1. Osmon yorilganda,
2. (bu bilan u) Parvardigori (amri)ga quloq tutganda va (shu amrga) loyiq topilganda,
3. (shuningdek) Yer yoyilganda,
4. o'z ichidagi (jasadlarni) chiqarib tashlab, bo'shab qolganda
5. va u Parvardigori (amri)ga quloq tutganda va (shu amrga) loyiq topilganda (har bir inson Allohga
hisobot berur).
6. Ey, inson, albatta, sen mehnat-mashaqqatlar chekib Rabbingga (ya'ni, Uning mukofot yoki jazosiga)
boruvchisan, bas, (so'ngra) U zotga yo'liquvchisan.
7. Bas, kimning nomai a'moli o'ng tomonidan berilsa,
8. bas, u oson hisob bilan hisob-kitob qilinajak,
9. va o'z(ining jannnatdagi) ahli (oilasi)ga shodu xurram holda qaytajak.
10. Ammo, kimning nomai a'moli orqa tomonidan berilsa,
11. bas, (o'ziga) o'lim tilab qolajak
12. va do'zaxda toblanajak.
13. Darvoqe, u (dunyodalik paytida) ahli oilasid shodu xurram edi,
14. o'zini hech qachon (Parvardigor huzuriga) qaytmasman deb o'ylar edi.
15. Yo'q! Parvardigori uni, shubhasiz, ko'rib turuvchi edi.
16. Bas, qasamyod etaman (quyosh botayotgan paytdagi) shafaqqa,
17. tun va u qamrab olgan (barcha) narsaga
18. hamda to'lin oygaki,
19. albatta sizlar bosqichma-bosqich (yashab) kelursizlar!
20. Bas, nega ular imon keltirmaydilar?!
21. Ularga Qur'on qiroat qilinganda, (Yaratganga) sajda qilmaydilar?!
(Sajda oyati)
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
Do'stlaringiz bilan baham: |