Plutarx
Plutarx eramizning 46-yilida Gresiyadagi Beotin o’lkasining shimoli-g’arbiy
qismida joylashgan uncha katta bo’lmagan Xeron shahrida tug’ilgan. Uning otasi
Avtobul o’z zamonasining o’qimishli kishilaridan biri edi. Shuning uchun ham u
Plutarxning chuqur ilm olishiga alohida e’tibor bilan qaraydi.
Uning bobosi Lampriy ham ilm-ma’rifatga rag’batli kishi edi. Lampriy
xonadoniga xeronlik adabiyot ahllari, donishmandlar tez-tez tashrif buyurib,
suhbatlar qilib turardi. Bobosining bobosi Nikarx ham Xeronda yashab, eramizdan
avvalgi 31-yilda Antoniy bilan Oktavian qo’shinlari o’rtasida bo’lib o’tgan Aksium
54
jangining ishtirokchisi bo’lgan edi. Plutarxning ikkala akasi Lampriy bilan Timon
ham o’qimishli bo’lib ulg’ayadi
53
.
Plutarx Timoksena ismli go’zal ayolga uylanadi. Undan to’rt o’g’il, bir qiz
ko’radi. Ikki o’g’li—kattasi va eng kichigi hamda qizi yoshligida o’lib ketadi.
Qizining o’limi munosabati bilan xotini Timoksenga yo’llagan g’oyat hayajonli
maktubi hozir ham Plutarxning tanlangan asarlaridan o’rin olgan.
Geografik sharoiti qulay bo’lgan bu shaharda qadimda bosqinchilik urushlari
ko’p bo’lgan. Dastlab, o’zaro yaqin-atrofdagi o’lkalarda turli urush xatarlari bo’lib,
kichkina Xeronni talab ketardi. Jangu jadallarnn boshidan ko’p kechirgan
xeronliklar o’z shahrnni jon-jahdlari bilan himoya qilishardi. Bunday knrg’in
urushlar nchkda eng daxshatlisi eramizdan avvalgi 338 yilda bo’lib o’tgandi. Shoh
Filipp II davrida Makedoniya pstplochilari Xeronga bostirib keladilar. Xeron-liklar
katta otryad tuzib, Filipp qo’shinnga qarshi bir necha kun qattiq turib jang
qiladilar. Nihoyatda katta kuchga ega bulgan Filipp qo’shnnlarini qaytara olmagan
bo’lsa ham, xeronliklarnnng vatanparvarligi keyinchalik uzoq yillar da-vomida
tillarda doston bo’lib yurdi.
Xeron tarixiy voqyealarga boy shahar bo’lgani uchun xam uning odamlari
ko’prok o’tmish haqida qiziq-qiziq hikoyalar so’zlashga odatlanib qelgan edilar.
Mana shunday tarixiy voqyealarni bolaligida Plutarx ko’p tinglardn. Balki
o’tmish sarguzashtlarining ta’siridadir, Plutarx ulg’ayganda o’z-shahrining va
umuman grek xalqining tarixiga hayrat bilan qaray boshladi. Xeronni juda sevardi.
U qasrda bo’lmasin, bu shahar bilan qalban bog’lanib turardi.
Plutarx sayohat qilishni yaxshi ko’rar, o’zga xalqlar-o’tmishiga ham qiziqish
bilan e’tibor berardi. Keyinchalik u Afinadagi adabiy hayot bilan yaqindan aloqa
bog’laydi. Madaniyat markazi bo’lgan bu shaharda grek donishmandlari asarlarini
berilib o’qiydi. Qadimiy tarixga ega bo’lgan, ilm-ma’rifat maskani Afina shahri
Plutarx dunyoqarashiga katta ta’sir o’tkazadi. Zamonasining ilg’or fikrli faylasfi
53
Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тузувчи ва таржимон Зоҳир аълам.Т.: Юрист медиа маркази 2008,
155 б.
