Pnevmatik miqdorlagich bunday kamchiliklardan xoli bo‘lib,
katta tezlikda ishlasa ham agrotexnik talablarga to ‘liq javob bera
oladi. Pnevmatik miqdorlagich vakuum yoki
atmosfera bosimidan
ortiq bosim yordamida ishlashi mumkin (130-b rasm).
Vakuum yordamida ishlaydigan miqdorlagich (130-
a
rasm)
korpus (4), disk (2), vakuum kamerasi (1), to‘zitgich (3), qaytargich
(7), bunker (6) va tarqatish kamerasi (5) lardan tuzilgan. Disk (2)
ning chetida urug‘larni so‘rib oladigan teshik
(9)
lar yasalgan.
Tarqatkich (5) va vakuum
(1)
kameralari disk tekisligining qarama-
qarshi tomonlarida joylashtirilgan. Vakuum kamerasi disk
tekisligini to‘liq qoplamasdan, diskning
faqat taqa shaklidagi chet
qismigagina zich tegib turadi (130-
a
rasmda uning chegarasi
punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan). Shunday qilib, diskning pastki
bo‘lagi vakuum
kamerasiga tegmasligi tufayli, u yerdagi teshiklar
atmosfera bosimi ostida bo‘ladi. Vakuum kamerasidan maxsus
ventilator havoni quvurcha
(8)
orqali uzluksiz so‘rib olib turadi.
Urug‘ xossalari, ekish usuli, seyalkali agregatning tezligi
asosida miqdorlagich turini to ‘g ‘ri tanlash katta ahamiyatga ega.
Miqdorlagichning ish jarayoni quyidagicha o ‘tadi.
Qutidagi
urug‘lar tarqatish kamerasiga uzluksiz tushib turadi. Ularni
to‘zitgich sochib turishi sababli, diskdagi har bir teshikka bittadan
urug‘ so‘rilib, yopishib qoladi. Teshiklarga joylashgan urug‘lar
disk bilan birgalikda yuqoriga ko‘tarilib,
teshikka yopishmagan
urug‘lar qaytargich (7) ta’sirida sidirilib olib qolinadi.
Teshiklarga yopishib qolgan urug‘lar disk bilan birgalikda
pastdagi vakuumi yuk bo‘lgan joyga kelganida, o ‘z og‘irligi bilan
tushib ketadi.
Urug‘ dondan urug‘ni ajratib olish tartibi va miqdorini
o‘zgartirish uchun teshiklari kerakli tartibda joylashtirilgan
diskni
tanlash va uning aylanish tezligini o ‘zgartirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
So‘nggi vaqtda pnevmomexanik miqdorlagichlar keng
tarqalgan bo‘lib, Urug‘ning butun seyalka hamma qatorlari uchun
kerakli urug‘ miqdorini
bitta katta g‘altaksimon (131-rasm)
228
miqdorlagich (4) ajratib, bosh urug‘ o ‘tkazgich (5) ga tushiradi.
Ventilator (12) haydayotgan havo oqimi bosh urug‘o‘tkazgich (5)
dagi urug‘ni konussimon taqsimlagich 1 ga uchirib keltiradi.
Taqsimlagich esa, urug‘ oqimini 24 o‘zaro
teng qismlarga ajratib,
ularni har bir qatorga urug‘o ‘tkazgichi (7) ga tushiradi.
Aerodinamik qarshiligi bir xil bo‘lishi uchun urug‘o‘tkazgich (7)
larning uzunliklari bir-biriga teng qo‘yiladi. Bir nechta (24 tagacha)
qator uchun ekiladigan urug‘ (yoki o‘g ‘it) miqdorini bir joyda
ajratib olib, keyin uni havo naycha yordamida har bir qatorga
taqsimlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: