Microsoft Word oquv qollanma latin


 O‘simliklarning qurg‘oqchilikga chidamliligini asoslash



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/50
Sana31.12.2021
Hajmi2 Mb.
#252817
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
Bog'liq
kitob

3.10. O‘simliklarning qurg‘oqchilikga chidamliligini asoslash 
Yer  sharining  1/3  qismida  yog‘ingarchilik  miqdori  yiliga  250-500  mm 
oshmaydi  va  u  yerlarda  qurg‘oqchilik  yil  bo‘yi  davom  etadi.  Bu  joylarning 
yarmida yog‘in miqdori o‘simlik rivojlanishi uchun namlik yil bo‘yi bir miqdorda 
taqsimlangan  bo‘lishi  lozim.  Namlikni  taqsimlanishi  bir  tekis  bo‘lmagan  ayniqsa, 
yoz  faslida  namlikni  yetishmasligidan  qurg‘oqchilik  sodir  bo‘ladi.  Bizning  arid 
mintaqamizda  yog‘ingarchilikning  miqdori  bug‘lanish  miqdoridan  kam  bo‘ladi 
(3.10.1-rasm).  Gumid  mintaqada  esa  yog‘ingarchilikning  miqdori  bug‘lanishdan 
ko‘p bo‘ladi.  
 
3.10.1- rasm. Arid mintaqadagi o‘simliklar 
Qurg‘oqchilik  bu  -  uzoq  muddat  yog‘ingarchilikni  ro‘y  bermay  atmosfera 
havosining haroratini ortishi, tuproq namligining kamayishi, o‘simlik uchun suvga 
bo‘lgan talabini amalga oshmasligi bo‘lib hisoblanadi.  
Qurg‘oqchilik  atmosfera  havosini  o‘ta  darajada  qizib  ketishi  unda 
namlikning  kamayib  ketishi  bilan  boshlanadi.  Atmosferada  uzoq  muddat 
yog‘irgarchilikni  bo‘lmasligi  tuproqda  namlikni  yo‘qolib  tuproq  qurg‘oqchiligiga 
sabab  bo‘ladi.  Bu  davrda  o‘simlik  suvsizlikdan  chanqaydi.  Qurg‘oqchilikga 
chidamlik-bu  o‘simlikni  uzoq  muddat  davomida  namlik  yetishmasligiga  chidashi, 
to‘qima,  hujayra,  barg,  ildiz,  novdalarni  suvsizlanishi  (3.10.2-rasm).  Bunday 


 
109 
 
davrda  o‘simlikdan  olinadigan  hosil  qurg‘oqchilikni  qancha  muddat  davom 
etishiga bog‘liq. Tuproqda sodir bo‘ladigan qurg‘oqchilik uzoq  muddat davomida 
yog‘irgarchilik bo‘lmasdan havo haroratining hamda quyosh yoritilishining kuchli 
bo‘lishi  bilan,  shamol  ta’sirida  tuproq  yuzasidan  suv  bug‘lanishining  ko‘payishi 
bilan  ro‘y  beradi.  Bu  holatlarning  hammasi  o‘simlik  ildizi  atrofidagi  tuproqni 
qurishiga, namlik zaxirasining kamayishiga sabab bo‘ladi. 
 
3.10.2- rasm. Qurg‘oqchilikga chidamli o‘simliklar. 
 
Atmosfera havosidagi qurg‘oqchilik haroratning ko‘tarilib ketishi, havodagi 
namlikni 10-20% gacha kamayib ketishi bilan sodir bo‘ladi. Atmosfera havosidagi 
qurg‘oqchilikni  kuchayishi  bizning  sharoitimizda  garmsel  deb  ataladiganni  ro‘y 
berishiga olib keladi. Juda og‘ir vaziyatlarda bu quyunga tuproq zarralarini havoga 
ko‘tarilishiga  olib  keladi.  Atmosfera  havosidagi  qurg‘oqchilik  tuproqdan  suvni 
bug‘lanib chiqib ketishiga, yer osti suvini yuqoriga ko‘tarilish rejimini buzilishiga 
sabab  bo‘lib,  o‘simlik  so‘liydi.  Agarda  o‘simlikda  ildizlari  yaxshi  taraqqiy  etgan 
bo‘lsa,  atmosferadagi  qurg‘oqchilik  mobodo  o‘simlikbardosh  bera  oladigan 
darajadan  oshib  ketmasa  katta  zarar  yetkazmaydi.  Atmosfera  havosidagi 
qurg‘oqchilik  ko‘p  muddat  davom  etsa,  yog‘irgarchilik  bo‘lmasa  tuproqda 
qurg‘oqchilik  sodir  bo‘lishiga  sabab  bo‘ladi,  bu  o‘simlik  uchun  halokatli  ta’sir 
qiladi. 


 
110 
 
Ko‘p  hollarda  atmosferadagi  va  tuproqdagi  qurg‘oqchilik  orqama-orqa ro‘y 
beradi.  Atmosfera  qurg‘oqchiligi  yakka  holda  ko‘pincha  bahorda  sodir  bo‘ladi. 
Tuproqdagi  qurg‘oqchilik  yozni  boshlanishi,  o‘rtasida  tuproqdagi  namlik  zaxirasi 
tugagan davrda bo‘ladi. Tuproqdagi qurg‘oqchilik ta’sirida doimo hosil kamayadi, 
xatto  butunlay  yo‘qoladi.  O‘simlikka  nam  etishmasligi  va  yuqori  haroratning 
birgalikda  ta’siri  ro‘y  beradi.  Qurg‘oqchilik  eng  avvalo  o‘simlikda  suv 
almashinuvini  undan  keyin  ko‘plab  fiziologiya  jarayonlarini  buzadi.  Atmosfera 
havosidagi  qurg‘oqchilik  yuqori  harorat  quyosh  nurining  kuchliligi  bilan  avvalo 
o‘simlikda,  poya  va  barglarning  o‘sishini  to‘xtatadi.  Hosilni  kamaytirib  qisqa 
muddatda  “issiq  urishidan”  o‘simlik  qurib  ham  qoladi.  Garmselni  eslatadigan 
havoning  qurg‘oqchiligi  o‘t  o‘simliklarda  barglarini  ko‘p  qismini  qurib  qolishiga 
sabab  bo‘ladi.  Buta  va  mevali  daraxtlarda  novdani  uchi  quriydi.  Gulni 
shakllanayotgan urug‘ va mevalarni zararlaydi. Shakllanayotgan urug‘ mo‘rtakdan 
barglar suvni tortib oladi. Bu holat o‘simlikni shu yilgi hosilini keskin kamayishiga 
olib keladi.  
 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish