Arshini yaratdi».
Ibn Abbos (r.a.)dan «Allohning Arshi suvning ustida» degan oyatning tafsirida: «Suv nimaning ustida edi?» -
deb so‘ralganda, Ibn Abbos (r.a.): «Suvni shamol ko‘tarib turardi», - deganlar.
Qosim ibn Hasan rivoyat qilgan hadisda Zamra shunday deydi: «Alloh taolo avval qalamni yaratdi. Keyin
shu qalam bilan o‘zi yaratadigan narsalarni ham, bandalardan sodir bo‘ladigan ishlarni ham bir kitobga yozdi.
Keyin ana shu kitob dunyo yaratilmasidan oldin ming yil Allohga tasbeh va tamjid aytdi. Qachonki Alloh
dunyoni yaratishni iroda qilgandan so‘ng osmonlar va Yerni hamda undagi mavjudotni olti kunda yaratdi va bu
kunlarning har biriga alohida - Abjad, Havvaz, Huttiy, Kalaman, Sa’fas va Qarashat, deb nom berdi».
Zahhok va Atodan rivoyat qilingan hadisda dunyoning yaratilishi olti kun deyiladi. Vahb ibn Munabbahdan
esa yetti kun deb rivoyat qilingan. Biroq, ikki hadisning ma’nosi bir-biriga ixtilofli emas, chunki Alloh taolo
Qur’oni karimda ham:
«U
(Alloh)
Do'stlaringiz bilan baham: |