Maqsadga erishishning foydali vositasi
SMART
DISKO
Specific (konkret
aniq) Measurable
(o‘lchanuvchi)
Attainable
(erishiladigan)
Relevant
(solishtiriladigan,
o‘rinli)
Time-bound (vaqt
bo‘yicha aniqlangan)
Erishiladigan – masala qo‘yilishida bajaruvchi
maqsadga erishilishini aniqligini va natija yuqori
bo‘lishini bilishi lozim. Maqsad «qiyin lekin
bajarsa bo‘ladi» degan o‘yga mos tushishi lozim.
O‘lchanadigan – maqsad o‘lchanishi kerak, chunki
u erishilishi mumkinligi ko‘rinib turishi kerak.
Solishtiriladigan – bajaruvchiga qo‘yilgan maqsad
boshqa bo‘lim yoki mavzu maqsadlari bilan
mosligi tushunarli bo‘lishi kerak. Bajaruvchi
konkret holda bu maqsadlar nimalardan tashkil
topganini bilishi kerak.
234
Har bir maqsadlar uchun resurslar vaqt va boshqa
vosita (resurs) lar chegaralangan bo‘lishi lozim.
Amaldagi pedagogik faoliyatda darsning didaktik maqsadlari faqat o‘quv
topshirig‘i orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu topshiriqlar o‘quvchining shaxsini
rivojlantirishini ta’minlashiga, fikrlashiga, harakat qilishiga, turli hayotiy
vaziyatlarda o‘zini tutish ko‘nikmasi shakllantirilishiga qanday erishish mumkin?
Blum taksonomiyasi ma’lum darajaga yetganligini bildiruvchi o‘quv
maqsadlari va o‘quvchining aniq harakatlari darajasini belgilab beradi. Shunday
qilib, maqsad qo‘yish va topshiriq va mashqlarni loyihalash jarayonida asosiy
element harakat qilishga undashdir. Haraktga undashdan bevosita faoliyatga
o‘tishni o‘zida mashq va topshiriqlarni mujassamlashtirgan harakat fe’lini
ta’minlaydi Blum taksonomiyasi buning uchun yaxshigina texnologiyalashgandir.
Chunki har bir o‘quv topshirig‘i uchun:
o‘quv topshiriqlari topologiyasi aniqlangan;
o‘quv topshiriqlari boshlanadigan fe’llar ko‘rsatilgan;
o‘quv topshiriqlarini bayon qilishda qo‘llash zarur bo‘lgan asosiy operatsiyalar
ko‘rsatilgan;
Didaktik harakatlar ro‘yxati-shaxsni rivojlantirish uchun maqsadlarni
konstruktorlash uchun harakatlar aniq bayon qilingan bo‘lishi kerak.
Dars topshirig‘i o‘quvchini darsdagi faoliyatini tashkil qiluvchi tizimni
shakllantiruvchi birlik hisoblanadi. Dars topshiriqlarini Blum taksonomiyasi
bo‘yicha tanlab o‘quvchining ko‘nikmalari shakllanadi.
Dars topshirig‘i Blum taksonomiyasi o‘quv maqsadlari darajasiga ko‘ra turli
ko‘nikmalarni shakllantiradi. Birinchi uchta taksonomiya darajasi – bilim,
tushunish va qo‘llash reproduktiv ko‘nikmalarni shakllantiradi. Bu faoliyat sohalari
ko‘nikmalarini takrorlay olish, oldin yoki hozirgina o‘zlashtirilgan axborotni
buzilishlarsiz bayon qilishdan iboratdir.
Tahlil va sintez darajasining asosiy maqsadi kognitiv ko‘nikmalarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yaqqol ko‘rinuvchi yoki yashirin axborotni
transformatsiya qilishga yo‘naltirilgan bilish ko‘nikmasini talab qiladi. Bunday
235
ko‘nikmalarning asosini keyingi predmetni chuqur bilish uchun zarur bo‘lgan
bilimlar yoki keyinchalik fanlararo bilimlarga aylanuvchi bilimlar tashkil qiladi.
Amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllanganligini baholash darajasining
vazifasi bu tashqi va ichki o‘zini tutish shakllari bo‘lib, ular orqali shaxs o‘ziga
qabul qilish, atrof muhitni qabul qilish, turli hayotiy vaziyatlarni qabul qilish kabi
ko‘nikmalarni shakllantirishiga qaratiladi. Bunday ko‘nikmalarning asosini
kundalik hayotda ustunlik qiladigan hayotiy muhim ko‘nikmalar tashkil qiladi
236
Do'stlaringiz bilan baham: |