55
Ammon Sakkas bilan yaqnn aloqada bo’ladi. U bilan bprga ko’p o’tmay Kichik
Osiyo, Gresiya, Italiya sayohatiga jo’naydi. Bu sayohat davomida Plutarx ko’pgina
sirli voqyealarning, g’aroynb sarguzashtlarning guvohi bo’ladi.
Afinada u falsafa ilmini chuqur o’rgatuvchi Ammoniya maktabiga qatnaydi.
Bu maktabga u o’zining dastlabki ijod mashqlari bilan ishtirok etadi. Eramizning
60-yilida u zamonasining ma’rifatli kishisv, tarixchi Neyron bilan Gresiya
bo’ylab» sayohatga chiqadi.
So’ngra Makedoniya safari chog’ida Aleksandriya shahriga boradi. Plutarx
bu shaharda bo’lganida Aleksandr Makedonskiy haqida ko’plab rizoyat va
hikoyatlar eshitadi. Aleksandr tarixi bilan yaqindan qiziqadi. U haqda asar yozish
niyatida fakt va materiallar to’play boshlaydi. Eramizning 90 yillarigacha Plutarx
Italiya yerlarida, xususan Rimda buladn. Rimdagi adabiy hayot uni yangi ijod sari
undaydi, u lotin tilini o’rganpshga kirishadi. Biroq davlag ishlari bilan band
bo’lganlngi tufayli u uzoq, yillar bu tilni o’rgana olmaydi. Faqat keksaygandagina
lotin tilida yozilgan asarlarni o’kishga muyassar bo’ladi.
Plutarx juda chuqur ilm sohibi edi. Uni qomuschi adib desak ham bo’ladi.
Shu bilan birga, u sermahsul yozuvchi, katta talant egasi edi. Keksalik chog’ida
Plutarx yana ona shahri Xeronga qaytib boradi. Mazmunli umr kechirib,
eramizning 127 yilida vafot etadi.
Plutarxning adabiy hayot yo’li dramatik voqyealarga ni-hoyatda boy. Uning
ko’pgika asarlari bizgacha yetib kelmagan. Plutarxning o’limidan so’ig uning
asarlarini o’g’li Lampriyem to’playdi. Uning aytishicha, otasining asarlari 210
tadan ziyod bo’lgan.
Plutarx asarlarini ikki guruhga bo’lib o’rganishimiz mumkin: tarixiy asarlar
va falsafiy-adabiy asarlar. Plutarx asarlari janr jixatidan xam xilma-xildir. Mu-himi
shundaki, uning asarlari falsafiy fikrlarga boyligi bilan antik adabiyetda yaratilgan
ko’pgina asarlardan ajra-lib turadi. Uning «Qo’shalok hayotnomalar» asari greklar
va rimliklar tarixiga asoslangan bo’lib, Plutarx nomini tanitadi. Bu asar
zamondoshlari va o’tmishdoshlari tarjimai holini tasvirlashga qaratilgan bo’lnb,
56
to’plamda u o’zining .hakiqiy badiiy mahoratini qahramonlariga xarakteristika
berish va obrazlar yaratish jarayonida namoyish etadi.
Plutarxning bu asariga prototip bo’lgan qahramonlar ichida sarkardalar,
imperatorlar, dazlat ishlari bilan band bo’lgan boshka kishilar, shuningdek, oddiy
xalq vakillari, pok qalbli nnsonlar bor. Uzi Rim imperatosligiga yaqnn kishi
bo’lgani, imperatorlikda mansabdor shaxs sifatida ishlagan-ligi tufayli,
saltanatning ichki sirlari bilan yaqindan ta-nish bo’lgan Plutarx imperatorlar va
sarkardalar obrazini yaratishga alohida e’tibor beradi. U o’z qahramonlarining
taqdirini o’sha davr taqdiri bilan bog’laydi. Qahramonlarining xarakteridan
davrning muhim xususiyatlarini axtarishga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |