Microsoft Word oquv qollanma latin



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/50
Sana31.12.2021
Hajmi2 Mb.
#252817
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Bog'liq
kitob

diffuziya 
deyiladi.  Diffuziyalanuvchi  modda  o‘z  yo‘lida  parda 
uchratsa, 
uning 
tarqalishi 
ancha 
qiyinlashadi. 
Hujayraning 
sellyuloza, 
gemitsellyulozadan  iborat  po‘sti  ham  shunga  o‘xshash  pardalar  qatoriga  kiradi. 
Membrananing  plazmalemma  va  tonoplast  qavatlari  hujayraning  osmotik 
xususiyatlarini belgilaydi. Ma’lumki, hujayra membranasi juda mayda teshikchalar 
yig‘indisidan  iborat.  Bu  teshikchalar  orqali  hujayraga  molekulasining  o‘lchami 
teshikchalar  o‘lchamidan  kichik  bo‘lgan  moddalar  kiradi.  Lekin  boshqa 
moddalarning  hujayraga  kirishi  osmos  qonunlari  asosida  amalga  oshadi.  Ikki  xil 
har  xil  konsentratsiyali  eritmalarni  bir-biriga  qo‘shganda  ularning  molekula  va 
ionlari  tezda  o‘zaro  diffuziyalanadi.  Bunda  diffuziyaning  tezligi  eritmalar 
konsentratsiyasining  kinetik  energiyasiga  bogliq  bo‘ladi.  Ko‘pchilik  moddalar 
uchun yagona erituvchi suv hisoblanadi. Har qanday suvli eritma ximiyaviy va suv 
potensiali kattaliklari bilan harakterlanadi. Eritmaning konsentratsiyasi qancha past 
bo‘lsa, uning ximiyaviy potensiali past, suv potensiali esa yuqori bo‘ladi. Demak, 
distillangan suv eng yuqori suv potensialiga ega.  
Suyuq va erigan moddalarning parda orqali diffuziyalanish hodisasiga osmos 
deyiladi. Osmos hodisasi chala o‘tkazuvchi pardalarning tabiatiga bog‘liq. Osmos 
hodisasini  ko‘rsatish  uchun  idish  chala  o‘tkazuvchi  parda  orqali  ikkiga  bo‘linadi. 
Shu  idishning  bir  tomoniga  konsentrlangan  shakar,  ikkinchi  tomoniga  toza  suv 
quyiladi.  Shakar  molekulalariga  nisbatan  suv  molekulalari  kichik  va  harakatchan 
bo‘lganligi  uchun  ular  yarim  o‘tkazuvchi  parda  orqali  eritmaga  tez  o‘tadi.  Eritma 
hajmi ma’lum darajagacha etgach, u suvning o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Eritmaning 


 
102 
 
parda  orqali  ichkariga  kirishiga  endoosmos,  tashqariga  chiqishiga  esa  ekzoosmos 
deyiladi.  Keyingi  yillarda  o‘tkazilgan  tekshirishlarning  ko‘rsatishicha,  faqat 
erituvchilarni (suv) o‘tkazib, erigan moddalarni butunlay o‘tkazmaydigan pardalar 
ham  borligi  aniqlangan.  Bunday  pardalar  tanlab  o‘tkazuvchi  pardalar  deb 
ataladi.Ekzoosmosdan  ko‘ra  endoosmosning  kuchliroq  bo‘lishi  natijasida 
pufakning  ichki  tomonidan  itaruvchi  kuch  -  osmotik  bosim  deb  ataladi.  O‘simlik 
hujayrasining po‘sti elastiklik xususiyatiga ega bo‘lib, cho‘zilish qobiliyatiga ega. 
Suv  va  unda  erigan  moddalarni  o‘zidan  o‘tkazadi.  Lekin  protoplazma  membrana 
qavatlarining  mavjudligi  (plazmolemma  va  tonoplast)  sababli  turli  moddalarga 
nisbatan  tanlab  o‘tkazuvchanlik  xususiyatiga  ega.  Uning  bu  xususiyati  suv  unda 
erigan moddalarning hujayra shirasiga turli tezlikda o‘tishiga asoslanadi. Eritmada 
ionlarga tarqalmaydigan moddalar 1 molyar eritmasining 0
o
C dagi osmotik bosim 
kuchi  elektrolit  bo‘lmagan  eritmalarga  nisbatan  o‘rta  hisobda  1,5  marta  ortiq 
bo‘ladi.  Shu  ayirmani  ko‘rsatadigan  son  izotonik  (Vant-Goff)  koeffitsienti  deb 
ataladi. Izotonik koeffitsient eritmaning normalligiga bog‘liq. Masalan, eritmaning 
konsentratsiyasi  0,01  molga  teng  bo‘lsa,  izotonik  koeffitsient  1,93;  0,8  molyarda 
1,64 ga teng bo‘ladi.  
O‘simlik hujayrasi vakuolasida juda ko‘p osmotik faol moddalar to‘planadi. 
Bularga  shakarlar,  organik  kislotalar  va  tuzlar  kiradi.  Hujayra  shirasida  osmotik 
faol moddalar qancha ko‘p to‘plansa, unda osmotik bosim shuncha yuqori bo‘ladi. 
Hujayraning  osmotik  bosimini  Vant-Goff  [37]  formulasi  bo‘yicha  aniqlasa 
quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:  
 
bu yerda: R - osmotik bosim; 
                S - eritma konsentratsiyasi; 
                R - gazlar konstanti - 0,08207;  
                T - absolyut harorat; 


