2.3. Umumta’lim maktablarida O’rta osiyo xalqlari antik davr tarixini
o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’rni
mavzusini o’rganish – tajriba sinov ishi
O’rta osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari
asarlarining o’rni mavzusini interfaol usulda yoritishda biz trening darslarida
o’qitilishini amaliyot mobaynida bir necha bor sinovdan o’tkazdik va u
boshqalariga nisbatan ijobiyroq samara berdi.
Interfaol metodlarda ishlash va o’sha sharoitlarda ishlash malakalarini xosil
qilish uchun treninglar tashkil etiladi. Treningda ishtirok etuvchilar ma’lum
bo’lgan metodlarni o’z o’quv faoliyatlarida foydalanish uchun malaka va
ko’nikmalarni xosil qiladilar. Treninglar davomida mavjud bo’lgan yangi metodlar
muxokama qilinadi, o’rganiladi, ko’nikmalar xosil qilinadi. O’zlari shu asosda
yangicha ishlash faoliyatiga o’rganadilar.
Umuman treninglar qo’shimcha ta’lim olishning asosiy formalaridandir.
Treningning o’ziga xosligi shundaki, mutaxassisni o’z faoliyatini, qobiliyatini
oshirishga yo’g’rilgan bo’ladi. O’qituvchi o’z o’quv-biluv faoliyatida vaqtdan
unumli foydalanishni mustaqil ish yuritish, qarorlar kabul qilishni o’rganadi.
Mutaxassislar treningni to’rt guruhga bo’lishni tavsiya etadilar:
- o’z faoliyatini tashkil etuvchi mashg’ulotlar;
- komanda bo’lib ishlashga tayyorlanish; boshqalarni o’qitish ko’nikmasini olish;
qo’shimcha ta’lim oluvchi ehtiyojini qondirish.
Trening guruhlarida ishlarni tashkil etish qoidalari qanday bo’lmogi kerak?
Birinchidan, "Shu yerda va xozir" qoidasi, guruhni tashkil etish momentida
qoida, fikr, muloxazalar, jarayon kechishi hisobga olinishi kerak. Shu yusinda har
bir ishtirokchining diqqat e’tiborini shaxsan o’ziga va atrofida kechayotgan
voqyealarga torta olish, ishtirokchining o’zini qanday tuta olishi, ko’rsata olishiga
e’tibor qaratilishi kerak.
Ikkinchidan, samimiyat va ochiqchasiga qoidasi: Shunga erisha olish
kerakki, guruh a’zolari ko’zbuyamachilik va yolgondan holi bo’lishlari shart,
62
guruhdagi shaxslarni o’ziga ishonchi va soglom vaziyat - ishning maqsadli
borishiga turtki bo’ladi. Bunday muxitni yaratish shaxslar orasidagi muloqotning
samarali kechishini ta’minlaydi. Albatta guruhlarda yangi ish boshlanganda
bunday vaziyatni xosil qilish mumkin. Har doim ham guruhlar ishini tashkil
etishda bir-birini qo’llash, xayrixoxlik ochiqchasiga samimiy fikr bildirish
imkoniyatlari bulavermaydi. Bunday holda trener har bir ishtirokchining
ximoyalanganligi, ochiqchasiga o’z fikrini bayon eta olishiga muxit yaratishi
kerak. Shundagina guruh ishtirokchisi muloqot jarayonida o’zi o’ylagan, aytishi
mumkin bo’lgan fikrni o’sha zaxotiyoq, o’z vaqtida aytadi, bildiradi.
Uchinchidan, "Men" qoidasi
56
. Guruhlarda hammaning fikri undok yoki
bundok, deb aytish man etiladi. Fikrlar faqat ayrim shaxslar tomonidan, uning o’z
nomidan fikr-muloxazalari alohida-alohida bildirilishi kerak. Bunda bildirilayotgan
fikr yoki g’oya shaxe mas’uliyatiga yuklanadi. U qanday bo’lsa shunday kabul
qilinadi. Shu yusinda guruhda har bir shaxsining roli va o’rni bo’lishiga erishiladi.
To’rtinchidan, faollik qoidasi. Guruh ishida passiv kuzatuvchi bulmasligi
kerak. Topshiriklar yechimida hamma katnashchilar shaxsan ishtirok etishi zarur.
Agar guruh a’zolaridan birortasi faol katnashishdan bosh tortsa, uni kelgusi ishda
katnashishi yoki katnashmasligini kurib chщishga to’g’ri keladi.
Beshinchidan, guruhda nima sodir bo’lsa o’z joyida qolish qoidasi. Guruhda
etik talablar, ruxiy holatlarni vujudga keltirish uchun guruhda sodir bo’ladigan
nourin, noto’g’ri fikrlar tanqid ostiga olinmasligi, muxokama qilinmasligi juda
muhimdir. Nimaiki aytilsa, gapirilsa guruhda qolib ketishi kerak.
Trening jarayonida qo’llaniladigan metodlar
Treningni tashkil etish va o’tkazishda shunday metodlar mavjudki ular
universal harakterga ega. Masalan, guruhiy munozaralar, uyin asosidagi metodlar,
vaziyatlarni modullashtirish, inson sezgilarini rivojlantirish texnikalari, mediativ
texnikalar va boshqalardir.
56
Ўқув юртларида ўқитишнинг замонавий усуллари. Ўқув – услубий қўлланма. Тошкент. 2002 йил.
63
Lekin biror maqsadni ko’zda tutadigan treninglarning o’ziga xos metodlari ham
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |