www.ziyouz.com
kutubxonasi
36
seni ayirdim” kabi so‘zlar g‘azab holatida ham, muzokara holatida ham, niyatdan qat’i
nazar, taloq voqe’ bo‘ladi. Uch taloqni niyat qilsa, uch taloq va taloqni niyat qilmagan
taqdirda, bir boin taloq tushadi.
Mazkur uch qismdagi kinoya lafzlarning har qaysisini xursandchilik va rozilik holatida
aytsa, u holda niyatiga qaraladi, ya’ni taloq niyat qilmasa, taloq tushmaydi.
Ayollar avratini doimo berkitib yursin va badanlari zohir bo‘ladigan va a’zolari seziladigan
darajada yupqa va tor kiyimlar kiymasin. O‘zini erkakka o‘xshatmasin va erkaklar ham
o‘zini ayollarga o‘xshatmasin.
Erkaklar orasida yuz beradigan ko‘p fitna va mojarolarga, asosan, ayollar sabab bo‘lar
ekan. Shuning uchun erkaklar ko‘cha-ko‘yda begona ayollarga bir marta nigohlari
tushgandan so‘ng qaytib unga qaramasinki, bu shariatimizda man’ qilingan. Ulug‘
avliyolar esa begonaligini bilgan ayollarga birinchi marta qarashdan ham saqlanishni
buyurganlar. Bunday ehtiyotkorlik fitna va ofatdan omon bo‘lishga kafolat bo‘ladi,
inshaalloh.
Agar begona ayolga ko‘zi tushganda shahvat tug‘yon ursa, darhol o‘z ahliyasi bilan jimo’
qilib, taskin topsin. Bu bilan zino qilishdek ulkan gunohdan o‘zini olib qochsinki, hadisi
sharifning ko‘rsatmasi ham shunday.
Alloh taolo bizlarga nafaqat zino qilmaslikni, balki zinoga yaqinlashtiradigan amallardan
saqlanishni buyuradi. Shunga o‘xshash ayollar ham begona erkakka nazar
tashlamasinlar, nomahramlarga ko‘rinishdan tiyilsinlar va imkon qadar ko‘rinmaslikka
urinsinlarki, bu bilan, shubhasiz, Alloh taoloning marhamatiga musharraf bo‘ladilar.
IDDA
Idda so‘zining lug‘aviy ma’nosi sanamoq degani. Shariatda esa eri vafot etgan ayolning
to‘rt oyu o‘n kun, agar eri taloq qilgan bo‘lsa, uch oy to‘liq va yo uch hayzi komil
ko‘rguncha turmushga chiqmay turishiga idda saqlash deyiladi.
Avvalo bilmoq lozimki, idda saqlashdan asosiy maqsad naslni pok va toza bo‘lishidir. Shu
maqsadda ayollarga, turli sabablar bilan erlaridan ajralganlaridan so‘ng to idda
muddatlari tugamaguncha boshqa erga turmush qurishlariga ruxsat berilmagan.
Muayyan qilgan idda muddati, to‘kis o‘tgandan so‘ng ayolning bachadoni tozaligi, avvalgi
eridan homilador emasligi ravshan bo‘lgach, turmush qurishlari mumkin.
Idda saqlash Qur’oni karim oyatlari orqali farz bo‘lgan. Alloh taolo “Baqara” surasining
228-oyatida
Do'stlaringiz bilan baham: |