Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet739/744
Sana20.07.2022
Hajmi1,61 Mb.
#829608
1   ...   736   737   738   739   740   741   742   743   744
Bog'liq
quron

www.ziyouz.com
кутубхонаси
478
Qo'lidan kelsa Qur'oni karimni arab lahni (savti) bilan tajvid qoidalariga rioya qilgan holda o'qisin. Imkoni 
boricha o'zining milliy kuy va ohangiga solmay o'qisin. Buning uchun hozirda ma'lum va mashhur arab 
qorilarining qiroatlari yozilgan magnitofon yozuvlaridan eshitib mashq qilish tavsiya etiladi. Lahn yoki savt 
qilaman deb ashula aytgandek cho'zmaydigan joyini cho'zib, cho'zadigan joylarini qisqartirib o'qimasin.
* * * 
Oyatlarni kulib yoki jilmayib emas, balki, g'amgin, o'ychan holatda o'qisin. Imkoni bo'lsa yig'lamsirab o'qisin. 
Yig'ini keltirish uchun esa Allohning oyatlar orqali xabar berayotgan azob-uqubatlarini, qabr va do'zax 
azoblarini, qiyomat shiddatini va hisob-kitob og'irligi kabi ishlarni yodga keltirish, o'zini bunday sinovlarga 
tayyor emasligini eslashi kerak bo'ladi. Baqirish, kiyimini yirtish, yuziga urish, ortiqcha bezovtalanish joiz 
emas.
* * * 
Qur'onni tajvid qoidalariga rioya qilgan holda, harflarni o'z joyidan chiqarib, donador, aniq va ravon o'qisin.
* * * 
Keragidan ortiqcha baland ovoz bilan qiroat qilmasin.
* * * 
Rahmat oyatlarini o'qiganda rahmat so'rab, azob oyatlarini o'qiganda undan panoh so'rab iltijo qilishga harakat 
qilsin. Allohning nomlari kelgan joyda tasbeh aytsin.
* * * 
Ba'zi murakkabroq oyatni qayta-qayta o'qib, to ma'nolarini anglagunga qadar takrorlasin.
* * * 
Qiroat asnosida zarurat yuzasidan biror joyga turib, borib kelishga to'g'ri kelsa, Mushafni ochiq holda tark 
etmasin.
* * * 
Esnash, yo'talish, aksirish zarurati tug'ilganda qiroatni to'xtatib turish lozim.
* * * 
Boshqalardan yaxshi o'qiyapman deb kibru havoga berilmasin.
* * * 
Bozorda yurganda, mazax qiluvchilar huzurida, johillar yig'ilgan joylarda jahriy qiroat qilmasin.
* * * 
Qur'on oyatlarida kelgan ismlar va ko'chirma gaplarni biror shaxsga hazillashib ishlatmasin.
* * * 
Qur'onni xatm qilganda yana boshidan ellik oyat o'qib qo'ysin. Bu shaytonni g'amgin qiladigan ishdir. Xatmdan 
so'ng duolar qilib, Allohdan hojatini so'rasin. Bunday paytda qilingan duo mustajobdir.
* * * 
Qur'onni og'zaki, betahorat, yurib, yonboshlab, hatto yotib o'qish joiz, lekin yuqorida aytilgan odoblarga rioya 
qilinganda savobi ko'proq, fazli ziyodaroq bo'lur.
Hazrat Ali (karramallohu vajha) aytgan ekanlar: “Kimiki Qur'oni karimni namozdan tashqarida tik turib o'qisa, 
har bir harfiga yuztadan savob, o'tirib o'qisa har bir harfiga 50 savob, tahoratli o'qisa 25 savob, tahoratsiz o'qisa 
o'nta savob yozilur. Junub holatda qiroat qilish yoki Mushafni ushlash mutlaqo joiz emas”.
* * * 
Mushaf ustiga hech narsa, hatto har qanday boshqa kitobni qo'yish ham joiz emas.
* * * 
Qur'onni mashhur va mashru' etilgan yetti qiroatdan xohlagan birini tanlab o'qishi mumkin. Lekin, bir qiroatga 
ko'nikib qolgan musulmonlar davrasida o'qiganda, turli g'arib qiroatlardan saqlangay, toki tingloavchilar fitnaga 
tushmasinlar.
* * * 
Qiroatni tunlari, tinch, sukunat paytida o'qishni odat qilgay. Buning foydalari bisyordir.
* * * 
Hayz yoki nifosdagi ayollar, janobatdan g'usl qilmaganlar og'zaki qiroat qilishlari ham joiz emas. Tahoratsiz 
odam Mushafni ushlamay o'qishi mumkin. Mazkurlarning hammasi g'ilofli Mushafni ushlashlari mumkin. 
G'ilof muqovaga yopishtirilmagan bo'lishi shart.
* * * 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   736   737   738   739   740   741   742   743   744




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish