Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
75
aybini ochiq aytib yoki ko‘rsatib sotishlik, bularning hammasi omonatdorlik sifatlaridir. Ko‘p hollarda taroziga
qo‘yiladigan toshning tagi egovlanib, me’yordan yengil qilib qo‘yilganini, xaridorga tortib berilgan mol boshqa
tarozida tortib ko‘rilganda ancha kam chiqib, xaridor sarf qilgan puliga achinib, dili ranjib, olgan puling harom
bo‘lsin, deb qarg‘aganining guvohi bo‘lamiz. Ba’zi hollarda esa minib yurgan mashinamiz biror hodisaga
uchrab pachoqlansa, undan ko‘nglimiz to‘lmay qolsa, urilgan joyini nomiga «bozor uchun» tuzattirib,
xaridorning ko‘zini shamg‘alat qilib, yangi mashinadek pullaymiz, aybini berkitamiz. Mana shu qilmishlarimiz
ayni xiyonatdir.
4. Tijoratda halol narsalarning oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish kerak. Bunda elga ham manfaat bo‘ladi.
Iste’moli Alloh ta’olo tomonidan harom qilingan narsalarning, masalan: mast qiluvchi ichimliklar, giyohvand
moddalar, harom o‘lgan hayvon go‘shtlari, cho‘chqa go‘shti, o‘g‘irlangan mollar tijorati bilan topilgan mablag‘
ham musulmon odam uchun harom hisoblanadi va vaqtincha tijoratchining puli ko‘paysa ham baraka qilmaydi,
natijada qisqa muddat ichida «surib chiqib ketadi».
5. Tijoratchi saxovat qo‘lini ochiqroq tutishi kerak. Chunki baraka Allohdan bo‘lganidan keyin, uning
buyruqlariga itoat etib, nafaqa, sadaqa va zakotlarni o‘z vaqtida ajratib, oilasini, qaramog‘idagilarni, qarindosh-
urug‘lar hamda qo‘shnilarning muhtojlarini ta’minlab turishi kerak.
«Baqara» surasining 261-oyati
da, saxovatli
kishilarning Alloh yo‘lida qiladigan ehsonlari evaziga yetti yuz barobar, ba’zi kishilarga esa behisob baraka ato
qilishga Alloh va’da beradi.
6. Tijoratchi savdo paytida nihoyatda xushmuomala bo‘lishi, xaridorni yaxshi muomala va shirin so‘z bilan
ko‘ngliga kirib borishi kerak, ayniqsa xaridorga turli mollarni takror ko‘rsatishga erinmasligi lozim. Xaridor hech
narsa olmay chiqib ketsa ham, unga boshqa safar kelib turishini taklif etib qolishi kerak. Afsuski, bu jihatdan
bizning tijoratchilarda muomala odobi yetishmaydi. Ko‘p tijoratchilar xaridorning salomiga alik olishni ham
bilmaydi. Biror narsaning boshqa turini ikkinchi marta ko‘rsatishni so‘ralsa, «olsangiz oling, olmasangiz yo‘q» -
deb dag‘al javob berishadi. Ey muhtaram tijoratchilar, shirin tilingiz bilan xaridor chaqirasiz, shirin muomalangiz
bilan mol sotasiz. Aks holda xaridor sizdan qarzdor emas, arpangizni xom o‘rgani ham yo‘q! Shuning uchun,
tijoratchi birodarlarimiz agar musulmon bo‘lsalar tijoratda diyonatni unutmasliklari lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: