Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/123
Sana07.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#327379
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   123
Bog'liq
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 

 

O’LMAS UMARBEKOV (1934)

 

 



Shunday  iste’dod  egalari  borki,  tengdoshlari  va  zamondoshlarining  hurmat-e’tiborini  qozonish 

baxtiga muyassar bo‘ladilar. Buning ustiga o‘z zamondosh ustozlari e’zozidan , bahra topadilar. 

Ijoddagi bunday holat faqat o‘sha iste’dodning baxtigina bo‘lib qolmay, balki u mansub bo‘lgan 

adabiyotning  ham  omadi,  ravnaqidan  bir  dalolatdir.  Bizning  adabiyotimiz  baxtiga  bunday 

chinakam iste’dod sohiblari anchagina. 

O’lmas  Umarbekov  ham  ana  shunday  iste’dodlar  orasidan  o‘ziga  munosib  o‘rin  egallab 

kelayotgan  sermahsul,  hozirjavob  adiblar  sirasiga  kiradi.  Uning  tarjimai  holi  ham  o‘z 

tengdoshlariniki  kabi  oddiy.  U  1934  yili  Toshkentda  tug‘ilgan.  O’rta  maktabni  muvaffaqiyatli 

tugatgach,  Toshkent  Davlat  dorilfununining  filologiya  fakultetiga  kirib,  1956  yilda  uni  a’lo 

baholarga  bitirdi.  «Men  ham  yoshligimda  ko‘p  narsaga  qiziqqanman,  —  deb  hikoya  qiladi 

yozuvchi.—Keyinchalik,  uchuvchilikni  orzu  qilgan  edim,  bog‘bon  ham  bo‘lmoqchi  bo‘lganman. 

Ammo adabiyot hamma orzularimdan kuchlilik qildi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘rta maktabni 

tugatganimda  hech  ikkilanmasdan  Toshkent  dorilfununining  filologiya  fakultetiga  kirdim. 

Nazarimda,  adashmagan ekanman.  Endi  bo‘lsa, adabiyotsiz,  badiiy  ijodsiz  hayotimni  tasavvur 

qilolmayman». 

Mana,  shunga  ham  qariyb  o‘ttiz  besh  yil  bo‘ldiki,  u  tinimsiz  izlanish,  ijod  bilan  band.  Shu 

kungacha  uning  o‘nlab  hikoyalari,  qissalari,  «Odam  bo‘lish  qiiyin»  romani,  «Qiyomat  qarz», 

«Shoshma  quyosh»,  «Oqar  suv»,  «Sud»,  «Komissiya»,  «Kuzning  birinchi  kuni»,  «Arizasiga 

ko‘ra»,  «Kurort»,  «Yer  yonganda»  kabi  o‘nlab  dramatik  asarlari  yaratildi.  Shuningdek,  «Ikki 

soldat  haqida  qissa»,  «Radi  drugix»,  «Vstrecha  u  visokix  snegov»  kabi  kinofilmlar  uchun 

ssenariylar  yozdi.  «Odam  bo‘lish  qiyin»  romani  (1971)  respublika  komsomol  mukofotiga,  «Ikki 

soldat  haqida  qissa»  (1977)  Hamza  nomidagi  Respublika  Davlat  sovriniga,  «Damir 

Usmonovning  ikki  bahori»  qissasi  esa  (1984)  N.  Ostrovskiy  nomidagi  Butunittifoq  adabiy 

mukofotiga  sazovor  bo‘ldi.  Uning  tug’ilganiga  50  yil  to‘lishi  munosabati  bilan  O’zbekistonda 

xizmat  ko‘rsatgan  san’at  arbobi faxriy  unvoni  berildi.  Va  nihoyat,  1992  yilda «O’zbekiston  xalq 

yozuvchisi” degan yuksak sharafga ega bo‘ldi. 

Oddiy  jurialistlikdan  ish  boshlagan  O’lmas  Umarbekov bu  yillar davomida  respublika  radiosida 

muharrir,  bosh  muharrir  bo‘lib  ishladi.  1971-1974  yillarda  esa  Uzkompartiya  Markazqo‘mida 

avval  madaniyat  bo‘limida  instruktor,  so‘ng  radio,  televidenie  sektorining  mudiri  bo‘lib  xizmat 

qildi.  Qariyb  o‘n  yilga  yaqin  «O’zbekfilm»ga  boshchilik  qildi.  1982  yilga  kelib,  O’zbekiston 

madaniyat  vazirining  o‘rinbosari,  keyinroq  vazir  bo‘lib  faoliyat  ko‘rsatdi.  Ko‘p  o‘tmay  u 

O’zbekiston  Yozuvchilari  uyushmasiga  rais  (1985)  etib  saylandi. Ayni  chog‘da  Osiyo  va Afrika 

yozuvchilarining birdamlik qo‘mitasining raisi, O’zbekiston respublikasi Oliy Kengashi noibi etib 

saylandi.  Nihoyat,  1989—1991  yillarda  u  Respublika  Vazirlar  mahkamasi  raisining  o‘rinbosari 

bo‘lib ishladi. 

U qaysi jabhada, nima ishda ishlamasin, ijodning qaysi turida, qaysi mavzuida asar yaratmasin, 

hamisha  o‘z  eli,  yurti  g‘ami  bilan  yashadi.  Ular  yelkasidagi  turmush  yukini  yengillashtirishga 

intildi. Ayniqsa, badiiy asarlarida xoh u hikoya, xoh qissa yoki roman bo‘ladimi, xoh sahna asari 

bo‘ladimi, 

hamma-hammasida 

insonlardagi 

ma’naviy-axloqiy 

fazilatlarni 

ardoqlashga, 

ulug‘lashga intilib keldi, xalq yozuvchisi darajasiga ko‘tarildi. Bu har bir ijodkor uchun katta baxt, 

hayot  va  ijod  oldidagi  maqsada  hamdir.  O’lmas  Umarbekov  ham  shunday  baxt  qushi 

qo‘nganlardan biridir. 


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish