8. Ular bemorligida sog‘ligi uchun sadaqa qiling va Alloh taolodan shifo tilang.
Abdulloh ibn Abbos dedilar: “Yo Rasulalloh, onam hech narsani vasiyat qilmay vafot etib
ketdilar. Endi onamga sadaqa qilsam unga yetadimi?”. Rasululloh: “Ha, uning uchun
sadaqa qilsang savobi albatta yetib boradi” deb javob qildilar”. (Imom Buxoriy
rivoyatlari).
9. Alloh sizga ato etgan mol-dunyo ixtiyorini ularga ham berib qo‘ying.
Jumhur ulamolar “Isro” surasidagi “Hokisor bo‘lib ota-onangni mehribonlik qanoting
ostiga olgin” degan oyati karimani “ota-onang yaxshi ko‘rgan biron narsadan ularni
qaytarma”, – deb tafsir qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |