DIL BILAN XIZMATDA BO‘LISH
1. Dil-dildan ota-onangizga rahm-shafqat ko‘rsating.
Uch xil sifat borki, kimda-kim ularga ega bo‘lsa, Alloh taolo qiyomat kuni uni himoya
qilib, o‘z jannatiga kirgizur: 1. Zaiflar bilan xushmomala bo‘lmoq. 2. Ota-onaga shafqatli
bo‘lish. 3. Qo‘l ostidagilarga himmatli bo‘lmoq.. (Imom Termiziy rivoyatlari).
2. Ota-onani chin dildan do‘st tuting.
Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilindi: “Otaga muhabbatingni saqla, agar sen
otaga bo‘lgan muhabbatingni yo‘qotsang, Alloh seni har turli fayzlardan mahrum qilur”.
Do'stlaringiz bilan baham: |