Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/123
Sana07.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#327379
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123
Bog'liq
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 

 

OYDIN (1906—1958)

 

 



O’zbek xotin-qizlari orasidan yetishib chiqqan talantli adiba Oydin (Manzura Sobirova) 1906-yili 

Toshkentda  hunarmand  oilasida  tug’ilgan.  Oydin  1919  yili  Toshkent  xotin-qizlar  bilim  yurtiga 

o’qishga kirdi. Uni 1923 yili tamomlab, o’qituvchilik qiladi. Yoshlikdan adabiyotga havas qo’ygan 

Oydin  kichik-kichik  she’rlar  bilan  matbuotda  ko’rina  boradi.  Samarqand  Pedagogika 

akademiyasida o’qib yurgan paytlarpda (1927— 1933) Hamid Olimjon, Uyg’unlar bilan yaqindan 

tanishuvi  Oydin  ijodida  katta  rol  o’ynadi.  Uning  o’tmish  bid’atlarini  fosh  etib,  xotin-qizlarni 

ozodlikka chaqiruvchi «Yangilikka qadam» nomli birinchi p’esasi 1925 yilda bosilib chiqqan. 

Uning  «Tong  qo’shig’i»  (1931)  to’plami,  «Maysa uzildi»  (1931),  «Mashina quchog’ida»  (1932), 

«Ko’prik ustida» (1933), «Bu kecha» (1933) kabi poemalari, «Chechan yo’llar» (1932), «Oydin 

she’rlari» (1937) kabi to’plamlariga kirgan asarlari o’zbek sho’ro poeziyasi taraqqiyotiga ma’lum 

hissa bo’lib qo’shildi. 

Adiba  30-yillarning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  hikoyachilik  janrida  talay  asarlar  yaratdi. 

Oydinning  dastlabki  «Eslash  yoki  vigovor»  (1933)  hikoyasida  ozod  mehnatning  yangi  insonni 

tarbiyalab  yetishtprishdagi  roli  mehnat  jarayonida  o’zbek  xotin-qizlari  ongida  ro’y  bergan 

o’zgarishlar  ifodalanadi.  Uning  «Chaqaloqqa  chakmoncha»,  «Shirin-shakar»,  «Uyaldi  shekilli, 

yerga  qaradi»,  «Sadag’ang  bo’lay,  komandir»  hikoyalarida  yangicha  oila,  sevgi-muhabbat, 

sadoqat motivlari aks ettirilgan. Arizaning o’tmishga bag’ishlangan «Yamoqchi ko’chdi», «Hazil 

o’tmish»,  «Gulsanam»  (1938)  asarlarida  o’zbek  xalqining  hayoti,  eskilik  urf-odatlarpga  qarshi 

kurashi chuqur nafrat bilan tasvirlangan. 

Oydinning  Ulug’  Vatan  urushi  va  undan  keyingi  tinch  qurilish  yillarida  ijod  etgan  «Qizlarxon» 

(1943),  «Mardljk  mangulik»  (1947),  «Hikoya  va  ocherklar»  (1952),  «Hikoyalar»  (1954)  kabi 

to’plamlarida  zamona  kishisining  vatanparvarligi,  qahramonlik  fazitatlari,  front  va  mamlakat 

ichkarisidagi jonbozlikla, tinch yashash davridagi mehnati o’z ifodasini topgan. 



Oydin  bu  davrlarda  kuchli ocherknavis  sifatida ham  taniladi.  Uning  M.  Gorkiyga  bag’ishlangan 

«Hamon yodimda o’shal ulug’ zot», «Cho’llari obod, qo’llari ozod bo’lgan elda», «El quvonchi», 

«Qora  uylar  oqardi»,  «Muborak»,  «Katta  kishilar»,  «Mening  qahramonim»,  «Vatan  uchun  jon 

fido»  kabi  ocherklar  turkumidagi  Vatan  madhi,  mehnati  tufayli  baxtga  erishgan  kolxozchi  va 

ishchi ayollar obrazi zo’r mahorat bilan tasvirlangan. 

Oydin O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi, O’zbekiston Kommunistik Partiyasi 

Markaziy  Komitetining  mas’ul  xodimi  (1946—1953),  «O’zbekiston  xotin-qizlar»  jurnalining 

muharriri lavozimlarida ishladi. 

Oydin o’zbek nasrining taraqqiyotiga qo’shgan salmoqli hissasi uchun ikki marta Hurmat belgisi 

ordeni va medallar bilan taqdirlangan. U bor yo’gi 52 yil umr ko’rdi, 1958 yilda vafot etdi. 




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish