Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
116
Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim men kitobda bir ummatning xabarini topdimki, ular sening muqaddas
kitobingni yoddan o‘qir ekanlar. Ulardan avvalgi qavmlar kitoblarini qarab o‘qir ekanlar, kitob ko‘tarilib
ketgandan keyin esa uni yoddan o‘quvchilar topilmagani uchun ahkomlardan bexabar qolar ekanlar. Mazkur
ummatga esa avvalgilarga berilmagan «hifz» ne’matini ato etganing uchun, ular orasidan ahkomlar yo‘qolmas
ekan. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir.»
Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, kitobda bir ummatning xabarini topdimki, ular sening huzuringdan nozil
qilingan birinchi kitobga ham, oxirgi kitobga ham, ya’ni barcha muqaddas kitoblarga imon keltirar ekanlar,
zalolatga qarshi jihod qilar ekanlar, hattoki «g‘ilay kazzob»(Dajjol)ga ham qarshi kurashar ekanlar. O’shalarni
mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir.» Muso (a.s.) dedilar:
«Rabbim, men kitobda bir ummatni topdimki, ularning biri sadaqa qilsa, ikkinchisi bu sadaqani yer va sadaqa
qiluvchiga esa ajr yozilar ekan. Avvalgi ummatlarning sadaqasini Alloh dargohida qabul qilsa, osmondan olov
tushib, sadaqani yeb ketar, agar qabul qilmasa, osmondan olov tushmas va sadaqani qurt-qumursqalar,
vahshiy hayvonlar yer edi. Mazkur ummatning sadaqalari boylaridan olinib, kambag‘allariga berilar ekan.
O’shalarni mening ummatim qilgin». Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir». Muso (a.s.)
dedilar: «Rabbim, kitobda men bir ummatning xabarini topdimki, ulardan biri yaxshilikni niyat qilsa, ammo
amalga oshirmasa, unga bir savob, agar amalga oshirsa, unga o‘ntadan yetti yuztagacha savob yozilar ekan.
O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir.» Muso (a.s.)
dedilar: «Rabbim, kitobda men bir ummatning xabarini topdimki, ular shafoat qilar va shafoatlari qabul qilinar
ekan. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir.»
Qatoda aytadi: «Menga rivoyat qilishlaricha, Muso (a.s.) kitobdan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ummatlari haqidagi
yana ko‘plab marhamatlarni ko‘rib, havas qilib: «Rabbim, o‘shalarni mening ummatim qilgin!» - deb munojot qildilar».
(Ibn
Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 286-287-bet.)
Muso (a.s.)ning Parvardigorga qilgan munojotlari borasida ko‘plab kitoblar va tafsirlarda turli rivoyatlar
kelganki, ularning rostligiga hech qanday dalil va asos yo‘qligi sababli e’tibordan chetda qolib ketgan. Ammo
quyida biz keltiradigan rivoyatlar esa oyat va hadislar bilan o‘z isbotini topgan.
Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba minbarda turib Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan shunday rivoyat keltiradi: «Muso (a.s.)
Parvardigordan: «Ahli jannatlarning eng past darajasi qanday bo‘ladi?» - deb so‘radilar. Alloh taolo shunday
javob berdi: «Barcha ahli jannatlar jannatga kirib, o‘z maqomlariga ega bo‘lganlaridan keyin, bir jannatini olib
kelinadi va unga: «Jannatga kir!» - deb amr etiladi. Jannati odam: «Men qaerga kiraman, avval kirganlar
jannatning hamma joylarini egallab olibdilarku?!» - deydi. Alloh taolo undan: «Senga jannatdan Yerdagi
podshohlar egallagan mulkchalik mulk bersam, yetadimi?» - deb so‘raydi. Jannati rozi bo‘lgach, Alloh taolo
unga: «Sen rozi bo‘lgan mulkdan ikki barobarini senga berdim!» - deydi. Jannati odam rozilik bildirgach, Alloh
unga yana: «Bundan tashqari ko‘ngling nimani tusasa, ko‘zing nimadan quvonsa, o‘sha narsalar ham senga!»
- deydi.
Muso (a.s.) Alloh taolodan: «Ahli jannatlarning eng afzali qanday bo‘ladi?» - deb so‘radilar. Alloh taolo Musoga:
«Ularning bog‘larini men o‘z qo‘lim bilan yaratganman, ularga beriladigan ne’matning qiyosi yo‘q, dunyoda u haqda biror
quloq eshitmagan, biror kishining tasavvuriga tushmagan, biror ko‘z uni ko‘rmagan» - dedi.
(Termiziy. Sunan. 3198-hadis.
Sahihi Muslim. 312-hadis. Mazkur hadis Ibn Hibbonning “Sahih”ida ham keltirilgan. Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira.
Dorul-manor. 287-bet.)
Bu ma’no Alloh taoloning quyidagi oyati karimasida bayon etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: