25. Bas, Alloh uni oxir at va dunyo azobi bilan ushladi.
Izoh: Dunyodagi azobi uning dengizga g’arq qilinishi, oxiratdagisi esa do'zax azobidan iboratdir.
26. Albatta, bu (qissa)da (Allohdan) qo'rqadigan kishilar uchun ibrat bordir.
27. (Ey, mushriklar,) sizlarni yaratish qiyinroqmi yoki osmonnimi?! (Bilasizki,) Alloh uni bino qildi,
28. shiftini baland qilib, tikladi.
29. Yana u (osmon)ning tunini qorong’u qilib, (undan) kunduzini chiqardi.
30. Shundan keyin Yerni (tuyaqush tuxumi shaklida) yoyib - tekis qildi.
31. Undan suviyu, o'tloqlarini chiqardi.
32. Tog’larni esa o'rnashtirdi.
33. (Bularning barchasi) sizlarga va chorva hayvonlaringizga manfaat bo'lsin deb (qilingandir).
34. Bas, qachon katta balo (Qiyomat) kelganida –
35. inson o'z qilmishini eslab qoladigan Kunda,
36. ko'radigan (har bir) kishiga do'zax namoyish qilinganida,
37. bas, o'shanda kimki (dunyoda) tug’yonga ketgan
38. va dunyo hayotini (oxiratdan) ustun qo'ygan bo'lsa,
39. u holda, faqat jahannamgina (unga) joy bo'lur!
40. Ammo, kimki Parvardigorining (huzurida) turishi (va hisobot berishi)dan qo'rqqan va nafsini
havolanishdan qaytargan bo'lsa,
41. bas, faqat jannatgina (unga) joy bo'lur.
42. (Ey, Muhammad, mushriklar) Sizdan Qiyomat qachon qoyim bo'lishi haqida so'rarlar.
43. Siz qayoqdasiz-u, uni zikr qilish (aytib berish qayoqda)?!
44. Uning intihosi faqat Rabbingizga (borib to'xtar).
45.Siz faqat undan qo'rqadigan kishilarni ogohlantiruvchisiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |