NIKOH VAQTI
Shariatda nikoh uchun muayyan biror oy yoki biror bir kun tayin qilinmagan. Ammo
shavvol oyida nikohlanmoq afzalroq. Chunki Oisha onamiz roziyallohu anho:
“Meni Nabiy
sallallohu alayhi vasallam shavvol oyida nikohladilar”
, deganlar. Ma’lumki, shavvol oyi
qamariy oylarning o‘ninchisi hisoblanib, ramazon va qurbon hayitlari orasida keladi.
Quyidagi rivoyat xalqimiz orasida tarqalgan, “Ikki hayit orasi nikoh joiz emas” degan
botil aqidaning puchligiga dalil bo‘ladi. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallamning
“La
nikaha baynal ‘iydayni”
degan so‘zlarini hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bunday
Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
www.ziyouz.com
kutubxonasi
9
sharhlaganlar:
“Bu qavl ikki hayit orasida nikoh nojoiz, degani emas. Bu hadisi sharifning boisi
shunday: bir yili qish faslida hayit namozi juma kuniga to‘g‘ri kelib qoldi. Rasululloh
sallallohu alayhi vasallam hayit namozini o‘qidilar va juma namoziga hozirlanmoqchi
bo‘lib, uyga qaytdilar.
Sahobai kiromlardan birlari Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
“Ey Allohning rasuli! Hozir falon joyda bir nikoh bor edi...” dedilar. Qish faslida kun
qisqaligidan juma namoziga vaqt kam qolgani uchun Rasululloh sallallohu alayhi
vasallam ikki hayit orasida, ya’ni hayit va juma namozining o‘rtasida nikoh yo‘q,
dedilar”. Chunki juma kuni ham musulmonlarga hayit hisoblanadi.
NIKOHNING SUNNATLARI
Nikoh bilan zinoni ajratmoq uchun nikohni el orasida e’lon va izhor qilmoq sunnatdir.
Poytaxtimiz Toshkentda ko‘pincha Bibi Oisha onamiz roziyallohu anho rivoyat qilgan
hadisi sharifga muvofiq, nikoh asosan masjidlarda o‘qiladi. Ammo viloyatlarda bu
holatning aksini ko‘rish mumkin. Ya’ni kelinlarni kechasida maxfiy yoki kuyovning uyiga
olib borgandan keyin, ba’zan ikki uch kun, ba’zan esa bir haftadan so‘ng nikoh o‘qiladi.
Agar kelin o‘g‘irlangan bo‘lsa, bu holat nafaqat sunnatga, balki farzga ham xilofdirki,
xonadonga baxt emas, balo olib keladi.
Nikoh paytida eng kamida to‘rt kishining hozir bo‘lmog‘i shart. Chunonchi, quyidagi
hadisi sharifda ham shu haqda bayon qilingan:
“To‘rt kishi hozir bo‘lmagan nikoh sifohdir
(ya’ni sahih emas, zinodir): uylanuvchi, kelin yoki kelinning vakili va ikki odil guvoh”.
Nikoh paytida xutba o‘qish ham sunnat. Shuningdek, kelin-kuyovning boshidan sochqi
(qand, bodom va tangalar) sochish va odamlarning sochqilarni tabarrukan shitob bilan
terib olishlari ham sunnat hisoblanadi.
Ta’kidlab o‘tmoq lozimki, hazrati Rasul alayhissalom va sahobai kirom raziyallohu anhum
zamonalaridan keyin yangi chiqqan amallarni bid’at deyiladi. Ammo bid’at ikki xil bo‘ladi:
hasana (yaxshi) va sayyia (yomon). Shariatga muvofiq bo‘lgan yangi amallar bid’ati
hasana bo‘lib, unga amal qilish savobli va maqbuldir.
Sunnatlardan yana biri kuyov chimildiqqa ilk bor kirganda kelinning oyoqlarini yuvib,
suvini uyning burchaklariga sepishdir. Zero, bu amal tufayli ushbu xonadonga fayzu
baraka yog‘iladi.
Mazhabimizdagi asosiy fiqh kitoblaridan biri bo‘lgan “Muxtasar ul-viqoya”ning turkiy
sharhi “Majma’ ul-maqsud”da quyidagi hadisi sharif keltirilgan. Abi Sa’id Xudriy
roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ba’zi
sahobalariga vasiyat qilib dedilar:
“Qachonki, yangi olgan xotining uyingga kelsa, o‘tirgan zamonida oyog‘idagi mahsisini
yechib ol. Ikki oyog‘ini yuv, oyog‘idan musta’mal bo‘lib tushgan suvni uyning eshigiga
Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
Do'stlaringiz bilan baham: |