www.ziyouz.com
kutubxonasi
34
xulqli va pokizaligini ulug‘ ne’matlardan bilmog‘i lozim. Zero, ushbu ne’matga har
qancha shukr qilsa ham oz.
Erkak ko‘p ishlarda ayolga itoat etmasin, pushaymonlik keltiradi. Va ayolning xiyonat,
aldov va makridin hazar qilsin. Bobomiz Odam alayhissalomning jannatdan chiqishlariga
momomiz Havvo raziyallohu anhoning da’vatlari sabab bo‘lgan edi.
Erkak kishi xotinining ba’zi yomonlik va gunohlaridan, agar u gunoh fahsh bo‘lmasa, ko‘z
yumsin, uning pardasini el orasida yirtmasin. Tirikchiligini Alloh taolo rozi bo‘lgan ishlar
bilan o‘tkazsin.
Er o‘z ayoliga ro‘zg‘or ishlarida; suv tashish, o‘tin olib kelish va ayollarga qiyin bo‘lgan
ishlarda yordam berishi kerak. Ayniqsa, uyga mehmon kelganda uning oldiga
dasturxonni o‘zi yozsin, ayrim joylarda odatga aylanib qolgan kabi, mehmon oldiga
o‘tirib olib, xotiniga buyurmasin.
Hadisi sharifda:
“Ro‘zg‘or ishlarida ayoliga yordam beradigan erkakka Alloh taolo
payg‘ambarlardan hazrati Ayyub alayhissalomga, hazrati Dovud alayhissalomga, hazrati
Ya’qub alayhissalomga va hazrati Iyso alayhissalomga bergan savoblaridek savob
beradi”,
degan xushxabar aytilgan.
Yana Rasululloh sallallohu alayhi vasalam o‘z sahobalariga: [i“Oilaga xizmat qilmoq
Parvardigorning g‘azabini pasaytiradi, hasanot (yaxshiliklar) va darajalarni ziyoda qiladi
hamda (jannatiylarga atalgan) hurlarning mahri bo‘ladi”[/I], deganlari ham shunga
dalolatdir.
Er o‘z xotini bilan o‘ynamog‘i, hazillashmog‘ini shariat man’ qilmagan. Bu behuda,
befoyda va botil amallardan ham emas.
Shu bilan birga erkak kishi xotin va farzandlariga tarbiya beruvchi bo‘lganida, ularning
oldilarida azamatli, salobatli va vazmin bo‘lmog‘i lozim. Rasululloh sallallohu alayhi
vasalamning:
“O‘z ahli oilang ustidan tayog‘ingni ko‘tarma va qamchingni ularga
ko‘rinadigan joyga osib qo‘y!”
degan so‘zlarida juda ulug‘ hikmat, go‘zal ko‘rsatma,
chiroyli tadbir borligi ochiq ko‘rinib turibdi.
Agar er xotiniga shariat izni bilan odob bermoq uchun siyosat qiladigan va ta’zir
beradigan bo‘lsa, u holda shu kunning oxirigacha u bilan jimo’ qilmasin va ochiq yuzlilik
bilan gaplashmasin, tadbiri behuda ketadi.
Erkak xotini va qizlariga ip yigirish kabi uyda bajariladigan hunarlarni o‘rgatsin. Qur’oni
karimdagi “Nur” surasini o‘qitsin. Bu surada Alloh taolo zinoning hukmi va unga
beriladigan jazo hamda bir-biriga la’nat aytish, pokiza ayollarni zinokor deb tuhmat
qilishning og‘ir jinoyatlardan ekanligi bayon etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |