www.ziyouz.com
кутубхонаси
476
QUR'ONI KARIM NOMLARI
1.
Qur'on.
Mazmuni “O'qish kitobi” demakdir. Lekin, u hamma o'qish kitoblariga emas, balki, faqat
Muhammad (s. a. v. )ga nozil qilingan ilohiy kitobga qo'llaniladi.
2.
Furqon.
Haq bilan nohaqlikni ajrim qilib beruvchi. Bu nom bilan gohida Tavrot va Injil kitoblari ham
nomlanadi. (Anbiyo surasi, 48-oyatiga qaralsin. )
3.
Burhon.
Mazmuni hujjat demakdir. Zero, Qur'onda barcha ilohiy ko'rsatmalarga qaratilgan hujjat va dalillar
mavjuddir.
4.
Zikr.
Mazmuni yod etish, zikr etish, eslash. Bu yerda yodnoma, eslatma deb bilish o'rinlidir.
5.
Kitob.
Mazmuni ma'lum.
6.
Haqq.
Ya'ni, haqiqat. Haq gap, haq ish, haq e'tiqod va hokazo ma'nolar unda mujassamdir.
7.
Nur.
Ya'ni,
ё
g'du. Qur'on bandalarga hidoyat yo'lini yoritib beruvchi ilohiy nur. Bu yerda, albatta, ma'naviy
nur ko'zda tutiladi.
8.
Vahiy.
Allohning payg'ambarlarga bevosita va bilvosita o'z ko'rsatmalarini yuborishi vahiydir.
9.
Tanzil.
Ya'ni, nozil qilingan narsa.
10.
Hudo.
Hidoyat.
11.
Mushaf.
Sahifalangan, muqovali kitob.
12.
Kalomulloh.
Allohning kalomi.
QUR'ONI KARIM SIFATLARI
Alloh taolo Qur'oni karimni bir necha sifatlar bilan zikr etgan. Jumladan:
1.
Arabiy.
Arab tilida, arabcha.
2.
Mubin.
Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta'kidlash uchun keladi.
3.
Ajab.
Odamlarni taajjubga soluvchi.
4.
Muborak.
Barakotli, tabarruk.
5.
Zu zikr.
Zikr qilinadigan, sharafli.
6.
Do'stlaringiz bilan baham: |