JONRID ABDULLAXONOV (1929)
Adabiyotimizga 50-yillarda bir guruh iste’dodli yosh ijodkorlar kirib keldi. Ular orasida bo‘lg‘usi
adib Jonrid Abdullaxonov ham bor edi. U 1929 yilda Namanganda oddiy mehnatkash oilasida
dunyoga keldi. Beshafqat urush uning murg‘ak taqdiriga ham o‘z changalini soldi. Avvaliga
onasi Shahribonu hamshira sifatida frontga ketib, yil o‘tmay qoraxat keldi. Ko‘p o‘tmay otasi
Muhiddin Abdullaxonov jangga ketib qaytmadi.
Bor-yo‘g‘i 14 yoshga kirgan Jonrid taqdir so‘qmoqlaridai cho‘chimay Namangandan Toshkentga
piyoda yo‘l oldi. Safar taassurotlari, odamlar bilan uchrashuv oz bo‘lsa ham uning dardiga
malham bo‘ldi. Eng muhimi yo‘l-yo‘lakay M. Gorkiyning «Odamlar orasida» asarini dilida
instsenirovka qilib, «Aleksey Peshkov» nomi bilan radioga keladi. Jonrid ijodi xuddi shu asar
bilan boshlandi. Bosh rolni ham Jonrid — adib, Jonrid — aktyor bo‘lib ijro etdi. Ayni chog‘da
o‘qish, bilimini oshirish yo‘lidan bordi. Avval Toshkent Davlat dorilfununiiipg jurnalistika
fakultetini, so‘ng Moskvada Oliy adabiyot kursini tugatdi. Bir tomondan Oydin, Said Ahmad,
Hamid G’ulom, Hakim Nazir, Turob To‘la, qolaversa, Konstantin Paustovskiy, Stepan Zlobin
kabi adiblar unga ustozlik qildilar. Radio, televidenieda ham O’zbekiston Yozuvchilari
uyushmasidagi ijodiy mehnati uning ijodkor bo‘lib shakllanuvida mahorat maktabi rolini bajardi.
Asta-sekin uning she’riy asarlari, hikoyalari matbuotda ko‘rina boshladi. Ko‘p o‘tmay uning
«Maktabdoshlarim» (1952) nomli birinchi she’riy to‘plami, «Hikoyalar» (1956), «To‘yga
kelinglar» (1960), «Chudesniye minuti» (1960), «Tong yorishgan sohilda» (1962) kabi hikoyalar
to‘plamlari nashr etiladi. Ularning deyarli hammasida yoshlarning, tengdoshlarning hayoti,
intilishi, muhabbati va tashvishlari o‘z ifodasini topadi. Uning «Gulchehra» (1962) qissasi yo‘l
haqida, qurilish, bunyodkorlik haqida edi. Adibning birinchi yirik epik asari — «Yo‘l» (1964)
romani ham xuddi shu yo‘l haqida hikoya qilardi. Shundan so‘ng muallifning ketma-ket «Borsa
kelmas» (1—11 kitob, 1978—1980), «Xonadon», «Suiqasd» (1991) kabi romanlari chop etildi.
«To‘fon» ishchilar sinfi hayotidan hikoya qilsa, «Borsa kelmas» romanida Orol muammosi, ona
tabiat muhofazasi masalalari o‘z ifodasiii topgan edi. So‘pggi «Suiqasd» romanida mehnatkash
haqiga xiyonat qilgan. jamiyatni ma’naviy-iqtisodiy inqirozga olib kelgan yulg‘ich, poraxo‘r va
ko‘zbo‘yamachilarning aft-basharasi fosh etiladi.
Yozuvchi Jonrid Abdullaxonov hamon mas’ul va qutlug‘ yo‘lda, ijodiy izlanishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |