2.2.2 Jo‘natiluvchi, tranzit va oluvchining manzilidagi
pochta aloqasi obyektlarida qiymati e’lon qilingan xatlar
hamda qiymati e’lon qilingan banderollarga ishlov berish
Pochta aloqasi obyektlarida qabul qilib olingan qiymati e’lon qilingan
xat va qiymati e’lon qilingan banderollar jadvalda belgilangan muddatlarda
qabul qiluvchi tomonidan 1-shakldagi daftar bo‘yicha nomma-nom
tekshirilib, unga imzo qo‘yib, ishlov berish va jo‘natishga beriladi. Oxirgi
kvitansiya nusxasining bo‘sh joyida nechta xat, banderol qabul qilingani,
qaysi raqamdan qaysi raqamgacha, masalan, «8 dan 17 gacha 10 ta xat»,
deb ko‘rsatiladi.
Qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollarni
qabul qilish va ularga ishlov berish turli xonalarda o‘tkaziladigan pochta
aloqasi obyektlarida qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan
banderollar bir nusxada tuziladigan 16-shakldagi yukxat bilan 1-
shakldagi daftar bo‘yicha tilxat bilan jo‘natish uchun beriladi. Yukxatda
ularning raqamlari va umumiy soni yozma ravishda ko‘rsatiladi. Eng
kam ish haqidan yuqori baholangan qiymati e’lon qilingan xatlar raqami,
e’lon qilingan qiymatini ko‘rsatgan holda 16-shakldagi yukxatga
yoziladi. Ustama to‘lovli qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati e’lon
qilingan banderollar 16-shakldagi yukxatga raqami, e’lon qilingan
qiymatini va ustama to‘lov summasini ko‘rsatgan holda yoziladi.
Agar qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan
banderollarni qabul qilish pochta-kassa aparatida, elektron majmuada
rasmiylashtirilgan bo‘lsa, jo‘natmalarni qabul qilish va ishlov berish bir
yoki turli xonalarda amalga oshirilganligidan qat’iy nazar qabul qilingan
qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollarning
manzilini qo‘shimcha ravishda ko‘rsatgan holda 16-shakldagi yukxatlar
ikki nusxada tuziladi.
Yukxatning nusxasiga imzo qo‘yishda qabul qilingan qiymati e’lon
qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollarning umumiy soni va
qabul qilish vaqti so‘z bilan yoziladi. Pochta jo‘natmalarini qabul qilgan
40
aloqa xodimining imzosi qo‘yilgan 16-shakldagi yukxatning bir nusxasi
qabul qilish kassasida qoladi.
Qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollarni
qabul qiluvchi aloqa xodimi imzo qo‘yishdan avval o‘rovning,
bog‘ichlar va muhrlarning butunligiga ahamiyat bergan holda, ularning
tashqi holatini ko‘zdan kechirishi kerak.
Qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollar
Yozma xat-xabarlarni, posilka va sug‘urtali pochtani saralash va
yo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq saralanadi va
qoplarda jo‘natiladi.
Qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollarni
qoplarga joylashdan avval nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz orqali ikki
nusxada tuziladigan 16-shakldagi alohida yukxatlarda yoziladi. O‘z
joyida qabul qilinadigan qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon
qilingan banderollarni 16-shakldagi yukxatga yozishda ularning
raqamlari, e’lon qilingan qiymat summasi va manzili qayd qilinadi. Agar
qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan banderollar
ustama to‘lov bilan qabul qilingan bo‘lsa, unda 16-shakldagi yukxatga
ustama to‘lov summasi yozib qo‘yiladi. Tranzitli qiymati e’lon qilingan
xat va qiymati e’lon qilingan banderollarga, bundan tashqari jo‘natish
joyi ham qo‘shib yoziladi.
Qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan ban-
derollarning 16-shakldagi yukxatlarida yakuniy so‘zlar bilan yozilib,
ularga ishlov berishda ishtirok etgan ikkita aloqa xodimi tomonidan
imzolanadi. Shtatida bitta xodimi bo‘lgan pochta aloqasi obyektlarida
(pochtalyonlarni hisobga olmaganda) yukxat faqat o‘sha xodim
tomonidan imzolanadi.
