PIRIMQUL QODIROV (1928)
O’zbek nasrining yirik namoyandalaridan biri yozuvchi Pirimqul Qodirov 1928 yili Tojikiston
respublikasining O’ratepa tumanidagi Kengko‘l qishlog’ida tavallud topdi
Pirimqul Qodirovning urushdan keyingi xo‘jalikni izga solish yillarida jamoa xo’jaligidan
boshlangan mehnat faoliyati yo’l qurilishi, So’ng Bekobod metallurgiya zavodida ishlash bilan
davom etdi.
1951 yili Toshkent Davlat dorilfununini tugatib, M. Gorkiy nomidagi jahon adabiyoti institutining
aspiranturasiga kirdi. «Abdulla Qahhorning urushdan keyingi ijodi» mavzusida nomzodlik ilmiy
ishini himoya qildi.
1954—1963 yillar davomida Ittifoq Yozuvchilari uyushmasi qoshida o‘zbek adabiyoti bo‘yicha
maslahatchi bo‘lib ishladi. 1963-1976 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Til va
adabiyot institutining katta ilmiy xodimi vazifasini bajardi.
Adib ijodining debochasi talabalik yillarida e’lon etilib, tolibi ilmlar hayotini, ularning ichki olamini
badiiy bayon qilgan «Studentlar» hikoyasi 1950 yilda bosmadan chiqdi. Ketidan «Jon shirin»,
«Kayf», «Olov» hikoyalari, «Besh yilliklar farzapni», «Dadrim», «Erk», «Meros» qissalari,
«Najot» afsona-qissasi, «Sarguzashtlar» «Yayra institutga kirmoqchi» nomli qissa va hikoya-iar
to‘plami kitobxonlarga taqdim etildi.
«Uch ildiz», «Olmos kamar» romanlarida adib ijodiy mahorati charxlanganligini ko‘rsatib, o‘zbek
nasrini boyitdi.
Oldin «Yulduzli tunlar» (Bobur), keyin «Avlodlar dovoni» romanlarn bilan Pirimqul Qodirov
o‘zbek tarixiy romanini ustoz Oybekdan keyin yangi pog‘onaga ko‘tardi.
G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida adibning uch jildlik tanlangan asarlari (I
tom, 1977, “Olmos kamar” romani; II tom, 1978, «Qora ko‘zlar» romani, «Erk» qissasi; III tom,
1979, «Uch ildiz» romani) nashr qilindi. Mazkur nashriyot adibning uch jildlik “Saylanma”sini
ham bosdi: birinchi jild — «Uch ildiz» romani, «Qadrim» qissasi; ikkinchi jild — «Qora ko‘zlar»
romani, «Meros» qissasi»; uchinchi jild— «Olmos kamar», «Yulduzli tunlar»dan iborat.
Pirimqul Qodirov adabiy ijodning badiiy-ommabop uslubida ham qalam tebratmoqda. Uning ilk
ocherki “Oilamiz” 1953 yili chop etildi, «Xalq tili va realistik proza», «Til va dil» nomli ilmiy-
ommabop ishiari adib-olim izlanishlari mahsulidir.
Adib ssenariysi asosida zangori olov zahmatkashlari haqida «Sening izlaring» badiiy filmi
qo‘yildi. «Vijdon» — viloyat sahnalarida ketmoqda. Uning asarlari mustaqil respublikalar, jahon
xalqlari tillariga o‘girildi.
Adib tarjimon sifatida L. Tolstoyning «Kazaklar»ini, K. Fedinning «Dastlabki quvonchlar»ini, P.
Tolisaning «Iz»ini, X. Deryayevning «Taqdir»ini ona tilimizga o‘girdi.
«Yulduzli tunlar» romani uchun Pirimqul Qodirov 1982 yili Hamza nomidagi Respublika Davlat
mukofotiga sazovor bo‘ldi. U O’zbekiston xalq deputati, Respublika rayosatining millatlararo
munosabatlar, til va baynalmilal tarbiya masalalari komissiyasi raisi, Xalq yozuvchisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |