Korrupsiya – rivojlanish kushandasi



Download 26,01 Kb.
Sana28.03.2022
Hajmi26,01 Kb.
#515040
Bog'liq
Korrupsiya


Korrupsiya – rivojlanish kushandasi.
Korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib, kelajkni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar bugungi kunda yetuk mutaxassislar, jahon andozasi darajasidagi kadrlar tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan mamlakatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Dunyoda rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini tanlagan har bir davlat eng avvalo korrupsiya, ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarga qarshi murosasiz kurash olib boradi. Aks holda, bunday jirkanch illatlarning tomir otishiga yo‘l berilsa, o‘sha joyda taraqqiyot va rivojlanish boy beriladi. Respublikamizda olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsad xalqimizni hayotdan rozi qilish va eng muhimi, davlat idoralari bevosita xalq ichiga kirib borib, muammolar bilan tanishayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Albatta bu jarayonda rahbarlarning mas’uliyatini oshirish va o‘ziga bildirilayotgan ishonchni oqlash hamda ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik borasida ko‘plab qaror va farmonlar qabul qilindi.
Korrupsiyaviy jinoyatlar davlat iqtisodiyotiga jiddiy ziyon yetkazishi bilan birga halol mehnat bilan kun kechirayotgan kishilarga ham ma’naviy zarar keltiradi. Xizmat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir etiladigan bunday ijtimoiy xavfli qilmishlarning latent (yashirin) jinoyatchiligicha qolishi, bu jinoyatlarning ko‘plab sodir etilishiga dalda bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida ushbu toifa jinoyatchilik ishtirokchilariga va unga qarshi kurashishi kerak bo‘lgan davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan kishilarda nafrat va salbiy fikrlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Odatda har qanday korrupsiviy jinoyatchilik yangi bir qonunbuzarlik sodir etilishiga ko‘prik vazifasini o‘taydi. Korrupsiyaviy jinoyatlarning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, huquq-tartibot idoralari xodimlarining o‘zlari tomonidan ham ko‘plab sodir etilishi va murakkabligidir. Korrupsiyaviy jinoyatchilikning asosiy turi bu poraxo‘rlikdir. Poraxo‘rlikka ikki yoki undan ortiq shaxsning pora olish, pora berish bilan bog‘liq bo‘lgan g‘ayrihuquqiy konfedensial bitimi deb ta’rif berishimiz mumkin. Bitimdan pora oluvchi ham pora beruvchi ham manfaatdor, lekin bu manfaatdorlikdan uchinchi shaxslar, jamiyat va davlat zarar ko‘radi. Davlat xalq irodasini ifoda etib pora olish, pora berish, pora olish berishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga og‘dirish, tovlamachilik bilan haq berishni talab qilishni va boshqa yigirmadan ortiq korrupsiyaviy qilmishlarni jinoyat deb e’tirof etib Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jazo belgilab qo‘ygandir. Qonunlarni bilmaslik biror kishini jazodan qutilishiga bahona bo‘lolmaydi. Kimdir bilib, kimdir bilmasdan deganlaridek bunday salbiy illatlarning ko‘chasiga kirib qolganliklarini sezmay qoladilar. Achinarli tomoni shundaki, ayrim nufuzli mansab kursisida o‘tirganlar bila-turib korrupsiyaga, poraxo‘rlikka, tanish-bilishchilikka berilib ketayotgani ijtimoiy hayotimizga jiddiy xavf solmoqda.
Jahon bankining bildirishicha, poraxo‘rlikka qarshi faol kurash olib boriladigan mamlakatning yalpi ichki mahsuloti bir yil ichida 5 baravarga oshar ekan; Rossiyalik oligarx Mixail Xodorkovskiy korrupsiyani yadro qurolidan ham jiddiyroq xavf deb atagandi. Uning fikricha, terrorchilar yadro quroliga ega bo‘lish uchun kerakli odamlarni pora bilan sotib olishlari kifoya qiladi. 
