tavbalari)dan so'ng Rabbingiz kechirimli va rahmlidir.




  1. Albatta, Ibrohim Allohga itoat qiluvchi, haq yo'ldan chalg'imagan bir ummat (imom) edi. Mushriklardan emas edi.




  1. (Allohning) ne'matlariga shukr qiluvchi edi. (Alloh) uni (payg'ambarlikka) tanlab, To'g'ri yo'lga hidoyat etdi.




  1. Unga bu dunyoda ezgulik ato etdik. Albatta, u oxiratda ham solihlardandir.




  1. So'ngra, (Ey, Muhammad,) Sizga haq yo'ldan chalg'imagan Ibrohimning diniga ergashing, u mushriklardan emas edi, deb vahiy yubordik.




  1. "Shanba" (u kunni ulug'lash) faqatgina u kun haqida ixtilof qilgan kimsalarning (Isroil avlodining) zimmasiga (farz) qilingan edi. Albatta, Rabbingiz qiyomat kuni ularning o'rtasida o'zlari ixtilof qilib o'tgan narsalar to'g'risida hukm qilur.



Izoh: Ya'ni ularning shanba bilan juma kuni to'g'risidagi nizolarni Alloh taolo qiyomat kuni hal etur.



  1. (Ey, Muhammad,) Rabbingizning yo'li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da'vat qiling! Ular bilan eng go'zal uslubda munozara qiling! Albatta, Parvardigoringizning o'zi Uning yo'lidan chalg'igan kimsalarni yaxshi biluvchi va U hidoyat topganlarni ham biluvchiroqdir.




  1. (Ey, imon keltirganlar,) agar intiqom olmoqchi bo'lsangizlar, u holda faqat sizlarga yetkazilgan ziyon barobarida intiqom olingiz! Agar (intiqom olmay) sabr qilsangizlar, albatta, bu sabr qiluvchi kishilar uchun yaxshiroqdir.




  1. (Ey, Muhammad!) Sabr qiling. Sabr qilishingiz esa faqat Alloh (yordami) bilangina mumkindir. Ularga (ya'ni, mushriklarning qilmishlari sababli) g'amgin bo'lmang! Ularning makr qilishlaridan

siqilmang ham!



  1. Zotan, Alloh taqvoli bo'lganlar va ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir.

O’N BESHINCHI JUZ’
*************************

AL-ISRO SURASI


Isro - tunda sayr qildirish. Bu Islom tarixida mashhur hodisa bo'lib, Muhammad (a. s.) ning hijratdan bir yil oldin Makkadagi Masjidi Harom (Ka'ba)dan Qudsi sharifdagi Masjidi Aqsoga bir zumda sayr qilib yetib borishlari bilan izohlanadi. Surada Isroil avlodi haqida ham muhim tarixiy ma'lumotlar beriladi. Shuning uchun uni Bani Isroil surasi deb ham ataladi. Tavhid, imon, e'tiqod, ibodat, solih amallar, ota-onani rozi qilish kabi fazilatlarga targ'ib bilan bir qatorda shirk, kufr, ma'siyat, zulm kabi yomon sifatlardan xoli bo'lishga da'vat etuvchi oyatlar suradan joy olgan.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. (O'z) bandasi (Muhammad)ga mo''jizalarimizdan ko'rsatish uchun tunda, (Makkadagi) Masjidul- Haromdan (Qudsdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo'ygan Masjidul-Aqsoga sayr qildirgan zot tasbeh aytishga (loyiqdir). Darhaqiqat, U eshituvchi va ko'ruvchidir.



Izoh: Isro bilan me'rojning bir-biridan farqlash lozim. Isro - bu Muhammad (a. s.) ning Makkadan Qudsga - Aqso masjidiga borishlari. Me'roj Aqsodan osmonga ko'tarilib samoviy sayr qilib qaytganliklaridir. Shu me'roj kechasida musulmonlar zimmasiga besh vaqt namoz o'qish farz qilingan. Isro va me'roj kechasi har yili hijriy taqvim bo'yicha rajab oyining 27-kechasi diniy bayram sifatida nishonlanadi.



  1. (Biz) Musoga Kitob (Tavrot)ni ato etdik va uni Isroil avlodi uchun hidoyat qilib (dedik): "Mendan o'zgani vakil qilib olmanglar!"




  1. "(Ey,) Biz (g'arq bo'lishdan qutqarib,) Nuh bilan birga (kemada) ko'tarib najot bergan kishilarning zurriyotlari! Albatta, u ko'p shukr qiluvchi banda edi".




  1. Shuningdek, Biz Isroil avlodiga Kitobda: "Sizlar, albatta, (Shomdek) zaminda ikki marta buzg'unchilik qilursizlar va katta tug'yonga ketursizlar", - deb xabar berdik.




  1. Bas, qachonki, u (buzg'unchilik)lardan avvalgisining belgilangan vaqti kelganida, sizlarning ustingizga (jazolash uchun) kuch-quvvatga ega bo'lgan bandalarimizni yubordik. Ular hovlima-hovli kezdilar. (Bu va'da) ado etiluvchi va'da edi.



Izoh: Ular Shom zaminida mazkur ikki buzg'unchilikdan birinchisiga qo'lurib, Armiyo payg'ambarni hibs, Zakariyoni qatl qilganlaridan keyin Allohning irodasi bilan ularni ustiga Bobil hukmdori mashhur mushrik Buxtinassirning qo'shinlari bostirib keladi va yurtni vayron qilib, Tavrotni kuydirib, 70000 nafar xalqini qirib tashlaydi. Boshqa rivoyatlarda Buxtinassir o'rniga Jolut yoki Naynavo hukmdori Sanjorib edi, deyiladi.




  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish