Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
117
Alloh dedi: - Berilganiga shukr qilgani.
Muso dedilar: - Qaysi bandang faqirroq?
Alloh dedi: - Nuqson sohibi.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Isroil avlodlari Muso (a.s.)dan: «Rabbingiz uxlaydimi?» - deb so‘ragan edilar. Muso (a.s.)
ularni: «Bunday deyishga Allohdan qo‘rqinglar!» - deb ularni qaytargan edilar. Munojot paytida Muso (a.s.)ga Alloh dedi:
«Ey Muso, qavmingiz sizdan: «Alloh ham uxlaydimi?» - deb so‘ragan edilar. Siz qo‘lingizga ikki
oynani olib, kechasi tik
turing!» - deb amr etdi. Muso (a.s.)ni kechaning uchdan bir qismi o‘tganda mudroq bosdi va qo‘llaridagi oynalar tizzalariga
tushdi. Muso (a.s.) darhol hushyor tortib, oynalarni mahkam ushladilar. Tong otishga kelganda
qattiq uyqu eltdi va
qo‘llaridan oynalar tushib ketib chil-chil sindi. Alloh taolo Muso (a.s.)ga xitob qilib: «Ey Muso, agar men uxlasam Yer va
osmonlar shunday halokatga uchraydi» - dedi.
(Ibn Abu Hotam. Tafsirul Qur’on. Oyat al-Kursi tafsirida.)
Muso (a.s.) qavmlariga Tavrotni keltirganlaridan keyin, undagi ahkomlarga amal qilishni buyurdilar.
Isroil
avlodlari Muso (a.s.)ga e’tiroz bildirishib: «Tavrotdagi barcha hukmlarni bizga sharhlab tushuntirib bering, agar
bizga ma’qul kelsa, biz ularni qabul etamiz va amal qilamiz» - dedilar. Muso (a.s.) ularga bir necha marta
murojaat
qilsalar ham, ular o‘z so‘zlaridan qaytmadilar. Alloh taolo farishtalarga buyurdi va ular katta tog‘ni
ko‘tarishib Muso (a.s.)ning qavmlari ustiga kelishdi. Tog‘ qavm ustida qora bulutdek soya solib turdi.
Farishtalar qavmga xitob qilib: «Agar Tavrotda bor hukmlarni to‘laligicha qabul qilmasalaringiz, boshlaringizga
mana shu tog‘ni tashlab yuboramiz» - deyishdi. Qavm Tavrotni qabul qildilar, sajda qilishga
buyurilgan edilar,
tog‘ning boshlariga tushib ketishidan xavf qilishib, bir yuzlarini yerga qo‘yib, ikkinchisini osmonga qilib,
ko‘zlarining qiri bilan tog‘ni kuzatgan holda sajda qildilar.
Ular
doim aytib yuradilarki, Bizlar uchun eng ulug‘ sajda boshimizdan Allohning azobi ko‘tarilgan kundagi
sajdadir.
Ulamolardan Abu Bakr ibn Abdulloh aytadilar: «Allohning farishtalari tog‘ni ko‘tarib, Isroil avlodlari qavmiga
tahdid qilib, keyin azob ko‘tarilganda, Yer yuzidagi jamiki tog‘lar, toshlar va daraxtlar silkinib ketdilar.
Yahudiylarning birortasi huzurida
Tavrot tilovat qilinsa, darhol uni qaltiroq bosishi va boshini ko‘tarib osmonga
qarashi ana shu dahshatli kundan odat bo‘lib qolgan».
(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 290-
bet.)
Do'stlaringiz bilan baham: