4. Gaplashayotganda so‘zlarini bo‘lib tashlab yoki so‘z qistirib ketmang.
Farqad us-Sanjiy aytdilar: “Ba’zi kitoblarda o‘qidimki, bolaning ota-ona huzurida iznsiz
gapirmoqligi maqbul emasdir”.
5. Ularning so‘zlarini aslo rad qilmang.
Taboroniydan rivoyat qilingan hadisda: “Otaga itoat qilish – Allohga itoat qilishdir. Unga
gunohkor bo‘lish Allohga gunohkor bo‘lish bilan barobardir”, deyilgan.
6. Ular bilan buyruq yoki ta’na ohangida gaplashmang.
Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar: “Alloh taolo sharmsiz, behayo so‘z
qilganlarni o‘ziga do‘st tutmas”.
Do'stlaringiz bilan baham: |