Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
Damashq shahri yaqinidagi «Qosiyun» nomli tog‘ning shimol tarafida bir g‘or bo‘lib, mahalliy xalq uni
«mag‘oratud dam» (qonli g‘or) deb ataydilar. Ularning e’tiqod qilishlaricha, Qobil ukasi Hobilni shu yerda
o‘ldirgan.
(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001. 15-bet.)
Qobilning avlodlari Alloh yo‘lida yurmadilar, dunyoga kofir bo‘lib tarqaldilar. Ularni hidoyatga chaqirish
uchun Alloh taolo Shis (a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi.
Odam (a.s.)ning hayotlik paytlaridayoq, farzand va nabiralari qirq mingdan ortib ketdi. Qobilning avlodlari
munkir kishilar bo‘lib, ularning orasida zinokorlik, aroqxo‘rlik va boshqa buzg‘unchilik ishlari kuchaydi. Odam
(a.s.) Shisning avlodlariga Qobilning avlodlari bilan qudachilik qilmaslikni tayinladilar.
Qobil ukasi Hobilni o‘ldirgandan keyin, otasi Odamdan qochib Yamanga bordi. U yerda Qobilga Iblis
yo‘liqib: «Sening qurbonligingni emas, balki Hobilning qurbonligini olov qabul qildi, chunki u olovga sig‘inardi.
Shuning uchun sen ham olovga sig‘insang, kelajakda sening va avlodlaringning ishlari yaxshi bo‘ladi» - deb
vasvasa qildi. Qobil olovga sig‘iniladigan birinchi ibodatxona qurdi va birinchi olovga sig‘inuvchi otashparast
bo‘ldi.
Odam (a.s.)ning vasiyatiga amal qilib, Shis (a.s.) avlodlari tog‘dagi g‘orlarda bir necha muddat poklikda
yashadilar. Keyin amakivachchalaridan xabar olib kelish maqsadida Qobil tarafga borib, ularning ayollari bilan
aralashib ketdilar. Shunday qilib, Qobilning avlodlari ko‘payib, hamma yerni egalladilar, o‘z oralarida fasod
kuchaydi, Alloh unutilib but-sanamlarga sig‘inish boshlandi, payg‘ambarlarning da’vatlari ta’sir qilmadi va Nuh
(a.s.)ning zamonlarida yoppasiga to‘fonda g‘arq qilindilar.
Odam (a.s.) vafotlaridan avval Shis (a.s.)ni vasiy etib tayinlagan edilar. Shis (a.s.) kasal bo‘lganlaridan
keyin o‘z o‘g‘illari Anushga vasiyat qildilar va vafot etganlaridan keyin Abu Qubays tog‘iga Odam (a.s.)ning
yoniga dafn etildilar. Shis (a.s.) 912 yil umr ko‘rdilar.
Shis (a.s.)ning o‘g‘illari Anush, otasining vasiyati bilan insonlarni boshqarishni o‘z qo‘liga oldi, payg‘ambar
bo‘lmagani uchun faqat siyosatni boshqardi va dunyoda birinchi podshoh hisoblandi.
Tavrotning xabaricha, Anush 905 yil umr ko‘rdi. Ibn Ishoqning rivoyatiga ko‘ra, Anush Yonish ibn Shis deb
keltiriladi.
Ibn Abbos (r.a.)ning rivoyatlariga ko‘ra, Anush 90 yoshga kirganda Qaynon ismli o‘g‘il ko‘rdi. Qaynon 910 yil
yashadi.
Qaynon va uning xotini Daynadan Mahloiyl ismli o‘g‘il tug‘ildi. Mahloiyl ibn Qaynon tarixda 40 yil podshohlik
qilgan va uning davrida ko‘p obodonchiliklar, qurilishlar bo‘lgan. U ko‘plab daraxtlarni kesdirib, imoratlar
qurdirgan, Yerdan qazilma boyliklarni qazib chiqartirgan, masjidlar qurdirgan. Mahloiyl davrida Yer yuzida
birinchi bo‘lib ikki shahar qurilgan: biri Bobil, ikkinchisi Sus.
Ba’zi fors tarixchilarning yozishlaricha, Mahloiylning nomi Avshhanj, laqabi Fishdoz (birinchi odil) bo‘lib,
boshiga podshohlik tojini kiygan va xalqqa ma’ruza qilib, unga podshohlik bobosi Kayumarsdan qolganini, u
ins va jinlarning kofirlariga o‘ch va azob qilib yuborilganini, Iblisga qahr qilib uni va askarlarini tog‘larga,
o‘rmonlarga, dashtlarga chiqarib yuborganini, Iblisning odamzodga yomonlik qilmasligi uchun u bilan
shartnoma tuzganligini, o‘zi barcha iqlimlarning podshohi ekanini so‘zlagan. U qurdirgan ikki shahar: biri
E’rondagi Ray shahri, ikkinchisi Tabaristondagi Danbovand shahridir.
(Tarixi Tabariy, 114-115-betlar.)
Mahloiyl temirdan turli asboblar yasattirgan, dehqonchilik ishlarini kuchaytirgan, suv miqdorini o‘lchaydigan
asbob yasattirgan, vahshiy, zararkunanda hayvonlarni o‘ldirishga, ularning terilaridan kiyimlar tayyorlashga
buyurgan, mol, kiyik va qo‘ylarni tig‘ bilan so‘yishni joriy etgan podshohdir.
Mahloiyl Yorid ismli o‘g‘il ko‘rdi. Yorid esa Xanux
(Ba’zi rivoyatlarda «Axnux» keltirilgan)
ismli o‘g‘il ko‘rdi.
Xanux Idris (a.s.)dirlar
Do'stlaringiz bilan baham: