Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari


) lar,  ariqcha tubini zichlagich  (8)



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/55
Sana05.12.2022
Hajmi1,93 Mb.
#879619
TuriУчебник
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
bA4EESzhazix8FNG0uWjFXdwQ53H1NsAL3hTK4yI

7)
lar, 
ariqcha tubini zichlagich 
(8),
ekkichni tuproqqa botishini 
cheklovchi sirpang‘ich 
(9),
ekish chuqurligini rostlash moslamasi 
(10)
dan iborat. To‘siq 
(11)
bevosita ekkichning ustiga 
o‘rnatiladigan miqdorlagichni tuproqdan saqlaydi. Ekkich orqasiga 
o‘rnatilgan maxsus g‘ildirakcha ariqchaga tashlangan chigit 
ustidagi tuproqni bosib zichlaydi.
Urug‘ni 2-12 sm chuqurlikka ko‘mish uchun sirpang‘ichni 
ja g ‘larga nisbatan past-yuqoriga surib qo‘yish (chigit seyalkasida) 
yoki 
g‘ildirakcha 
balandligini 
o ‘zgartirish 
(makkajo‘xori 
seyalkasida) hisobiga amalga oshiriladi.
Pichoqsimon ekkich (137- 
g
rasm) shamol eroziyasi xavfi 
bo‘lgan joylarda, qisman ishlov berilgan ang‘izga donli ekinlar 
urug‘ini ekishda foydalaniladi. Bu ekkichning tumshug‘i 
(1)
tik 
holatda quvur 
(12)
ga o ‘rnatilgan. Quvur esa egiluvchan qilib 
seyalka ramasiga o‘rnatiladi. Shu sababli ish jarayonida u dirillab 
turadi va yopishgan tuproqdan tozalanadi. Tumshuq 
(1)
244


tayyorlagan ensiz ariqchaga quvurdan tushgan urug‘lar, ariqcha 
yonlaridan to‘kilayotgan tuproq hisobiga ko‘miladi.
O ‘q-yoy tum shuqli ekkich (137- 
f
rasm) shamol eroziyasiga 
uchragan yengil tuproqli yerlarga, ishlov berilmagan ang‘iz ustiga 
don urug‘larini ekishda qo‘llaniladi. Bunday ekkich bir vaqtda 
urug‘ ekiladigan ensiz joydagi tuproqni yumshatadi, begona 
o‘tlarni kesib ketadi, urug‘ ekadi va o ‘g‘it soladi. Ekkich 
tumshuq(1), quvur (2) va o ‘q-yoysimon tish 
(5)
dan iborat.
Sferik diskli ekkichdan (137- g rasm) don urug‘larini ishlov 
berilgan va ishlov berilmagan ang‘izli joylarga ekishda 
foydalaniladi. Sferik disk tuproqni yumshatib, urug‘ uchun joy 
tayyorlaydi.
Ekkich sferik disk 
(6)
va quvur (13) dan iborat. Quvur diskka 
qancha yaqin o‘rnatilsa, urug‘lar shuncha kam sochilib, ensiz 
qatorga aniq to ‘kiladi. Bir diskli ekkich qo‘sh diskliga nisbatan 
yerga chuqurroq botadi, o ‘simlik qoldiqlarini to‘liqroq kesadi, 
natijada yopishib qolgan nam tuproqdan o‘zi tozalanadi. Bunday 
diskni qattiq tuproqli, o‘simlik qoldiqlariga boy bo‘lgan va nam 
yerlarda ishlatilishi maqsadga muvofiqdir. Ammo bunday ekkich 
urug‘larni nisbatan bir xil chuqurlikda ko‘mib keta olmaydi.
Q o‘shdiskli ekkichdan don urug‘ini ekishda foydalaniladi. 
Yassi disklar seyalka yurish tomoniga bir-biriga 10° burchak ostida 
o‘rnatilgan bo‘ladi. Disklar bir-biriga gorizontal diametrdan 
birmuncha pastroq, ammo dala yuzasidan yuqoriroq joyda 
tutashtirilgan bo‘ladi. Aks holda, disklar tutashgan joyda, ularning 
orasiga tuproq siqilib qolishi mumkin.
Ish jarayonida, disklar aylanayotib, tuproq va o‘simlik 
qoldiqlarini kesadi, ponaga o‘xshab ularni ikki chetga so‘radi va 
ariqcha tayyorlaydi.
Disksimon ekkichlar omoch tishisimon ekkichga nisbatan 
murakkabroq va sudrashga qarshiligi ko‘proqdir. Shunga qaramay, 
ular serkesak, o‘simlik qoldiqlari ko‘p bo‘lgan yerlarda qoniqarli 
darajada ishlaydi. Nam tuproq yopishgan bo‘lsa, aylanish 
jarayonida ulardan tozalanib turadi.
T or qatorli don seyalkalariga o‘rnatilgan qo‘shdiskli 
ekkichning yassi disklari bir-biriga kattaroq (18°) burchak ostida
245


o‘rnatilgan bo‘lib ular yuqoriroqda tutashadi. Natijada har bir disk 
o‘zi ariqcha ochadi, ariqchalar o‘rtasida tuproq do‘ngchasi hosil 
bo‘ladi. Urug‘lar har bir ariqchaga alohida yo‘l bilan kelib tushadi.
Disksimon ekkichlardagi urug‘ni ekish chuqurligi, ularni 
yerga bosib turadigan jilovlardagi 
prujinaning 
siqilishini 
o‘zgartirish hisobiga sozlanadi.

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish