2-BOB.
2.1. Odamning yaratilishi
Odam(a.s.) qissasi Qur’oni karimda 10 suraning 78 oyatida zikr etilgan.
№
Suralar
Oyatlar raqami
№
Suralar
Oyatlar raqami
1
Baqara
30-38
6
Kahf
50-51
2
Oli Imron
33-59
7
Maryam
58-60
3
Moida
27-34
8
Toha
115-123
4
A’rof
11-27, 31, 35, 172-
173
9 Yosin
60-62
5
Isro
61-65, 70
10
Sod
71-85
Iblisda paydo bo‘lgan takabburlik va itoatsizlikdan farishtalarni ogoh qilish, uning saltanati, mulki va hukmi
zavolga yuz tutganini izhor qilish maqsadida Alloh taolo Yerga yangi xalifa – Odamni yaratishni iroda qildi va
farishtalarga bu haqda:
«Eslang,
(ey Muhammad)
Robbingiz farishtalarga: «Men Yerda xalifa
(Odam)
yaratmoqchiman» -
deya bashorat berdi. Farishtalar Allohning xos maxluqotlari bo‘lib, Yaratganga itoat va ibodat qilish uchun
yaratilgan edilar. Ular: «Bizdan biror kamchilik yoki xatolik sodir bo‘lmadimikan», - deb o‘zlarini oqlamoqchi
bo‘ldilar va:
«Ey Robbimiz, u yerda buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani
(xalifa)
qilasanmi?
Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz»,
deb
e’tiroz bildirdilar.
Alloh taolo ularning dillariga taskin berib:
Do'stlaringiz bilan baham: |