www.ziyouz.com
кутубхонаси
479
Balog'at yoshiga yetmagan, bolalar o'qib, o'rganishlari uchun Qur'onni betahorat tutishlari mumkin. Aks holda
hofizi Qur'onlar chiqishiga xalal yetadi.
* * *
“Auzu billoh”ni faqat Qur'on qiroat qilganda o'qiladi. Undan boshqa kitob, duo yoki dars boshlash kabilarda uni
o'qilmaydi, balki ularni “Bismilloh” bilan boshlaydi.
* * *
“Tavba” surasini “Anfol” surasidan keyin befosila o'qiganda “Bismilloh”ni o'qimaydi. Ammo, “Tavba”
surasining o'zidan boshlab o'qisa, “Auzu”dan keyin “Bismilloh”ni o'qiyveradi.
* * *
Qur'onni boshidan oxirigacha yod olish hamma musulmonlarga farz emas, balki u farzi kifoyadir. Ammo,
namozdagi qiroatga yarasha sura va oyatlarni yodlash har bir muslim va muslimaga farzi ayndir.
* * *
Ozoda va pokiza hammomda past ovoz bilan qiroat qilish joiz. Tasbeh, tahlil va duolarni baland ovoz bilan
o'qish ham mumkin.
* * *
Hojatxona, g'uslxona, axlatxona kabi nopok joylarda Qur'on o'qilmaydi.
* * *
Fiqhiy kitob mutolaa qilayotgan yoki yozayotgan, namoz o'qiyotgan odam yonida ularga eshittirib qiroat qilish
ham makruhdir.
* * *
Qabristonda Qur'oni karimdan qiroat qilish Abu Hanifa (r. a. ) nazdida makruh. Ammo, imom Muhammad ibn
Hasankim, mujtahidlik maqomiga yetishgan shogirdlaridan biridir, uning nazdida makruh emas, balki qiroatdan
qabriston ahli bahramand bo'lurlar. Fatvo ham shunisiga berilgan.
* * *
Kofir va mushriklarga ham Qur'on yoki fiqhdan ta'lim berish mumkin. Zero, Payg'ambarimiz (s. a. v. ) Qur'oni
karimdan mushriklarga o'qib berar edilar. Lekin ularga g'usl qilmagan hollarida Mushafni ushlash joiz emas.
* * *
Qur'ondan ta'lim berish uchun haq olish joizdir.
* * *
Yurib ketayotib qiroat qilmoqchi bo'lsa, ovozini baland ko'tarmagay.
* * *
Ish qilib turib qiroat qilish yanglishib ketmaydigan bo'lsa joiz.
* * *
Qiroat qilib o'tirganda uyga ota-onasi, ustozi yoki biror olim kishi kirib qolsa, ularning hurmati uchun o'rnidan
tursa joiz. Boshqalar uchun joiz emas.
* * *
Qur'onni o'pib, yuziga surtish savobli ish. Usmon ibn Affon (r. a. ) har tong Mushafni o'pib, yuzlariga surtar
ekanlar.
* * *
O'qiyotgan Qur'on kitobini safarda oldirib qo'yishdan qo'rqsa, boshining ostiga qo'yib yotishi mumkin.
* * *
Qur'on turgan uyda jinsiy aloqa qilinishiga ruxsat berilgan. Zero, odatda musulmonlar uyi Qur'on kitobidan xoli
bo'lmaydi.
* * *
Yirtilib, o'qishga yaroqsiz bo'lib qolgan Qur'on varaqlarini lattaga o'rab, odamni dafn etgandek chuqur kavlab,
lahadga ko'mish lozim. Ba'zi ulamolar yondirib yuborishga ham ruxsat bor, deydilar. Bunga Usmon (r. a. )ning
Qur'onni ko'chirtirib bo'lgach, qolgan barcha oyat yozilgan sahifalarni yondirishga buyruq berganlarini dalil
keltiradilar.
* * *
Yerga to'shaladigan narsalarga oyat yozish joiz emas. Devor va mehroblarga oyatlardan bitishni ba'zi ulamolar
joiz deb bilurlar.
* * *
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
Do'stlaringiz bilan baham: |