 
103 
 
                 I  -  izotonik  koeffitsient  bo‘lib,  elektrolit  eritmalar  uchun  1  ga  va 
elektrolitmas eritmalar uchun 1,5 ga teng.  
Osmotik  bosim  o‘simliklar  hayotida  katta  ahamiyatga  ega.  Bunday  bosim 
orqali  o‘simliklar  yetarli  miqdorda  suv  va  oziq  moddalarni  qabul  qiladi,  ularning 
o‘simlik tanasi bo‘ylab harakatlanishi va taqsimlanishi amalga oshadi. Hujayraning 
osmotik bosim kuchi doimiy bir xil bo‘lmaydi. Bu kuch avvalo, hujayra shirasida 
to‘plangan  organik  va  anorganik  moddalar  miqdoriga,  konsentratsiyasiga  va 
hujayrada  kechadigan  metabolitik  jarayonlarning  faolligiga  bog‘liq.  Yuqori 
osmotik  bosim  endi  unayotgan  urug‘larda  kuzatiladi.  Hujayra  shirasidagi  yuqori 
molekulyar  moddalar  gidrolizlanganda  osmotik  bosim  oshadi,  ularning  sintez 
bo‘lishida  bu  kuch  pasayadi.  Hatto  bitta  o‘simlikning  har  xil  organlarida  ham 
osmotik  bosim  kuchi  har  xil  bo‘ladi.  Turli  ekologik  guruhga  mansub  o‘simlik 
turlarida  ham  bu  kuch  har  xil  bo‘ladi.  Suv  o‘simliklarining  bargida  100  kPa, 
mezofitlarda  –  500-3000  kPa,  kserofit  va  galofitlarda  20000  kPa  atrofida  bo‘ladi. 
Yorug‘sevar  o‘simliklarda  osmotik  bosim  soyasevarlarga  qaraganda  yuqori. 
Kserofit  o‘simliklarda  havo  harorati  yuqori  va  tuproqda  suv  tanqisligi  yuqori 
bo‘lgan  sharoitlarda  osmotik  bosimning  yuqori  bo‘lishi  tuproqdan  suv  va  oziq 
moddalarni  qabul  qilishni  kuchaytiradi.  Shuning  uchun  ham  bu  ko‘rsatkichning 
qiymatiga  qarab,  o‘simliklarning  qurg‘oqchilik  va  sho‘rlikka  chidamliligini 
aniqlashda  keng  foydalanish  mumkin.  Guttatsiya  hodisasi  muhim  fiziologik 
ahamiyatga  ega.  U  o‘simlik  tanasida  suv  muvozanatini  saqlashda  xizmat  qiladi. 
Masalan,  kunduzi  transpiratsiya  sust  o‘tsa,  kechasi  guttatsiya  hodisasi  kuchli 
o‘tadi. Odatda, havo va tuproq namligi ko‘payganda primula, kartoshka, bug‘doy, 
qulupnay  va  tol  kabi  o‘simliklarda  guttatsiya  hodisasi  kuzatiladi.  Nam  tropik 
iqlimda  o‘suvchi  yomg‘ir  sezalpiyasi  o‘simligidan  guttatsiya  hodisasida  ajralib 
chiqqan shira kuchli yomg‘ir - jalaga o‘xshaydi. Kolokaziya eskulenta o‘simligida 
guttatsiya hodisasi juda kuchli bo‘lib, minutiga 200 tomchi shira ajratadi.   


 
104 
 
Tuproqning  maqbul  namligi  to‘liq  nam  sig‘imiga  nisbatan  70-75  foiz 
hisoblanadi.  Bug‘doy  uchun  bu  ko‘rsatkich  70-80  foiz  bo‘lganda  quruq  modda 
miqdori  oshadi.  Tuproq  namligi  yuqoridagi  ko‘rsatkichdan  oshganda  barcha 
sintetik  jarayonlar  sekinlashadi.  Suv  yetishmasligi  natijasida  o‘simliklardagi  suv 
balansi,  ya’ni  ildiz  orqali  kirayotgan  suvga  nisbatan  sarflanayotgan  suv  miqdori 
oshadi, hujayralarning suvsizlanishi va ularda suv tanqisligi ham oshadi. Osmotik 
bosim,  turgor  bosim,  suv  bosimi  va  boshqa  ko‘rsatkichlarning  qiymati  hujayra 
tarkibidagi  suvning  holati  va  miqdoriga  uzviy  bog‘liq.  O‘simliklarning  suv 
ta’minoti  buzilganda  o‘sish  jarayonlarining  sekinlashishi  evaziga  assimilyatsiya 
qiluvchi  barg  sathi  kichrayadi,  organik  moddalar  miqdori  kamayadi.  Tuproq 
namligi  yuqori  bo‘lgan  hududlarda  o‘simliklarning  hosildorligi  va  uning  sifati 
pasayadi.  Bularning  hammasi  o‘simliklarning  o‘sishi  va  rivojlanishiga  hamda 
ularning  suv  almashinuv  jarayoniga  ta’sir  etadi  va  bunda  ildizlarning  suv  va  oziq 
moddalar  bilan  boyishi  va  ularning  poya  hamda  barg  bo‘ylab  tashilishi 
sekinlashadi.  Barglarning  suvni  saqlash  qobiliyati  va  ildiz  tizimining  o‘sishi 
pasayadi  va  barglar  so‘lib  sarg‘ayadi.  Poyalar  yetarli  darajada  yo‘g‘onlashmaydi. 
Hosil  bo‘lgan  barglar  bir-  biriga  soya  qilib,  fotosintez  jadalligiga  salbiy  ta’sir 
qiladi. 
 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish