www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
ustini ko‘rpa bilan o‘rab qo‘yib, to tonggacha shu yerda o‘tgan-ketgandan, er-xotinning
o‘zlarigagina tegishli bo‘lgan aloqalardan, beparda gaplarlardan hangomalashib
o‘tirishadi.
Bunday odat, avvalo, dinimizga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki sunnatga muvofiq, kelin-
kuyovni xoli qoldirish lozim. Ikkinchidan, kelin-kuyovni ko‘rpaning ostida tonggacha
dimiqtirib, nafaslarini yutib chiqishlaridan kimga foyda?! Buning ustiga ko‘rpaning
qimirlaganini ko‘rib qolsalar: “Buguncha o‘zingizni bosib turing” qabilidagi gaplar bilan
ularni uyaltirish, o‘z oilalaridagi sirlarni boshqalar oldida aytib, turmush qurayotgan
yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatish qaysi andozaga to‘g‘ri keladi?! Bunday bema’ni
odatlardan voz kechib, sunnatga muvofiq yo‘lni tanlashimiz lozim.
Tajribali mutaxassis, shifokor-androlog O‘ktam Muhammad Murod “Nikohning birinchi
kechasi” nomli kitobida ogohlantirib o‘tganidek, bunday urf-odatlar hayot ostonasiga
endi qadam qo‘yayotgan yosh kelin-kuyovlarga ruhan ta’sir etib, ularning ilk
qovushishlariga monelik qiladi. Bunday holatlar turli tushunmovchiliklarga, dilxiraliklarga
va hatto ba’zi oilalarning ajralishiga ham sabab bo‘ladi.
MUJOMAAT SUNNATLARI
Mujomaatda (jinsiy aloqada) ham sunnat va odoblar bor. Avvalo er kishi jufti haloli bilan
qo‘shilib, farjini haromdan (zinodan) saqlashni, kuydiruvchi fosid modda, ya’ni zoid
(ortiqcha) maniydan tanni qutqarishni hamda tab’ni lazzatlantirib, uni parvarish va
tarbiya qilishni niyat qilsin. Toki uning tabiatida shu mujomaat tufayli quvvat paydo
bo‘lsin. Ba’zi tabiblarning so‘zlariga qaraganda, jimo’ ko‘ngilga farah va xursandchilik
keltirishi bilan birga ishtahani ochadi, g‘azabni so‘ndirib, buzuq fikrlar va savdoi
vasvasalarni miyadan quvadi.
Er-xotin jimo’dan so‘ng badandagi najosatlarni artmoq uchun alohida-alohida xirqa (bir
parcha mato) olishlari ham sunnatdir. Agar ikkovlari bir matodan foydalansalar oralariga
sovuqlik tushishiga sabab bo‘ladi.
Jimo’ qilishdan avval “A’uzu billahi minash shaytonir rajim, Bismillahir rahmonir rahim”,
deb ushbu duoni o‘qisin: “Allohumma jannibnash shaytona va jannibish shaytona mo
razaqtano”. Ma’nosi: “Ey Allohim! Bizdan va bizlarga ato etajak rizqingdan (farzanddan)
shaytonni yiroq qil!” Agar Tangri taolo ularga farzand ato qilsa, ushbu duoning
barakotidan jin va shayton u farzandga zarar yetkaza olmaydi.
Agar farzand o‘g‘il bo‘lishini xohlasa, albatta qattiq ixlosu e’tiqod bilan “Ixlos” surasini
o‘qib, shunday duo qilsin: “Ey Alloh! Agar shu jimo’dan menga o‘g‘il farzand hadya
qilsang, unga payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamning
muborak ismlarini qo‘yaman”. Shunda Alloh taolo xohlasa, unga o‘g‘il farzand ato qiladi.
Hadisi sharifda kelganki, kim homilador ayolining qorni ustiga qo‘lini qo‘yib, “Ixlos”
surasini va yuqoridagi duoni o‘qisa, inshaalloh, o‘g‘il tug‘iladi.
“Shifo” kitobida yozilganiga ko‘ra, agar nutfa erkakning o‘ng tarafidan ayolning o‘ng
tarafiga tushsa, o‘g‘il, aksincha, chap tarafdan chap tarafga to‘kilsa, qiz tug‘iladi. Yana
bir rivoyatga ko‘ra, xotin hayzdan pok bo‘lgach, birinchi kundan beshinchi kungacha
Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
Do'stlaringiz bilan baham: |