jonimga jabr qiluvchilardan bo‘lib qoldim», - deb nido qilgan paytini eslang» -
degan oyati karimasini
dalil qilishib: «Yunus (a.s.) qavmiga emas, Allohga g‘azab qilib, uning buyrug‘iga itoat qilmagani va uning
amrini bajarishdan qochganligi uchun Alloh uni nahangga yutdirish bilan jazoladi. Jazodan keyin esa, qavmiga
borib, ularni da’vat qilib va imonga kelishmasa ularni azob kutishini aytganida, ularning hammasi imonga
kelishgan», - deydilar.
Tarixi Tabariyda keltirilishicha, Shahr ibn Havshab shunday rivoyat qiladi: «Jabroil (a.s.) Yunus (a.s.)ning
yonlariga kelib: «Naynavo ahliga borib, ularga tushishi yaqinlashib qolgan jazodan qo‘rqiting!» - deb buyurdilar.
Yunus (a.s.): «Men biror minadigan hayvon topayin, keyin boraman» - dedilar. Jabroil (a.s.): «Ish
shoshilinchroqdir» - dedilar. Yunus (a.s.): «Unday bo‘lsa tez yurar tuya topayin» - dedilar. Jabroil (a.s.): «Ish
bundan ham shoshilinchroq» - dedilar. Yunus (a.s.)ning jahllari kelib, g‘azablandilar va kemaga borib o‘tirdilar.
Kema oldinga ham, orqaga ham jilmay turib qoldi. Kemadagilar bir-birlari bilan kelishmovchilikka borishib,
qur’a tashlashga kelishishdi va qur’a bo‘yicha Yunus (a.s.) suvga tashlandilar. Nahang Yunus (a.s.)ni yutib
yubordi. Alloh tarafidan: «Ey nahang, biz senga Yunusni rizq qilib bermadik, balki seni unga qo‘rg‘on va masjid
qilib qo‘ydik» - deb ovoz qilindi. Nahang Yunus (a.s.)ni qornida saqlaganicha dengizdan Dajla daryosiga chiqdi
va u orqali Naynavoga olib borib tashladi».
(Tarixi Tabariy, 1-j. 458-bet.)
Ibn Abbosning aytishlariga qaraganda ham, Yunus (a.s.)ning qavmga payg‘ambar etib yuborilishlari nahang
qornidan chiqqandan keyin bo‘lgan.
Ikkinchi toifa olimlarning aytishlariga qaraganda, Yunusni nahang yutishi qavmga da’vatlaridan keyin sodir
bo‘lgan.
Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, aytadilar: «Alloh taolo Yunus (a.s.)ni qavmiga payg‘ambar etib
yubordi. Qavm Yunus keltirgan dinni qabul qilishdan bosh tortdi va Yunusning da’vatini inkor etdi.
Alloh taolo Yunus (a.s.)ga vahiy tushirib: «Men qavmingizni falon kuni jazolayman va halok etaman» - dedi.
Yunus (a.s.) qavmlariga Allohning azobi tushadigan kunni aytib, o‘zlari u yerdan chiqib ketdilar.
Payg‘ambarning chiqib ketganini ko‘rgan qavm, ularga azobning kelishi aniq ekanligini bilib qolishdi va butun
qishloq aholisi bir-birlarini ogohlantirib, qishloqni tashlab, yalang bir joyga chiqishdi va Allohga tavba-tazarru’
qilishib, imon keltirdilar. Alloh va’id qilgan halokat to‘xtatildi. Yunus (a.s.) esa o‘tgan-ketganlardan qavmlarining
sog‘-salomat ekanliklarini, ulardan azob ko‘tarilganini eshitib, qattiq g‘azablandilar va dedilar: «Ey Alloh! Men
qavmim oldiga kazzob bo‘lgan holimda hech qachon qaytmayman! O’zingni yuborgan vahiying bilan men
qavmga azob tushadigan aniq kunni aytgan edim. Endi esa men yolg‘onchi bo‘ldim».
Allohga shunday itob qilib, yuzlarida g‘azab ifodasini ko‘rsatganlari va Parvardigorga gustohlik qilganlari uchun nahang
qornida azob chekdilar».
(O’sha manba, 459-bet.)
Yunus (a.s.) Allohning marhamati bilan o‘zlaridagi zaiflik bartaraf bo‘lgandan keyin, Alloh taolo yana vahiy yubordi va
dedi: «Ey Yunus, o‘z shaharingga bor, o‘z qavming va qarindoshlaring huzuriga bor! Ularning barchasi imonga kelganlar
va ularga imonlari naf etgan. Ular but va sanamlarga ibodat qilishdan qaytganlar. Ular hozirda sening qadringni bilib,
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
Do'stlaringiz bilan baham: |