Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/268
Sana06.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#432757
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
Farishtalarning Odamga sajdasi ibodat emas, Allohning buyrug‘iga itoat, Odamga bo‘lgan hurmat, inson 
zotiga berilgan yuksak bahodir. Chunki, Allohdan boshqaga ibodat sajdasi qilinmaydi. Ilm bilan 
sharaflantirilgan inson shu tariqa farishtalardan ham yuqori mavqe’ga ega bo‘ldi. 
Ba’zi islom olimlari: «Qur’ondagi «Odam» umuman «Inson»ni tamsil etadi. Qur’oni karim bir necha oyatlar 
bilan insonning tuproqdan yaratilganligini xabar beradi. Odam bizning otamizdir. «Odam hikoyasi» faqatgina 
insonlarning otasi bo‘lmish birinchi payg‘ambar Hazrati Odamninggina emas, har bir insonning hikoyasidir. 
Qur’onning bildirishicha, Odamning Yer yuziga bir xalifa qilib yuborilishi insonning butun tabi’at quvvatlariga 
hokim bo‘lishiga ishoradir», - deydilar. 
Tadqiqotlarga qaraganda, insonlar dastlab dunyoning eng katta parchasi bo‘lmish Osiyo qit’asida 
yashaganlar. Keyinchalik bu yerdan boshqa qit’alarga tarqalib ketganlar. Shu sababdan Osiyo insonlarning ilk 
tavallud topgan joyi, ilk madaniyat, ilk din chiqqan hudud hisoblanadi. 
Insonlarning dastlabki hayoti, ularning yashash tarzi haqida arxeologlar va tarixchilar shunday fikr 
bildiradilar: «Insonlar avval vahshiy bo‘lishgan, keyinchalik darajama-daraja yuksalib, bugungi madaniy 
saviyaga yetishgan. Dastlab chaqmoq toshdan yasalgan bolta bilan ish ko‘rgan bo‘lishsa, keyinchalik temir 
qilich qo‘llay boshlashgan. Demak, bu nuqtai nazardan, inson ikki davrni - vahshiylik va madaniyat davrini 
boshidan kechirdi, deb hisoblanadi. 
Lekin dinlar tarixi bilan shug‘ullangan olimlar arxeologiyaning, insoniyatning dastlabki davri «vahshiylik davri 
bo‘lgan», degan fikrini rad etadilar. Ularning fikricha, insonlarning dastlabki davri vahshiylik emas, balki ilk 
madaniyat davridir. Bu ilk madaniyat darsini insonlarga ilohiy payg‘ambarlar berishgan. Shu bilan birga ularga 
ilk diniy fikrlarni, ya’ni yagona Allohga ishonishni ham shu payg‘ambarlar yetkazishgan. Ilohiy 
payg‘ambarlardan ilk madaniyat darsini olgan insonlar keyinchalik bu madaniyatdan uzoqlashib, birinchi darsni 
unutish darajasida vahshiylashganlar. Ma’lum vaqt oradan o‘tib, yana ilohiy payg‘ambarlar vositasi bilan inson 
avvalgi madaniyatga qaytarilgan. Demak, inson o‘z hayoti davomida ikki davrni-vahshat va madaniyat davrini 
emas, balki ilk madaniyat, vahshat va ikkinchi madaniyatdan iborat uch davrni boshidan kechirgan. Vahshiylik 
esa, insonlar uchun ikki madaniyat orasidagi bir bosqichdir. 
Ilohiy payg‘ambarlarning barchalari ham Alloh huzuridan bitta din – yagona Allohga ishonch va e’tiqoddan 
iborat bo‘lgan Islom dinini, musulmonlikni keltirganlar. Musulmonlik haqiqatan ham insoniylik dinidir. 