Misol uchun korrupsiyaga qarshi eng samarali kurash olib borgan Singapur hukumat bu borada maxsus dastur ishlab chiqqan bo‘lib, unga ko‘ra barcha darajadagi amaldorlarning faoliyati to‘liq shaffof bo‘lishi ta'minlandi. Korruptsion aloqalar ildiz otmasligi uchun majburiy rotatsiya tartibi joriy etildi. Barcha darajadagi amaldorlarning fuqarolar bilan munosabatlarida tizimli nazorat o‘rnatildi va turli byurokratik to‘siqlar olib tashlanishi uchun bu munosabatlar mexanizmi takomillashtirildi.Bundan tashqari, barcha mansabdorlarning maoshlari sezilarli darajada oshirildi, sud tizimi mustaqilligi ta'minlandi, pora olganlik va berganlik uchun jazo keskinlashtirildi. Shu bilan bir vaqtda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi haqida jamoatchilikni xabardor qilib turuvchi mustaqil OAV shakllantirildi.Singapur yetakchisi Li Kuan Yuning korrupsiya ustidan g‘alaba qozonishni istagan inson o‘z qarindoshlari va yaqin do‘stlarini ham qamashga tayyor bo‘lishi kerakligi haqidagi mashhur iborasi mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash ayovsiz bo‘lganidan dalolat beradi.
Agar Singapurda korrupsiyachi amaldor ma'lum bir muddatga qamoq jazosini olgan bo‘lsa, Xitoyda buning uchun bir umrlik qamoq yoki o‘lim jazosi joriy etilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2003 yildan beri bu davlatda 10 mingga yaqin mansabdor otuvga hukm qilingan, 120 ming nafari esa uzoq muddatlarga qamalgan. Ayrim holatlarda pora bilan ushlangan amaldorlarning qo‘llari chopilgan.Bundan tashqari, xitoyliklar pora olish illatiga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus kurslarga qatnashadi. Davlat xizmatchilari ruhiy va jismoniy mashqlar orqali aql va tanalarini sog‘lomlashtirishadi. 
Daniyada qonunga so‘zsiz itoat qilish, jamiyatning barcha a'zolari tomonidan axloq tamoyillariga rioya qilish jamiyatni samarali boshqarishning asosiy uslubi hisoblanadi. Ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida hamma birdek javobgar bo‘lib, ma'muriy yoki jinoiy harakati uchun mas'uliyatdan hech kim qochib qutula olmaydi. Mashinasida tezlikni oshirgani uchun Daniya qirolichasining o‘g‘li, shahzoda Yoaxim jarima to‘lagan va matbuotning keskin tanqidiga uchragan. Turmush o‘rtog‘i o‘z fermasida xorijlik ishchilarni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ishlatgani uchun vazirlardan biri iste'foga chiqishga majbur bo‘lgan.
Niderlandiyada ham bu illatga qarshi kurashish uchun qator choralar ishlab chiqilgan. Pora bilan qo‘lga tushgan amaldorga keyinchalik davlat tashkilotlarida ishlash taqiqlanadi, u barcha ijtimoiy imtiyoz va kafolatlardan mahrum etiladi. Ehtimoliy poraxo‘r amal kursisini egallamasligi uchun kadrlar tanlashning maxsus tizimi tashkil etilgan. Bundan tashqari, yirik muassasalarda mansabdorlar o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilishlarining oldini olish uchun ularni kuzatib turadigan alohida ichki xavfsizlik tizimi mavjud.
Albatta, bir davlat hududida qo‘llanilgan chora va qabul qilingan qonunchilik boshqa davlatda ham xuddi ana shunday samara keltirmasligi mumkin. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun birgina qonun hujjatlarining qabul qilinishi yetarli emas. Buning uchun fuqarolik jamiyati ham mazkur ishda faol ishtirok etishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kuchaytirilishi, sudlarning mustaqil va xolis bo‘lishini ta'minlash, qonunlar parlament a'zolarining emas, balki mamlakat manfaatidan kelib chiqib qabul qilinishi, barcha davlat organlarida shaffoflik ta'minlanishi, ommaviy axborot vositalarining faol ishtiroki, ma'muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish uchun xizmatlar imkon boricha elektron tizim orqali ko‘rsatilishi, sog‘lom raqobat muhiti shakllantirilishi kerak bo‘ladi.
Download 26,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish