www.ziyouz.com kutubxonasi
18
َﻦﻴِﻤِﺋﺎَﻘْﻟاَو
َﻦﻴِﻔِﺋﺎﱠﻄﻠِﻟ
َﻲِﺘْﻴَﺑ
ْﺮِّﻬَﻃَو
ﺎًﺌْﻴَﺷ
ﻲِﺑ
ْكِﺮْﺸُﺗ
ﻻ
ْنَأ
ِﺖْﻴَﺒْﻟا
َنﺎَﻜَﻣ
َﻢﻴِهاَﺮْﺑﻹ
ﺎَﻧْأﱠﻮَﺑ
ْذِإَو
ِدﻮُﺠﱡﺴﻟا
ِﻊﱠآﱡﺮﻟاَو
)
٢٦
(
«
(Ey Muhammad,)
eslang, Biz Ibrohimga Baytulloh o‘rnini belgilab berib,
(unga shunday dedik)
:
«Menga biror narsani sherik qilmagin va Mening Baytimni tavof qiluvchilar, namozda tikka turuvchilar,
ruku’ va sajda qiluvchilar
(ya’ni, hojilar va namozxonlar)
uchun poklagin!»
(Haj, 26.)
Abu Muso al-Ash’ariy aytadilar: «Alloh taolo Odam (a.s.)ni jannatdan chiqarishni iroda qilganda, u kishiga
bu dunyoda tirikchilik uchun qilishi lozim bo‘lgan kasb-hunar, dehqonchilik sirlarini o‘rgatdi, jannat ne’matlari va
mevalaridan o‘ttiz turini ozuqa tariqasida tayyorlab berdi. Ularning o‘ntasi po‘stlik mevalar, o‘ntasi danakli
mevalar, qolgan o‘ntasi esa danagi ham, po‘sti ham yo‘q bo‘lgan mevalar edi. Mana shu dunyoda yeyiladigan
barcha mevalar jannatdan chiqqan, ammo jannatdagisi aynimaydi, dunyodagisi esa ayniydi. Odam (a.s.)
o‘zlari bilan jannatning xushbo‘yini olib chiqqan edilar. Shuning uchun, Hindistonda o‘sadigan barcha daraxtlar
va butalar xushbo‘ydir».
Odam (a.s.) Yerga tushganlaridan keyin ko‘ngillari biroz ovqat tusadi, Jabroil (a.s.) jannatdan bir xalta olib
chiqib, uni Odamga berdilar. Odam (a.s.) hayron bo‘lib: «Bu nima?» - deb so‘radilar. Jabroil (a.s.): «Sizni
jannatdan chiqishingizga sabab bo‘lgan narsa shu» - deb, xaltadagi bug‘doyni ko‘rsatdilar. Uning vazni yuz
ming sakkiz yuz dirham og‘irligida edi. Odam (a.s.): «Buni men nima qilaman?» - deb so‘radilar. Jabroil donni
Yerga sepishni buyurdilar. Odam (a.s.) uni Yerga sepishlari bilan Alloh uni o‘sishga, don tugishga amr etdi.
Bug‘doy shu ondayoq o‘sib, boshog‘i pishdi. Odam (a.s.) uni Allohning amri bilan o‘rib oldilar. Donini qo‘llari
bilan boshoqdan ajratgandan keyin, ikki tosh olib bug‘doyni yanchdilar va unga aylantirdilar. Undan xamir
qorib, Jabroil temir bilan toshdan chiqargan uchqun bilan olov yoqdilar va non pishirdilar. Dunyoda birinchi bor
dehqonchilik, tegirmonchilik va novvoylik qilgan kishi Odam (a.s.)dirlar.
Ibn Abbos(r.a.) aytadilar: «Hajar-ul-asvad ham Odam bilan birga jannatdan chiqqan va Musoning
hassasidan ham, oppoq qordan ham oqroq edi. Odam (a.s.) uchun jannatdan bolta ham tushirildi».
Shunday qilib, Odam va Havvoning oldida, kelajakdagi zurriyotlari oldida endi rohatbaxsh jannat emas,
balki ikki yo‘l paydo qilindi. Yo zalolat, yo hidoyat! Yo imon, yo kufr! Yo najot, yo ofat!
Alloh taolo Odam (a.s.)ni o‘z farzandlarini tarbiyalash va ularga Haq yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambar qilib
yubordi.
Abu Zar al-G’iforiy aytadilar: «Men masjidga kirdim. Rasululloh (s.a.v) yolg‘iz o‘tirgan edilar. Yonlariga borib
o‘tirdim. Rasululloh (s.a.v) menga:
«Ey Abu Zar, har bir masjidning salomi bor, u ikki rakat nafl namoz o‘qimoqdir. Bor, ikki rakat
Do'stlaringiz bilan baham: |