16-shakldagi har bir yukxat va uning nusxalariga, yukxat tuzilgan
sanani ko‘rsatgan holda taqvim tamg‘a izi tushiriladi.
16-shakldagi yukxatning asl nusxalari qop ichiga solinadi,
nusxalari esa pochta aloqasi obyektida qoladi.
Qiymati e’lon qilingan xatlar, ajratilgan tartibda, alohida sug‘urtali
qoplarda jo‘natiladi.
Ish hajmi unchalik katta bo‘lmagan aloqa bo‘limlaridan pochta
aloqa bog‘lamalari (pochtamt, pochta ayirboshlash punkti)gacha qiymati
e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollar, mayda
posilkalar bilan birgalikda bitta 16-shakldagi yukxatlarda yozilgan holda
jo‘natiladi.
41
Agar qopda ikki va undan ortiq qiymati e’lon qilingan xatlar
jo‘natilayotgan bo‘lsa, u holda ular kanop ip bilan xochsimon qilib
bog‘lanadi.
Qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollar
solingan sug‘urtali qoplar qo‘yidagi tartibda berkitiladi:
Sug‘urtali qopning og‘zi yig‘iladi va oldindan «Sug‘urta» yozuvi
qayd qilingan 17-shakldagi yorliq qopning og‘ziga, kanop ip bilan ikki
marta aylantiriladi va o‘rab bog‘lanadi. Qiymati e’lon qilingan xatlarni
sug‘urtali qoplarda jo‘natishda 17-shakldagi manzil yorlig‘ida «Qiymati
e’lon qilingan xatlar bilan» yozuvi qo‘shimcha ko‘rsatiladi. Kanopning
uchlari o‘zaro birlashtiriladi, birining uchi ikkinchisi orqali ikki marta
aylantirilgan ip tagidan o‘tkaziladi, shundan so‘ng uni tarang qilib tortib,
uchlari ikki qayta tugun qilib bog‘lanadi. Bog‘lov shunday mo‘ljal qilib
bog‘lanadiki, qopdagi joylanma aralashib ketmasligi kerak. Qop
plombalanadi yoki muhrlanadi. 17-shakldagi yorliqqa ishlov berishda va
qopni berkitishda ishtirok etgan aloqa xodimlari tomonidan imzolanadi.
Sug‘urtali qoplarni berkitishda berkituvchi qurilmalardan
foydalanish mumkin. Bunday qurilmadan foydalanish tartibi alohida
yo‘riqnomada bayon etilgan.
Pochta aloqasi obyektlarida sug‘urtali qoplar qo‘yidagi tartibda
ochiladi.
Ushbu pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki ushbu pochta
obyektiga yo‘llangan sug‘urtali va xalqaro qoplar, konteynerlar ikki
aloqa xodimi ishtirokida ochilishi shart, shtatida bir xodim bo‘lgan
(pochtalyonlarni hisobga olmaganda) aloqa bo‘limlari bundan mustasno.
Joylanma sanab chiqiladi va 16-shakldagi ichki yukxat bo‘yicha
nomma-nom tekshiriladi, pochta jo‘natmalarining tashqi holati
tekshiriladi. Berk buyumlarni ochuvchi aloqa xodimlari 16-shakldagi
yukxatga imzo qo‘yadilar.
Qopdagi joylanma olingandan so‘ng unda pochta jo‘natmalari
qolib ketmasligi uchun sinchiklab ko‘zdan kechiriladi. Shu maqsadda
qoplar ochilgan joy ham ko‘zdan kechiriladi.
Mexanizatsiyalashgan usulda posilkalarni saralashni amalga
oshiradigan pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi
obyektlari rahbarlariga konteynerlarda kelgan posilkalarni sanash bilan
ularning tashqi ko‘rinishini sinchiklab ko‘zdan kechirib, tekshirish
belgilash huquqi beriladi.
42
16-shakl
Pochta jo‘natmalari va buyumlarining nomi
Soni
Pochta soat dan daqiqada
kuzatuvida
jo‘natildi
Konteynerlar.........................................
(familiya)
__________ - son guvohnoma
Sug‘urtali qoplar .................................
______qoplar almashuviga taalluqli
Do'stlaringiz bilan baham: |