Insonlarning eng birinchi o‘rgangan dini Allohning birligiga ishonchdan iborat edi. Ularga bu e’tiqodni o‘z 
oralaridan tanlab olingan ilohiy payg‘ambarlar yetkazdilar. Eng so‘nggi payg‘ambar Muhammad (s.a.v) ham 
ayni shu e’tiqodni targ‘ib qildilar. 
Biroq avvalgi payg‘ambarlar bildirgan yagona Allohga ishonchning asoslari turli kimsalar tarafidan buzildi. 
Turli sabablar bilan keyinchalik o‘zgarishlarga uchraydi. Hattoki Allohga ibodat o‘rnini but va sanamlarga 
sig‘inish egalladi. 
Butparastlikning asosi-tabi’at kuchlarini ilohiy lashtirib yuksaltirish, rasm, haykallarda aks etgan bu 
kuchlarga insonlarni sig‘intirish bilan ularning qadr va sharafini yerga urishdan iborat edi. 
Boshqa payg‘ambarlar o‘z davrlarida amalga oshirgan vazifalari singari Muhammad (s.a.v) ham davr 
ta’sirida o‘zgarib qolgan bu asoslarni asl holiga qaytardilar. Tabi’at kuchlariga sig‘inishni man’ etibgina qolmay, 
ayni paytda, bu kuchlardan foydalanishni bildirib, insoniyat sharafini yuksaltirdilar. Binobarin, Alloh taolo Yer va 
ko‘kdagi narsalarni, shu jumladan insonni ham shunchaki yaratgan emas, demakki, insonga berilgan aql ham 
bejiz emas. 
Alloh insonni ikki borliq-ko‘z bilan ko‘rinadigan moddiy va ko‘z bilan ko‘rinmaydigan ma’naviy borliq bilan 
yaratgan. Ko‘pincha insonning moddiy borlig‘i ma’naviy borlig‘idan ustun keladi. O’sha payt insonning irodasi 
haqni taniyolmay qoladi. Fazilat aqllari berkiladi. Kamolot darajasini topmagan aqlning kuchi adolat o‘rnatish 
uchun yetmay qoladi, ko‘z bilan ko‘rilmaydigan narsalarni tushunolmay qoladi. Bu hol ma’naviy xastalikdir. Bu 
xastalikni davolaydigan birdan-bir chora ilohiy tarbiya bo‘lib, uning dasturi esa payg‘ambarlar vositasi bilan 
insoniyatga yuborilgan vahiydir. Vahiy faqat payg‘ambarlar vositasida yuboriladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ilohiy vahiy 
– Yer yuziga payg‘ambarlarning yuborilishidir. 
Din esa, har bir payg‘ambarning vahiy orqali Allohdan olgan hukmlar yig‘indisidir. Din deganda, yagona 
Alloh va uning elchisi esga keladi. Allohsiz din bo‘lmaganidek, vahiyga suyanmagan, bir payg‘ambar 
tomonidan yetkazilmagan ko‘rsatmalarni ham «din» deb bo‘lmaydi. 
Allohning huzuridan payg‘ambarlar orqali insoniyatni hidoyatga chaqirish uchun yuborilgan din Islom dinidir. 
Islom dini inson yaratilgandan buyon mavjuddir. Har asrda yashagan va hozirda yashab turgan insoniyat 
bor ekan, u ham albatta turadi. «Alloh» fikrining yo‘qolishi insoniyat hayotiga nuqta qo‘yilishidir. 
 
Islomiy e’tiqodga ko‘ra, payg‘ambarlik Allohning bandalariga bergan eng buyuk lutfidir. Insonlik darajasining 
eng yuksak cho‘qqisidir. Hech kim payg‘ambarlik maqomiga o‘z zakosi, bilimi va o‘z g‘ayrati bilan erisholmaydi. 
Payg‘ambarlik meros ham qolmaydi. Payg‘ambarlarni Alloh taolo bandalari orasidan o‘zi tanlaydi. Bu haqda 
Qur’oni karimda shunday deyiladi: 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish