91
yarim o‘tkazgichli
lazerlar, turli datchiklar va sensorlar, kvant kompyuterlar uchun
mikroprotsessorlar zamonaviy elektronikaning asosi bo‘lib hisoblanmoqda.
Rezonansli tunnel diod — klassik zarracha, to‘liq energiyasi potentsial to‘siq
energiyasidan katta bo‘lsagina undan oshib o‘tadi, kichik bo‘lsa zarracha to‘siqdan
qaytadi va teskari tomonga harakatlanadi. Kvant
zarracha esa boshqacha
harakatlanadi: uning energiyasi yetarli bo‘lmasa ham to‘siqni to‘lqin kabi engib
o‘tishi mumkin. To‘liq energiyasi potentsial energiyadan kam bo‘lsa ham to‘siqni
oshmasdan o‘tish ehtimoli mavjud ekan. Bu kvant hodisa «tunnel samarasi» nomini
oldi va u rezonansli tunnel diodida foydalaniladi.
Kvant chuqurliklari asosidagi lazerlar.
Kvant tuzilmalar lazerlar
tayyorlashda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Bugungi
kunda kvant chuqurliklar
asosida yaratilgan samarali lazer qurilmalari iste’molchilar bozoriga yetib bordi va
tolali-optik aloqada muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Qurilmalar tuzilishi va ishlashi
quyidagicha: birinchidan, har qanday lazer uchun energetik
sathlarning invers
zichlanishini oshirish lozim. Boshqacha aytganda, yuqori energetik sathda quyi
sathdagiga qaraganda ko‘proq elektronlar joylashishi kerak bo‘lib, termik
muvozanat holati paytida buning aksi bo‘ladi.
Ikkinchidan, har bir lazerga optik
rezanator yoki elektromagnit nurlanishni ishchi hajmga to‘playdigan qaytargichlar
sistemasi zarur.
Kvant chuqurlikni lazerga aylantirish uchun uni elektronlar kiruvchi va
chiqib ketuvchi ikki kontaktga ulash lozim. Kontakt orqali elektron o‘tkazuvchanlik
zonasiga
kirgan elektron sakrab, o‘tkazuvchanlik zonasidan valent zonasiga o‘tadi
va ortiqcha energiyasini kvant, ya’ni elektromagnit to‘lqin shaklida nurlantiradi.
Keyin valent zonadan boshqa kontakt orqali chiqib ketadi. Lazer hosil qilgan
elektromagnit nurlanish asbobning markaziy ishchi sohasida to‘planishi lozim.
Buning uchun ichki qatlamlarning sindirish ko‘rsatkichi tashqarinikidan katta
bo‘lishi kerak. Ichki soha to‘lqin uzatgich vazifasini o‘taydi deyish ham mumkin.
To‘lqin uzatgich chegaralariga qaytaruvchi oynalar o‘rnatilib,
ular rezonator
vazifasini bajaradi. Kvant chuqurliklar asosidagi lazerlar oddiy yarim o‘tkazgichli
lazerlarga qaraganda qator afzalliklarga ega. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
92
generatsiyalanayotgan lazer chastotasini boshqarish imkoni, optik nurlanishda
befoyda so‘nishning kamligi, invers zichlanishni hosil qilish elektron gazlarda
osonligi tufayli kam tok talab qilinadi va ko‘proq yorug‘lik beriladi.
Shu tufayli
ularning foydali ish koeffitsienti 60 foizgacha yetadi. Hozirda ham kvant
chuqurliklar asosida lazerlar tayyorlash bo‘yicha dunyoning ko‘pgina
laboratoriyalarida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Aynan tolali-optik aloqada
qo‘llanilayotgan lazerlar yaratishdagi xizmatlari uchun 2003 yili rus olimi J.
Alfyorovga Nobel mukofoti berilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: